2-bosqich magistranti dars tahlil bayonnomalari


Download 20.53 Kb.
bet1/4
Sana23.01.2023
Hajmi20.53 Kb.
#1113184
  1   2   3   4
Bog'liq
bayonnoma SAYOHAT



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
LINGVISTIKA (INGLIZ TILI) YO’NALISHI
2-BOSQICH MAGISTRANTI
__________________________________

DARS TAHLIL


BAYONNOMALARI


2022-2023 O’QUV YILI
Farg’ona Davlat Universiteti Magistratura bo’limi
Lingvistika va tillarni o’qitish: ingliz tili mutaxassisligi 2 bosqich magistranti
Raximova Gulzoda Baxtiyor qizining sentabr oyi uchun ilmiy pedagogik amaliyoti

HISOBOTI
Men, Raximova Gulzoda Baxtiyor qizi 3-semestr sentabr oyi davomida jami mutaxasislik hamda boshqa fanlardan nazariy ta’lim oldim. Pedagogik amaliyot rejasi va shaxsiy kalendar rejasidagi belgilangan ishlarni bajarishga harakat qildim. Avvalo kredit modul tizimi haqida yana ham chuqurroq bilimga ega bo`ldim. O`quv yili davomida bizga ajratilgan fanlarning kreditlari va qanday topshiriqlar bajarsak ushbu kreditlarni to`play olishimiz haqida o`rgandim. O`quv yili oxirigacha va magistrlik dissertatsiyasini yoqlagunimizcha qancha kredit ball olish to`g`risida to`liq ma’lumotga ega bo`ldim hamda o`z oldimga rejalar belgiladim.
Rejada belgilangan ishlarni bajarishga kirishdim. Xususan, kafedradagi o’qituvchilar: D. Mirzayeva, D. Ganiyeva, N. Abbasova, N. Murodova kabi mutaxasislik o`qituvchilarimizning darslarida faol ishtirok etdim, o’qituvchilaring darslarini kuzatdim. Ulardan dars o’tish uchun kerak bo’ladigan metodikalarni, pragmatika va semantika fanlari haqida to`liq ma’lumotlar olib bormoqdaman. Ma’ruza darslarida qo’llaniladigan metodlar, slaydlardan samarali foydalanish, mavzuga mos grafik organizerlar tayorlash, o’qituvchilar e'tiborini jalb qilish bo’yicha ko’plab narsalarni o’rgandim. Amaliy mashg'ulot darslarimizda esa ilmiy ishimiz uchun foydali bo`ladigan bilimlarni olmoqdaman. Maqola nima?, u qanday yoziladi?, tezisdan farqi nima? kabi savollarga javob olmoqdaman.
Darsdan so`ng tajribali o`qituvchilarning darslarini kuzatish davomida ulardan dars o`tish tehnologiyalarini va ilg`or metodlardan foydalanishni o`rganmoqdaman. N.Abbasovaning darsnini kuzatish jarayonida o`zimdagi mashg`ulotlar ro`yxatimni anchagina boyitdim, ko`p warm up activities o`rgandim. D. Ganiyevaning darslari davomida ma’ruza darslarini qanday tashkillash, talabalarga uyda bajarishlari uchun topshiriqlar berish, yakuniy nazorat ishini olish tartibi, ularni baholash mezonlari kabi narsalarni o’rgandim. Darslarni kuzatish jarayonida o’qituvchining guruh jurnalini yuritishiga, pedagogik mahoratiga, notiqlik san’atiga, kiyinish madaniyatiga katta e’tibor berdim va o’qituvchining uslubidan o’zimga ma’qul tomonlarini o’rgandim.

Bundan tashqari, malakaviy amaliyotimning bir kunida ilmiy rahbarim Sh. Yusupova bilan dissertatsiya mavzuim ustida ish olib bordik, yangi ma’lumotlar izladik, o`qishim kerak bo`lgan adabiyotlar ro`yxatini shakllantirdik internet, bosma manbaalardan yig’gan ma’lumotlarim ustida ishladik. Ularning yozish strukturasi, yutuqli tomonlari hamda yana o’rganishni talab etadigan jihatlari xususida maslahatlar oldim.



Download 20.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling