" " dagi sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan
Download 61.78 Kb.
|
129909 fan dasturi soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
- O‘quv fanning maqsadi va vazifasi.
Mustafaqulov Ya.B. - Nizomiy nomidagi TDPU “Iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi katta o’qituvchisi
Allayorov I.X. – Nizomiy nomidagi TDPU “Iqtisodiy bilim asoslari” kafedrasi o’qituvchisi Taqrizchilar: Amanov A.M.– TMI “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent (turdosh OTM). To’xsanov Q.N.–TDIU “Soliqlar va sug’urta ishi” kafedrasi dotsenti, PhD (turdosh OTM) Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti o‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2020_ yil __ _______dagi ___-sonli bayonnoma) O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish zaruriyati va ular tomonidan to'lanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar davlat byudjetidagi o'rni beqiyosdir. Davlat byudjetining jami soliq tushumlari tarkibida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tushgan soliq tushumlari asosiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, soliqqa tortishning asosiy tamoyillari va xususiyatlari, yuridik shaxslardan undiriladigan bevosita, bilvosita va resurs soliqlarning mohiyati va ahamiyati, mazkur sohada erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va uning rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqiladi. O‘quv fanning maqsadi va vazifasi. Fanni o’qitishdan maqsad – “Soliq va soliqqa tortish” fani talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir. Fanning asosiy vazifasi – talabalarni soliq turlarini, soliq ob‘ektlari, sub‘ektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o‘rgatishdan iboratdir. “Soliq va soliqqa tortish” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - fanning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, soliqlarning funktsiyalari va vazifalari, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning guruhlanishi, soliqlar va soliqqa tortish tizimi, ular amal qilish xususiyatlari haqidagi bilimga; - respublika soliq tizimida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi asoslari, soliq stavkalarining joriy etilishi, soliqlarning byudjet daromadlari tarkibida tutgan o’rni va salmog’i, jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar tarkibi va ularni hisoblash usullarini qo’llash ko’nikmasiga; - soliq imtiyozlari va ularni qo’llash holatlari, soliq to’lovchi sub’ektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, soliq to’lovchilarni Davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi, soliqqa tortiladigan baza uni aniqlash usullarini, soliq elementlari va ularning tarkibini, soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlarini, soliq stavkalari va ularning tabaqalanishini, soliqlarni hisoblash usullari va to’lash tartiblarini bilishi va ulardan foydalana olish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Download 61.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling