”- yanvar 2019-yil "Tillarni o`qitish metodikasi" kafedrasi Ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari mok uchun
Download 33.84 Kb.
|
Baxtiyor.uz-Ona-tili-va-adabiyot-MOK-testlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv-ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari: ________ A.Berikboyev Tuzuvchi: __________ A.Uralov
“TASDIQLAYMAN” GDU huzuridagi XTXQTMOXM direktori: _______Sh.Turdimetov “ _____ ”- yanvar 2019-yil "Tillarni o`qitish metodikasi" kafedrasi Ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari MOK uchun 2019-yilga mo`ljallangan TEST SAVOLLARI “KELISHILGAN” O`quv-ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari: ________ A.Berikboyev Tuzuvchi: __________ A.Uralov Guliston - 2019 1.Ijtimoiy adabiyot deya ta`rif beriladigan so`zni toping? *a) kitob b) O`qituvchi c) televideniya d) kompyuter 2.O`quvchilarni fikrlashga, misol keltirishga , o`z fikrlarini bayon etishga undovchi metod? *a) FSMU b) Venn c) Domino d) Ikki qismli kundalik 3.Sifatlash va sifatlanmish aloqasi natijasida vujudga keladigan she`riy san`at? *a) Sifatlash b) O`xshatish c) Mubolag`a d) Tashbeh 4.Ertak atamasi Xorazmda qanday nom bilan ataladi? *a) Cho`pchak b) Ushuk c) Matal d) Varsaki 5. Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak dostonni nechanchi sinfda o`rganiladi? *a) 5-sinf b) 6-sinf c) 7-sinf d) 8-sinf 6.Ona tili fanini chuqur o`rganishga ixtisoslashgan maktablarning 5-9-sinflarida jami necha soat o`qitiladi? *a) 986 soat b) 646 soat c) 848 soat d) 528 soat 7. Ona tili fanini chuqur o`rganishga ixtisoslashgan maktablarning 5-9-sinflarida haftasiga jami necha soat o`qitiladi? *a) 29 soat b) 19 soat c) 21 soat d) 24 soat 8.Aruz vaznidagi eng kichik ritmik bo`lak? *a) Hijo b) Bo`gin c) Rukn d) Bahr 9. Ishqiy she`rlarda asosan nechta qahramon ishtirok etadi? *a) 3 ta b) 5 ta c) 4 ta d) chegaralanmagan 10. Rukning ma`nosini toping? *a) Ustun b) Uy c) Bo`gin d) ishqa oshno 11. Bahr qaysi tildan olingan va qanday ma`noni anglatadi? *a) Aracha dengiz b) Arabcha sabo c) Forscha yor jamoli d) Turkiycha to`rtlik 12. Aruz vaznida 8 ruknli bayt nima deb ataladi? *a) Musamman b) Muxamas c) Musaddas d) Musaba 13. Aruz vaznida 5 ruknli bayt nima deb ataladi? *a) Muxamas b) Musaman c) Musaddas d) Musaba 14. Aruz vaznida 6 ruknli bayt nima deb ataladi? *a) Musaddas b) Musaman c) Muraba d) Musaba 15. Keys-stadi qanday vaziyatga asoslangan o`qitish metodi? *a) Aniq vaziyatga b) Noaniq vaziyatga c) Hodisaga d) Texnik vaziyatga 16. “Abjad”dan keyin “Haftiyak”o`rgatilgan. “Haftiyak”da 13-14 kichik-kichik suralar jamlangan bo`lib, “Qur`on”ni o`qish va yodlashdagi bir bosqichdir”.Ushbu fikrlar kimga tegishli? *a) M. Dolimov b) A. Zulpiqorov c) B.Mingliyev d) A.Rasulov 17. Hozirgi o`zbek adabiy tili ta`limining bosh maqsadi? *a) O`quvchining nutqiy foaliyatini rivojlantiradi.Erkin va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi b) O`quvchining yozma nutqini rivojlantiradi c) O`quvchining yozma va o`g`aki nutqini rivojlantiradi d) To`g`ri javob yo`q 18. …… so`z, birikmasi va gaplarning o`zaro aloqasini o`rganadigan tilshunoslik bo`limi? *a) Sintaksis b) Morfologiya c) Leksikologiya d) Fonetika 20.So`zlarning lug`aviy va Grammatik jihatdan farqlanishiga ko`ra guruhlarga bo`linishi……? *a) So`z turkumlari b) Gap bo`laklari c) Yordamchi so`zlar d) Mustaqil so`zlar 21.So`zlovchining his-tuyg`ularni ifoda etuvchi so`zlar qanday so`zlar tarkibiga kiradi? *a) Undov so`zlar b) Modal so`zlar c) Taqlid so`zlar d) kirish so`zlar 22. XX asrgacha bo`lgan davrda o`zbek adabiyotida qaysi janr yetakchilik qilgan? *a) She`riyat b) Nasr c) Dramaturgiya d) To`g`ri javob yo`q 23.G`azalning to`la qonli o`quv tahlili qaysi sinflarda o`tkaziladi? *a) 8-9 b) 10-11 c) 7-8 d) 5-7 24.Lirikaning asosiy obrazi kim? *a) Lirik qahramon b) Oshiq c) Mashuqa d) Raqib 25.Tragediya, komediya va drama qanday janrga kiradi? *a) Drammatik janrga b) Maxsus turga c) Lirik janrga d) Epik turga 26.G`oyat murakkab, chigal insoniy taqdirlar tasvirlangan asarlarni sanang? *a) “Shoh Edip” , “Qirol Lir”, “Abulfayzxon” b) “Shoh Edip”Diyonat c) “Mirzo Ulug`bek”, O`tkan kunlar d) Asrga tatigulik 27.Qit`a adabiyot darslarida keying 17 yil ichida qaysi sinf darsliklariga kirgan? *a) 9-10 b) 7-9 c) 7-8 d) 5-7 28. Aruzda bo`g`in qanday birlik hisoblanadi? *a) ritm hosil qiluvchi va misralar tengligini taminlovchi b)faqat ritm hosil qiluvchi c)misralarda bo`g`inlarning kichik pauza orqali guruhlanib kelishi d)turoqlardan birini boshqasiga bog`lanishi 29. Fors-tojik adabiyotida aruz qachondan boshlab qo`llanilgan? *a) 9 asr b)11 asr c)14 asr d)15 asr 30. Vasl so`zining ma`nosi nima? *a) arabcha “ulanish” b) arabcha “izoh” c) arabcha “emirmak” d) arabcha “dum yasamoq” 31. Turkiy tilda yaratilgan aruz vaznidagi asarlarni belgilang? *a) ,,Qutadg`u bilig”, ,,Hibbatul haqoyiq” b),,Muxtasar” c),,Mezon ul-avzon” d),,Risolayi aruz” 32.Juzvlarning o`zaro birikuvidan nima kelib chiqadi? *a) Rukn b) Bahr c) Zihof d) Furu 33.,,Risolayi aruz” asarining muallifi kim? *a) Abdurahmon Jomiy b) Alisher Navoiy c) Halil ibn Ahmad d) Bobur 34. Alisher Navoiyning ,,Mezon ul-avzon” asari… *a) She`r vaznlariga oid b) Muomala odobiga oid c) Odob-ahloqqa oid d) Tariqat asoslariga oid 35. Maktablarda xalq og`zaki ijodining qaysi janrlari o`rganiladi? *a) Maqol, topishmoq, qo`shiq, ertak, doston b) Ertak va xalq qo`shiqlari c) Maqol, topishmoq, doston d) Faqat doston 36. Vazn talabiga ko`ra biror harfning orttirilishiga… *a) Taznib b) Tag`yir c) Taslim d) Ball 37. Nechanchi sinflarda g`azal vazni- aruz to`g`risida tushuncha berilmaydi? *a) 6-7-sinflarda b) 5-6-sinflarda c) 7-8-sinflarda d) 8-9-sinflarda 38. Lirik turning tahlilida qaysi xususiyatlar asos bo`lib xizmat qiladi? *a) Vaznga solinishi, qofiyalanishi, unda ruhiy holat va kechinmalar qalamga olinishi, doimiy ravishda inversiyaga yo`l berilishi b) Vaznga solinishi va qofiyalanishi c) Ruhiy holat va kechinmalar qalamga olinishi d) Doimiy ravishda inversiyaga yo`l berilishi 39. Mumtoz janrlarni o`rganishda o`qituvchining o`zida nima shakllangan bo`lishi kerak? *a) Aruziy tafakkur b) Nutq madaniyati c) Pedagogik qobiliyat d) Zaruriy ko`nikma 40. Mumtoz adabiyotni o`qitish bilan bog`liq qiyinchilik va murakkabliklar nimalarda namoyon bo`ladi? *a) Vazn bilan bog`liq murakkabliklar, qofiya bilan bog`liq murakkabliklar, til xususiyatlari yuzaga keltiradigan to`siqlar, obrazlarning ko`proq ramziy va majoziy xarakterda ekanligi, tasavvufiy(ramziy) ma`noni ilg`ash mushkulligi b) til xususiyatlari yuzaga keltiradigan to`siqlar c) tasavvufiy(ramziy) ma`noni ilg`ash mushkulligi d) Vazn bilan bog`liq murakkabliklar, qofiya bilan bog`liq murakkabliklar 41.Nazm darsidagi bayt barak usuli bu… *a) Bahru bayt b) Mushoira c) She`riy aytishuv d) Bayt tahlili 42 .Mumtoz adabiyotdagi she`riy jumboq janrini toping? *a) chiston b) topishmoq c) tuyuq d) qit`a 43. Mashuqaning odatiy harakter belgilari nima? *a) bag`ri tosh, iltifotsiz, mag`rur b) soda dil, beparvo c) ayyor, g`ayr d) ag`yor, bag`ritosh 44. U yoki bu yozuvchi ijodi o`rganilib bo`lingach badiiy merosining eng muhim masalalariga bag`ishlab o`tkaziladigan dars nima? *a) seminar darsi b) tahlil darsi c) namunali dars d) ma`ruza dars 45. Nutq tovushlarning to`liq jihatlari berilgan qatorni toping? *a) Fiziologik, akustik, lingvistik b) artikulyatsiya, funksional c) eshitilish, lingvistik d) funksional, fiziologik 46. Xalqaro baholash dasturida TIMSS qaysi sinflarda qo`llaniladi? *a)4-8-sinflar b) 5-6-sinflar c) 3-4-sinflar d) 10-11-sinflar 47. Pisa testlar necha yoshli o`quvchilarda qo`llaniladi? *a) 15 yoshli b) 16 yoshli c) 17 yoshli d) 14 yoshli 48. 2015-yil Pisa xalqaro dasturi sinovida nechta davlat ishtirok etdi? *a) 70 dan ortiq b) 60 dan ortiq c) 50 dan ortiq d) 40 dan ortiq 49. Boshlang`ich maktab o`quvchilarining matnni o`qish va qabul qilish bo`yicha Tayyorgarligi va yutuqlarga erishishiga sabab bo`luvchi tizim… *a) PIRLS b) TIMSS c) PISA d) TALIS 50. O`quvchilarni ta`lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo`yicha xalqaro dastur qaysi? *a) PISA b) TIMSS c) TALIS d) PIRLIS 51. Forscha so`zlar qatorini aniqlang? *a) magar,shahd,gardun,rishta. b) liqo,magar,tamanno c) qamuq,ijmoh,hayl. d) ochun,liqo,tamanno. 52. Metodik adabiyotlarda dars tahlili necha turga bo`linadi? *a) 4 b) 3 c) 2 d) 5 53. A.Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi dastlab qachon tashkil etilgan? *a) 1940-yil b) 1944-yil c) 1955-yil d) 1960-yil 54. A.Navoiy muzeyida qancha eksponat ,ashyo va hujjatlar bor? *a) 30 mingdan ortiq b) 40 mingdan ortiq c) 10 mingdan ortiq d) 500 dan ortiq 55. A.Navoiy muzeyida qancha qo`lyozmalar saqlanadi? *a) 1000 dan ortiq b) 2000 dan ortiq c) 3000 dan ortiq d) 4000 dan ortiq 56. I.Karimov tomonidan A.Navoiyning qaysi asari muzeyga hadya etildi? *a) “Xazoyin ul- maoniy” b) “Mezon ul-avzon” c) “Muhokamat ul-lug`otayn” d) “Xamsa” 57. “Binar” so`zi qaysi so`zdan olingan va u qanday ma`noni bildiradi? *a) lotinchadan olingan bo`lib, “qo`sh” “ikki” degan ma`noni bildiradi. b) arabchadan olingan bo`lib “qo`sh” degan ma`noni bildiradi. c) grekchadan olingan bo`lib “ikki”, “qo`sh” degan ma`noni bildiradi d) lotinchadan olingan bo`lib, “baxs” “munozara” degan ma`noni bildiradi. 58. Ta`lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o`quv materialini o`rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan metod berilgan javovni ko`rsating? *a) “kichik guruhlarda ishlash” metodi b) “davra suhbati” metodi c) “ishbop o`yin” metodi d) “rolli o`yin” metodi 59. “Kichik guruhlarda ishlash metodi” necha bosqichdan iborat? *a) 7 ta b) 10 ta c) 8 ta d) 4 ta 60. Aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta`lim oluvchilar tomonidan o`z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o`qitish metodini aniqlang? *a) “davra suhbati” metodi b) “kichik guruhlarda ishlash” metodi c) “ishbop o`yin” metodi d) “rolli o`yin” metodi 61. “Davra suhbati metodi” qo`llanilganda stol-stullar joylashuvi qanday? *a) doira b) ketma-ket tartibda c) to`rtburchak d) juft stol 62. “Loyiha” metodi bosqichlarini belgilang? *a) Ma`lumot yig`ish, reja tuzish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish, xulosa chiqarish. b) Loyihalashtirish, ishlarni taqsimlash, guruhlarga bo`lish, xulosa chiqarish? c) reja tuzish, guruhlarga bo`lish, topshiriqlar berish, amalga oshirish. d) Ma`lumot yig`ish, ishlarni taqsimlash, xulosa chiqarish, baholash. 63. Ta`lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo`yicha axborot yig`ish, tadqiqot o`tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishga qaratilgan metodni toping? *a) “loyiha” metodi b) “kichik guruhlarda ishlash” metodi c) “ishbop o`yin” metodi d) “davra suhbati” metodi 63. Ta`lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo`yicha ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metodni belgilang? *a) “muammoli vaziyat” metodi b) “loyiha” metodi c) “ishbop o`yin” metodi d) “davra suhbati” metodi 64. “Kompitensiya” so`zi qanday ma`noni bildiradi? *a) “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” b) “ko`nikmaga ega bo`lmoq”, “xarakat qilmoq”, “o`z ustida ishlamoq” c) “ommalashtirmoq”, “targ`ib qilmoq”, “tajriba almashmoq” d) “samaradorlik”, “moslashuvchanlik” 65. Ta`lim kompitensiyalari qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan? *a) bilim, ko`nikma, malaka kompitentsiyasi b) ko`nikma, malaka, kompitentsiyasi c) bilim berish kompitensiyasi d) mustaqil fikrlash kompitensiyasi 66. Mavjud bilim, ko`nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo`llay olish qobiliyati nima deyiladi? *a) kompitensiya b) malaka c) bilim d) ko`nikma 67. O`rganilgan ma`lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish – bu nima? *a) bilim b) malaka c) ko`nikma d) kompitensiya 68. O`rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo`llay olish – bu nima? *a) ko`nikma b) bilim c) kompitensiya d) malaka 69. O`rganilgan bilim va shakllangan ko`nikmalarni notanish vaziyatlarda qo`llay olish va yangi bilimlar hosil qilish – bu nima? *a) malaka b) bilim c) ko`nikma d) kompitensiya 70. Kompetensiyalar fan va turmushga kirib kelishning qisqacha tarixi necha bosqichda o`rgatiladi? *a) 3 ta b) 4 ta c) 2 ta d) 6 ta 71. Tilni o`rgatishga doir kompitensiyalarning 1 bosqichi nechanchi yildan kiritila boshlangan? *a) 1960-1970 yillar b) 1970-1990 yillar c) 1970-1980 yillar d) 1990-1995 yillar 72. “Kommunikatsiv kompitensiya” tushuncha kim tomonidan kiritilgan *a) D. Xayms b) K. Nyuks c) J. Karl d) B. Jorj 73. Xorij tajribasiga asoslangan “Chet tillarini o`qitishni takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-1875-sonli qaror nechanchi yili qabul qilingan? *a) 2012-yil b) 2013-yil c) 2011-yil d) 2014-yil 74. Ona tili va adabiyot faniga oid tayanch kompitensiyalar necha qismdan iborat? *a) 6 qismdan iborat b) 8 qismdan iborat c) 4 qismdan iborat d) 2 qismdan iborat 75. Ona tili faniga oid kompitensiyalar qaysilar? *a) Nutqiy kompitentsiya, Langvistik kompitentsiya b) Sotsiolingvistik kompetentsiya, Pragmatik kompetentsiya c) Adabiy-nutqiy kompetentsiyalar. Langvistik kompitentsiya d) Nutqiy kompitentsiya, Sotsiolingvistik kompetentsiya 76. Adabiyotga oid kompitensiyalar qaysilar? *a) Adabiy nutqiy kompitentsiya, Badiy asarni taxlil qilish kompitentsiya b) Adabiy bilimlarni amaliyotda qo`llash kompetentsiyasi, Badiy asarni taxlil qilish kompitentsiya c) Badiiy asarni o`qish, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi, Adabiy nutqiy kompitentsiya d) Adabiy nutqiy kompitentsiya, og`zaki va ijodiy kompitensiyalar 77. O`quvchilarning kompitensiyalarini shakllantirishda ularning qiziqish va ehtiyojini o`rganishda o`qituvchi tomonidan qanday tashxis o`tkaziladi? *a) Pedagogik b) Psixologik c) Og`izaki d) Savol-javob 78. O`zbekiston Respublikasi «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunining nechanchi moddasi nechanchi bandiga muvofiq ta`lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishlariga yo`l qo`yilmaydi? *a) 5-modda 3-band b) 3-modda 5-band c) 5-modda 7-band d) 7-modda 5-band 79. O`zbekiston Respublikasi «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuniga mufofiq o`qituvchi shaxsiga qo`yilgan talablar necha banddan iborat? *a) 10 banddan b) 8 banddan c) 7 banddan d) 6 banddan 80. Pedagogik mahorat egasi qanday bo`lishi lozim? *a) kam kuch sarf qilib, katta natijalarga erishi kerak b) o`z fanini mukammal bilmog`i lozim c) iste`dodli bo`lmog`i lozim d) tajribali bo`lishi kerak 81. “Bumerang” texnalogiyasi qanday mashg`ulotlarda foydalaniladi? *a) barcha holatlarda ishlatilishi mumkin b) seminar, davra suhbati, treninglar c) treninglar, amaliy mashg`ulot, suhbat d) amaliy mashg`ulotlar, seminar yoki labaratoriya, suxbat-munozara 82. Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasining etakchi tamoyillaridan moslanuvchanlik tamoilining qulayligi nimada? *a) ta`lim shakli, usuli va usullarining turli ta`lim muassasalarida qo`llanuvchanligida b) muayyan o`quv predmetiga oid o`quv materiali mazmunining shaxsini rivojlantirish shakl, usuli vausullar bilan uyg`unligida c) turli ta`lim muassasalari pedagoglarining pedagogik texnologiyalarini yaratish imkoniyatlarida d) genetik va ijtimoiy jihatlarga muvofiq o`quvchilarning o`ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishda 83. “Aqliy xujum” usulining qanday shakllari bor? *a) yozma va og`izaki b) yozma c) og`izaki d) savol-javob 84. Fikrlarinini sabablarini aytib, turli misollar orqali umumlashtiruvchi texnologiyaning nomi nima? *a) “FSMU” b) “Bumerang” c) “Nuqtayi nazaring bo`lsin” d) “Muammoli vaziyat” 85. “Arra” usuli nechanchi yili kim tomonidan ishlab chiqilgan? *a) 1978-yil E. Aronson b) 1963-yil D. Xayms c) 1987-yil R. Slavin d) 1979-yil A. Nаvoiy 86. 1986-yili R.Slavin “Arra” usulini qisman o`zgartirib, “Arra-2” usulini yaratgan olim kim? *a) R. Slavin b) D. Xayms c) E. Aronson d) A. Nаvoiy 87. Kichik guruhlarda ishlash usuli necha bosqichdan iborat? *a) 7 ta b) 10 ta c) 5 ta d) 4 ta 88. Ta`lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning echimini topish bo`yicha ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan usul qaysi? *a) “muammoli vaziyat” usuli b) “arra” usuli c) “aqliy hujum” usuli d) “nuqtai nazaring bo`lsin” usuli 89. Biror muammo bo`yicha ta`lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to`plab, ular orqali ma`lum bir echimga kelinadigan usuldir qanday nomlanadi? *a) “aqliy hujum” usuli b) “arra” usuli c) “muammoli vaziyat” usuli d) “nuqtai nazaring bo`lsin” usuli 90. “Keys-stadiy” 1870-yilda ilk marotaba qaysi universitetda qo`llanilgan? *a) Garvard b) Oksfort c) London d) Kanada 91. Dars mavzusini savol-javoblar orqali o`zlashtirish mashqi qanday nomlanadi? *a) Matbuot konferentsiyasi darsi b) O`zaro o`qitish darsi c) Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi d) Guruhlarda ishlash darsi 92. Qiziqarli savollar va ularga javoblar topish orqali mustaqil fikrlashni o`rgatish mashqi qanday nomlanadi? *a) Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi b) Matbuot konferentsiyasi darsi c) O`zaro o`qitish darsi d) Guruhlarda ishlash darsi 93. O`quvchilarning bir nechta guruxlarga bo`linib vazifalar bajarishini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqini ko`rsating? *a) Guruhlarda ishlash darsi b) O`zaro o`qitish darsi c) Matbuot konferentsiyasi darsi d) Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi 94. Q`quvchilarning dars mazmuni bo`yicha matnning ayrim abzatslari yoki shunga o`xshash kichik bo`laklarini bir-birlariga tushuntirishlarini tashkil etish orqali mavzuni o`zlashtirish darsini belgilang? *a) O`zaro o`qitish darsi b) Matbuot konferentsiyasi darsi c) Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi d) Guruhlarda ishlash darsi 95. A.Navoiy nomidagi O`zbek tili va adabiyoti universiteti O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi sanadagi Farmoni asosida tashkil etilgan? *a) 2016-yil 13-may b) 2016-yil 25-may c) 2016-yil 10-iyun d) 2016-yil 3-may 96. A.Navoiy nomidagi O`zbek tili va adabiyoti universitetida nechta kafedra faoliyat yuritadi? *a) 15 ta b) 13 ta c) 9 ta d) 17 ta 97. “Keys -stadi” qaysi so`zdan olingan? *a) inglizcha b) frantsuzcha c) lotincha d) nemischa 98. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qaysi sanada qabul qilingan? *a) 2017-yil 26-sentyabr b) 2017-yil 13-sentyabr c) 2017-yil 28-avgust d) 2017-yil 28-dekabr 99. ”Binar”ma`ruza metodida mashg`ulot qay tartibda olib boriladi va necha kishidan iborat bo`ladi? *a) ikki vakil o`rtasidagi interfaol suhbat, baxs-munozara axborot almashinuvi orqali b) bir vakil tomonidan ko`rgazmalar va ma`ruza matnlari orqali c) guruh va o`qituvchi hamkorligida bahs munozara shaklida d) kichik guruhlarda savol-javob tartibida 100. Pedagogik treningning uchinchi bosqichini belgilang *a) Faoliyatli bosqich b) Tashkiliy bosqich c) Yakuniy bosqich d) Xulosa bosqichi Download 33.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling