“ ” 2023 yil Himoya hay’ati a’zolari


Magistrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malaka talablari


Download 235.09 Kb.
bet7/17
Sana11.11.2023
Hajmi235.09 Kb.
#1765734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Hisobot

6.1 Magistrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malaka talablari.
Magistr:

    • tanlangan mutaxasislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni bajarishga, shuningdek fan, texnika va texnologiya, iqtisodiyot, madaniyat va san'atning zamonaviy yutuqlarini amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega bo‘lishi;

    • mutaxasislikka oid ilmiy muammolar bilan bog‘liq vazifalarni ifodalash va hal etish, qarorlar qabul qilishi, zarur bilimlar bazasini yaratish va undan o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

    • ilmiy tadqiqod va mehnatni tashkil qilish metodologiyasini bilishi, tadqiqot natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash metodikasini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, ilmiy tadqiqot natijalaridan faoliyatning tegishli sohalarida foydalanishga doir amaliy tavsiyalarni ifodalay olishi va taqdim qilishi;

    • kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, eng maqbul yechimlar topishning oqilona usullarini egallagan bo‘lishi;

    • bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va ilmiy jamoalarni boshqarishni ilmiy asosda tashkil qila olishi;

    • zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniladigan pedagogik texnalogiyalar va interaktiv ta'lim usullarini egallagan bo‘lishi lozim;

Magistr:
- tanlangan mutaxasislik bo‘yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati;
- magistr tayyorgarligiga muvofiq mutaxasislik bo‘yicha aspiranturada oliy ta'limdan keyin tahsil olish;
- kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta'limi olish uchun tayyorlanadi.
7. O‘QUV YUKLAMASINING HAJMI.
7.1. Bakalavriat.
Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarining o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi. Kunduzgi o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilanishi lozim.
O‘qitishning me'yoriy muddati to‘rt yil bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 204 hafta davom etishi zarur.
O‘quv davrining umumiy hajmi quydagicha taqsimlanadi:

    • nazariy ta'lim 63-70 foiz;

    • attestatsiya 8-10 foiz;

    • ta'til 12-16 foiz;

    • malaka amaliyoti 6-12 foiz;

    • bitiruv ishi 2-3 foiz.

Nazariy ta'lim hajmi bilim sohalariga qarab fanlar bloklari bo‘yicha quydagicha taqsimlanadi:

    • gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar 10-15 foiz;

    • matematik va tabiiy-ilmiy fanlar 20-25 foiz;

    • umumkasbiy fanlar 35-50 foiz;

    • ixtisoslik fanlari 15-20 foiz;

    • qo‘shimcha fanlar 5-7 foiz.

O‘quv yilida ta'til davrining umumiy hajmi 6-10 hafta qilib belgilanadi.
7.2. Magistratura.
Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olagan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi. Kunduzgi o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlari va ilmiy faoliyatning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilanishi lozim.
O‘qitishning me'yoriy ikki yil bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 100 hafta davom etishi zarur.
O‘quv davrining umumiy hajmi qo‘ydagicha taqsimlanadi:

    • nazariy ta'lim 25-30 foiz;

    • attestatsiya 4-7 foiz;

    • ta'til 13-16 foiz;

    • ilmiy faoliyat 50-55 foiz.

Ilmiy faoliyat quydagilardan iborat bo‘lishi lozim:

    • ilmiy tadqiqot ishlari 70-75 foiz;

    • ilmiy pedagogik ishlar 20-30 foiz.

Nazariy ta'lim hajmi magistratura mutaxasisligiga qarab fanlar bloklari bo‘yicha qo‘ydagicha taqsimlanadi:

    • umummetodologik fanlar 25-30 foiz;

    • mutaxasislik fanlari 45-55 foiz.

    • Tanlov fanlari 15-30 foiz

8. KADRLAR TAYYORLASh SIFATI VA OLIY TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI BAHOLASH
8.1. Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish.
Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Ichki nazorat oliy ta'lim muasasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta'limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan reyning nazorat tizimi haqidagi nizom asosida o‘tkaziladi.
Yakuniy davlat nazorati oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxasisliklari
Bo‘yicha ta'lim standartlariga muvofiq ravishda o‘quv fanlari bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bakalavr uchun bitiruv ishi yoki magistr uchun dissertatsiya himoyasini o‘z ichiga oladi.
Davlat jamoatchilik nazorati oliy ta'limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda Davlat test markazining Kadrlar sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalari attestatsiya boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
8.2. Oliy ta'lim muassasalarining faoliyatini baholash.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muasasalarining faoliyatini baholash tegishli Ta'lim muassasalari davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi haqidagi nizomga muvofiq tartibga solinishi kerak.

Download 235.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling