“ ” yanvar 2022 yil tarix yo’nalishi 2-kurs (sirtqi) talabalari uchun raqamli tarix fanidan
Virtual muzeyning o'ziga xos xususiyatlari
Download 1.43 Mb.
|
RT 2-mutaxassislik MAJMUA NURBEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Virtual muzeyning yangi xususiyatlari
- Ijtimoiy jihatlari Erkinlik – bu degani, haqiqiy muzeyda bolgani kabi virtual muzey binoga, moliyalashtirishga , xodimlarga va inspektorlarga muhtoj emas. Texnik jihatlar
Virtual muzeyning o'ziga xos xususiyatlari
Virtual muzeyning o'ziga xos xususiyati shundaki, bunday muzey (haqiqiydan farqli ularoq) jismonan mavjud emas (yoki shunchaki tashkiliy), ammo u yuqorida ko'rsatilgan ta'rifga mos keladigan muzeydir. Zamonaviy Internetda ikki turdagi muzeylar mavjud, ular ikkiga bo'linadi : 1) haqiqiy muzeylar vakillari va 2) virtual muzeylar, ammo ularning barchasi bir xil deb nomlanadi: virtual muzeylar. Muzeylardagi haqiqiy muzeylar mavzusi juda ko'p va ommabop bo'lib, ko'plab muzeylar, ekspozitsiyalar, ko'rgazmalar, kataloglar, joylashuvlari, ochilish vaqtlari va turli xil tadbirlar haqidagi ma'lumotlar bilan Internet maydonini ta'minlaydi, ya’ni, an'anaviy sayt . Virtual muzeyning yangi xususiyatlari Virtual muzey uning yaratuvchisi uchun ideal maydon bo’lib, o’zining muzeyini joylashtirish uchun bino, yoki eksponatlarning joylashuv o’rni, yoki ularni ko'chirish zarurati bilan bog’liq emas. Axborot jihatlari Barchasi hammaga tegishli - bu internetning asosiy hodisasidir. Bu erda universal "erkinlik" umumiy o'z manfaatlaridan qat'i nazar, boshqalarning manfaati yo'lida beg'arazlik bilan harakat qilish istagi bilan qo'shnidir. Ijtimoiy jihatlari Erkinlik – bu degani, haqiqiy muzeyda bo'lgani kabi virtual muzey binoga, moliyalashtirishga, xodimlarga va inspektorlarga muhtoj emas. Texnik jihatlar Vaqt: virtual muzey vaqt bilan o’z munosabatiga ega. U ko'p yillar davomida yashashi va rivojlanishi va tarmoqda biror narsa buzilgan bo'lsa, birdaniga "yopilgan" bo'lishi mumkin. Buning uchun ko'pincha bepul resurslardan foydalaniladi va texnik muammolar yuzaga kelganda "ko'zgular" ni tashkil etadi. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi «Arxeologiya» muzeyi materiallari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun virtual muzey yaratishga harakat qildik. Virtual muzeyni yaratishda quyidagi maqsadlarga erishishga alohida e’tibor qaratildi: 1. Arxeologik materiallarni elektron (foto, video) variantga ko‘chirib o‘tkazish. 2. Muzey materiallari bilan ishlashda o‘quvchilarni izlanuvchilik faoliyatiga jalb etish. 3. Audiovizuallik tavsifida muzey materiallari asosida videoroliklar tayyorlash. Mazkur maqsad bilan bog‘liqlikda quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi: 1. Izlanishga doir: arxeologik materiallar bilan tanishish, ularni davrlarga ajratish, arxeologik olimlar bilan uchrashish, arxeologik yodgorliklarga tavsif yozish. 2. Amaliy: materiallarni foto ko‘rinishida formatlash, lavhalar tayyorlash, videoroliklar yaratish. 3. Tatbiqiy: yaratilgan lavhalardan ZiyoNET portalida veb-sahifa yaratish, DVD-disklarga yozish va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommalashtirish. «Arxeologiya» virtual muzeyi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga qamrab oldi: 1. Arxeologik yodgorliklar manzilgohlari. 2. Arxeologik topilmalar. 3. Arxeologik yodgorliklarda amalga oshirilgan qidiruvlar. 4. Arxeolog olimlar. О‘quvchilar virtual muzeylarga sayohat qilish orqali ma’naviy merosning tarixiy ildizlarini anglaydilar, tarixiy, adabiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeylar bilan о‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish о‘qituvchining yordami va kо‘rsatmasi orqali amalga oshirilishi umumta’lim fanlari dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ‘ib etishni talab etadi. Bu esa о‘quv dasturlariga muayyan о‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi. Bunday ishlarni olib borish ancha samarali hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning mashhur Luvr, Ermitaj va Britaniya muzeylari, NASA va Tretyakov galereyalari hamda jahon madaniyatining eng nodir namunalari saqlanadigan yana ko’plab maskanlarga uydan chiqmay bepul sayohat qilish imkoni paydo bo’ldi: Ermitaj - bit.ly/33nCpQg Metropoliten opera - bit.ly/2TTSr1f Googlening “Arts and Culture” loyihasi - artsandculture.google.com Sankt-Peterburg muzeyi — bit.ly/2IOQDjq Tretyakov galereyasi — artsandculture.google.com/partner/the-state-tretyakov-gallery Muzeylar nafaqat saqlab kelingan merosni namoyon etuvchi madaniy maskan, balki ilmiy tadqiqotlar va ta’lim-tarbiya tadbirlarini olib boruvchi muassasa hamdir. Qator qonunlar, qarorlar, muzeyshunoslik bo‘yicha ishlab chiqilgan nizomlar, meyoriy hujjatlar barcha sohalar kabi muzeylar faoliyatini rivojlanishiga mustahkam huquqiy poydevor yaratadi. Ko‘rgazmalar tashkil etish muzey tomoshabinlari sonini ortishiga asos bo‘lib xizmat qilayotir. Muzeylar faoliyatini to‘laqonli olib borishda ular ishini faollashtirish, sohada izlanishlar olib borish, xodimlari ilmiy salohiyatini hamda malakasini oshirish, dunyo muzeylari talablariga javob beradigan qulay konstruktiv yechimlar topish lozim. Muzey fondlarini saqlash va komplektlash, eksponatlarning tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda minimum holatga keltirish juda muhim. Bunda iqlim sharoitini mo‘tadillashtirish, muzey to‘plamlarini katologlashtirish, avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimini yaratish, multimediya va 3 D formatidagi loyihalarini ishlab chiqish orqali muzey ashyolarini raqamli ko‘rinishiga o‘tkazish, elektron nashrlarni joriy etish, davlat katalogini shakllantirish, asosiy masalalardan biridir. Yevropa muzeyshunoslari ta’kidlaganidek, zamonaviy ekspozitsiya tuzishni “Real” va “Virtual” ekspozitsiya usullari orqali amalga oshirish mumkin. Real ekspozitsiyalarni yurtimizdagi barcha muzey va ko‘rgazma zallarida uchratish mumkin. Virtual ekspozitsiya esa asosan chet davlatlarda qo‘llaniar edi. O‘zbek muzeyshunosligi oldida turgan eng dolzarb masalalaridan biri chet el muzeylari bilan manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribasini qo‘llagan holda zarur shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Xulosa qilib aytganda, muzeylar o‘tmish va bugunni bog‘lab turuvchi ko‘prikdir. Bunday maskanlar tomoshabinlarda ma’naviy hordiq beribgina qolmay, ularga axborot beradi, tarixni jonlantiradi. Ulkan rivojlanish kechayotgan bugungi zamonda muzeylarimizda ham kommunikatsion texnologiyalarni kengaytirib, yangidan-yangi o‘zgarishlar qilish vaqti keldi. Viloyat axborot-kutubxona markazi Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda «Samarqand muzeylari» nomli yangi saytni ishga tushirdi. Bu haqda «Samarkandskiy vestnik» xabar bermoqda. Dizayni kishini befarq qoldirmaydigan yangi saytdan «Yangiliklar», «Muzeylar», «Ko‘rgazmalar», «Virtual sayohat» kabi bo‘limlar o‘rin olgan. Foydalanuvchilar o‘lkashunoslik muzeyi, Sadriddin Ayniy uy-muzeyi, Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi, Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyi va boshqa muassasalar haqida to‘liq ma’lumot olishi, ularga taalluqli suratlarni tomosha qilishi mumkin. Sayt yaratuvchilari Registon ansambli, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek observatoriyasi, Go‘ri Amir, Shohi Zinda, Oqsaroy maqbaralari bo‘ylab virtual sayohatga taklif etadi. Ushbu bo‘limda fotosuratlar 3D shaklida bajarilgan bo‘lib, bu foydalanuvchilarga qadimiy obidalarni yanada yaqqol his etish imkonini beradi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bo‘lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o‘tmish merosimizni o‘rganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi. Respublikamiz Prezidentining 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni muzey va muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning ma’naviy axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini yanada oshirish maqsadida «O‘zbekmuzey» jamg‘armasi tuzildi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida jami 1200tadan ortiq muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtimizda joylashgan. Shu bilan birga, o‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nafaqat darsni samarali tashkil etish va ta’lim sifatini oshirish, balki hamkorlik pedagogikasi doirasida o‘quvchilarning tadqiqotchilikka doir faoliyatini muvafaqqiyatli tashkil etishga ham imkon beradi. Zamonaviy muzey pedagogikasi esa, eng avvalo, o‘quvchi shaxsining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish vazifasini hal etishga yo‘naltirilgan. Ana shu maqsad bilan bog‘liqlikda muzey-pedagogik jarayonda o‘quvchilarning nuqtai nazarlari va rolini o‘zgartiruvchi ular bilan ishlashning xilma-xil metodikasi ishlab chiqiladi. Мuzey pedagogikasida o‘qitishning o‘ziga xos jihati — norasmiylik va ixtiyoriylikdir. O‘qitishning o‘ziga xos xususiyati sifatida o‘quvchilarning o‘z qobiliyatlarini maksimal darajada amalga oshirish va qiziqishlarini qondirishga imkon berishi aks etadi. O‘quvchilarning muzey materiallari bilan ishlashini tashkil etish ularning fan, texnika, texnologiya, ijodiy sohada egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini integratsiyalash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Virtual muzeyni yaratish ikkita metodikaning — muzey pedagogikasi va zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanadigan loyihalar metodi integratsiyasi natijasida yuzaga keladi. Virtual muzey veb-saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar ko‘rgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim etishni Internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi. Birinchi veb-sayt muzeylari, ya’ni virtual muzeylar Internetda 1991-yilda paydo bo‘lgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt — muzeylar paydo bo‘la boshladi. Birinchi shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo bo‘lgan. Biroq barcha rasm to‘plamlari ham virtual muzey bo‘la olmaydi. Virtual muzeylarning to‘plamlari ikkita o‘ziga xos xarakteristikaga ega bo‘lishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi bo‘lib, virtual muzeylarning afzalligini ko‘ra bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts bo‘lgan. Virtual muzeylar nafaqat madaniy — ma’rifiy muassasasigina bo‘lib qolmay, balki o‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi ko‘rgazmalarni virtual tomosha qilish imkonini beruvchi dunyo san’ati boyliklari jamlamasidir. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ularning roli kattadir. Chunki virtual muzeylar real muzeylardan farqi o‘qituvchi yordamisiz o‘quvchilar mustaqil o‘zlari sayohat qilishlari mumkin. Shunday ekan, bu ularga keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu nafaqat ilmiy dunyoqarashni rivojlantiradi, balki o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitishga asos bo‘ladi. Virtual muzeylardan foydalanish o‘quvchilarni nafaqat muzey eksponatlari bilan tanishishga, balki Internet tarmog‘idan erkin foydalana olish ko‘nikmasini hosil qilishga ham imkon yaratadi. «Virtual ekskursiyalar» — real muzey ekskursiyalaridan farq qilib, o‘quvchilarga muzey fondlariga virtual sayohat qilish imkoniyatini beradi. Bunda u real hayotda ko‘ra olmaydigan muzeylarga ham sayohat qila oladi. O‘quvchilar virtual muzeylarga sayohat qilish orqali ma’naviy merosning tarixiy ildizlarini anglaydilar, tarixiy, adabiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeylar bilan o‘quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish o‘qituvchining yordami va ko‘rsatmasi orqali amalga oshirilishi umumta’lim dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ‘ib etishni talab etadi. Bu esa o‘quv dasturlariga muayyan o‘zgartirishlar kiritilishiga olib keladi. Bunday tarzda o‘quv ishlarini tashkil etish samarali hisoblanadi. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi «Arxeologiya» muzeyi materiallari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun virtual muzey yaratishga harakat qildik. Virtual muzeyni yaratishda quyidagi maqsadlarga erishishga alohida e’tibor qaratildi: 1. Arxeologik materiallarni elektron (foto, video) variantga ko‘chirib o‘tkazish. 2. Muzey materiallari bilan ishlashda o‘quvchilarni izlanuvchilik faoliyatiga jalb etish. 3. Audiovizuallik tavsifida muzey materiallari asosida videoroliklar tayyorlash. Mazkur maqsad bilan bog‘liqlikda quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi: 1. Izlanishga doir: arxeologik materiallar bilan tanishish, ularni davrlarga ajratish, arxeologik olimlar bilan uchrashish, arxeologik yodgorliklarga tavsif yozish. 2. Amaliy: materiallarni foto ko‘rinishida formatlash, lavhalar tayyorlash, videoroliklar yaratish. 3. Tatbiqiy: yaratilgan lavhalardan ZiyoNET portalida veb-sahifa yaratish, DVD-disklarga yozish va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommalashtirish. «Arxeologiya» virtual muzeyi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga qamrab oldi: 1. Arxeologik yodgorliklar manzilgohlari. 2. Arxeologik topilmalar. 3. Arxeologik yodgorliklarda amalga oshirilgan qidiruvlar. 4. Arxeolog olimlar. Virtual muzeyni yaratish uch bosqichda amalga oshirildi: 2009–2011 yillar — tayyorlov bosqichi: sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazish, ish rejasini tuzish, taqdim etiladigan muzey materiallarini to‘plash, materiallarni tanlash. 2011–2012 yillar — tashkiliy bosqich: muzey bo‘limlari bo‘yicha loyihalar tayyorlash. 2012–2013 yillar — asosiy bosqich: loyihalar taqdimoti, virtual muzeyni rasmiylashtirish, istiqbolli reja ishlab chiqish. «Arxeologiya» virtual muzeyidan barcha sinflarning tarbiyaviy soat mashg‘ulotlari hamda tarix, ma’naviyat asoslari, milliy istiqlol g‘oyasi, Vatan tuyg‘usi, tabiatshunoslik, geografiya darslari jarayonida foydalanish yo‘lga qo‘yildi. «Arxeologiya» virtual muzeyidan foydalanishga doir faoliyat quyidagi algoritmik ketma-ketlikka asoslanildi: 1. O‘quvchilarga axborotlarni taqdim etish: o‘quvchilarni virtual muzeydagi axborotlar bilan tanishtirish, sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari mashg‘ulotlar jarayonida virtual muzeyga o‘quvchilarning sayohatlarini tashkil etildi va axborotlar ustida ishlash jarayoni amalga oshirildi; 2. O‘quvchilarni faoliyatga jalb etish: yosh guruhlari bilan bog‘liqlikda virtual muzeyga sayohat amalga oshirib bo‘linganidan so‘ng o‘quvchilarga o‘z taassurotlarini bayon, insho, esse, taqdimot, loyiha ko‘rinishlarida ifoda etish uchun sharoit yaratildi. Virtual muzey yaratish va uni amaliyotda qo‘llashga doir izlanish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. O‘quvchilarni muzey eksponatlari bilan keng tanishishlariga imkon beradi. 2. Mashg‘ulotlar jarayonida yuqori darajada ko‘rgazmalilik va interfaollikni ta’minlaydi. 3. O‘quvchilarni muzey materiallari asosida vizual, analitik, mustaqil fikrlashini shakllantirish samaradorligi ortadi. 4. O‘quvchilarda tarixiy voqelikka qadriyatli yondashuv qaror topadi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida «O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va samarali foydalanishni tashkil etish» to`g’risida ko`rsatilgan edi. Shu o‘rinda masofaviy ta’lim nima, uning afzalliklari nimalardan iborat, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Masofaviy ta’lim — bu bir joydan turib, qaysi vaqt bo`lishidan qat’i nazar, shaxsiy reja asosida o‘qish hamda bilim olish jarayonidir. Hammamizga ma’lumki hozirgi kunda butun dunyoda masofaviy ta’lim bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni ko`payib bormoqda. Masofaviy ta’lim va sirtqi ta’lim bir-biriga o‘xshash. Masofadan o‘qitish yangi pedagogik texnologiyalarning bir turi bo‘lib, u ko‘pgina afzalliklarga ega. Jumladan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, olinayotgan bilimlarning tezkorligi, talabaning bilim olish jarayonida erkinligi, ta’limning iqtisodiy samaradorligi, o‘quv jarayonida audio-video, animatsiya, grafiklar asosida ta’lim berish natijasida o‘zlashtirishning yuqori bo‘lishi, bilimlar xolisona baholanishi, nazariyani amaliyot bilan taqqoslash imkoniyati, dunyoning yetuk professor-o‘qituvchilari ma’ruzalaridan foydalanish kabilardan iborat. XXI asr boshiga kelib, insoniyat axborot telekommunikatsion tarakkiyot keltirib chiqargan, axborot texnologiyalarning tez tarkalishi, natijasida qator muammolarga tuqnash keldi. Bir tomondan infosfera nomi bilan atalmish yangi umumjaxon axborot kommunikatsion muxit, ta’lim, muloqot va ishlab chiqarish shakllana boshladi. Informatsion jamiyatning tashkiliy-texnologik asosini “internet” yadrosi bulgan umumjaxon axborot tarmogi tashkil etadi. Bu jarayonlar axborot okimining tuxtovsiz almashuv, iqtisod sohasidagi doimiy uzgarishlar va aholining turgunmasligi natijasida hosil buladi. Boshka tomondan, iktisodiy uzgarishlar mutaxassislar tayyorlash sifatiga kuyiladigan talabga asoslangan yangi ijtimoiy buyurtmaning shakllanishiga ta’sir kursatmokda. Kuyidagi sifatlar birinchi darajali xisoblanadi, ya’ni: – uuzgaruvchan iktisodiy sharoitlarga tez moslashish. – ruy berayotgan jarayonlarga yaxshi moslashish; – turli ijtimoiy-madaniy va malakali guruxlar toifasiga kiruvchi xar xil odamlar bilan xamjixatlikda ishlash kobiliyati; – odamlar bilan mulokat kilish kobiliyati – tankidiy muloxaza yurita olish va mustakil karor kabul kila olish kobiliyati. Butunjaxon kompyuter tarmogining rivojlanishi Internet-dunyo ukitish tizimini mukamallashtirishda yangi imkoniyatlar ochdi. Bu bilim muassasalarining texnik jixozlanishida, ularning dunyoviy axborot resurslaridan foydalana olish imkoniyatlarida ukuvchilarning aktiv bilim olish faoliyatiga asoslangan ukitishning yangi shakllari turli, usullaridan foydalanishda va xamkorlikda ukitishda uz aksini topmokda. Barcha yangi axborot va kamunkatsion texnologiyalarga tayangan xolda amaldagi ukitish usullariga kushimcha sifatida, ukitishning yana bir yangi usuli-masofadan ukitish paydo buldi. Masofadan ukitish usulida ukuvchi va ukituvchi bir-biridan masofa bilan ajralgan bulsa xam doimiy mulokat saklanib koladi. Bu ukitishning nazorat kilishning aloxida usuli buladigan elektron pochta va Internet texnalogiyalari yordamida amalga oshiriladi. Masofadan ukitish Iternet texnalogiyalaridan samarali foydalanishga asoslanadi. Xozirigi zamon sharoitida insoniyat oldida dunyoviy axborot resurslaridan, ma’lumotlar manbaidan foydalanish, uz kasbiy bilimlarini oshirish, uzluksiz ta’lim olishni shakllantirish zaruriyati tugilmokda. Internet-texnologiyalar asosida masofadan turib ukitish ukuvchilarning individual talabi va ular mutaxassisligiga yunaltirilgan malakaviy ukitishning zamonaviy, kup kirali shakli bulib xisoblanadi. M.U. barcha xoxlovchilar uchun ular shaxsiy imkoniyatlarini xisobga olgan xolda uzluksiz ravishda malakaviy bilimlarini oshirish imkoniyatini yaratadi. Bunday ukuv jarayonida talaba ma’lum vakt davomida mustakil ravishda ukuv-uslubiy kullanmalarni interaktiv tartibda uzlashtiradi, test topshiradi, ukituvchi nazorati ostida yozma ishlar bajaradi va ukuv guruxdagi boshka talabalar bilan uzaro mulokatda buladi. Masofadan ukitish kurslari kunduzgi mashgulotlarga katnasha olmaydiganlar, ammo uz mutaxassisligini uzgartirishni xoxlagan katta yoshdagi kishilar yoki sogligi tufayli darslarga katnasha olmaydiganlar uchun eng kulay usullaridan biri xisoblanadi. M.U.da turli axborot va komunikatsion texnologiyalar yigindisidan foydalaniladi. Shu yusinda, kaysi texnologiyadan foydalanish masofadan ukitish kursining uz oldiga kuygan maksad va vazifalardan kelib chikib tanlanadi. Masalan, bosmaga asoslangan an’anaviy ukitish ukuvchilarni yangi ukuv kullanmalar bilan tanishtirishda foydalaniladi, interaktiv audio va video konferensiyalar anik vakt mobaynida mulokotda bulish imkonini beradi, kompyuter konferensiya va elektron pochta ma’lumotlarni yuborish uchun va ukuvchilar bilan alokani ta’minlash xamda bir gurux ukuvchilar bilan doimiy alokada bulish uchun foydalaniladi. Tasmaga avvaldan yozib kuyilgan videoma’ruzalar ukuvchilarga ma’ruzalarni kurish va ukuv kullanmalardan axborotlrni kuz oldiga keltirishiga yordam beradi. Faksimol orkali aloka tezkor ma’lumotlarni, vazifalarni va ukuvchilar bilan kator aloka urnatishda foydalaniladi. Tasmaga avvaldan yozib kuyilgan videoma’ruza ukuvchilarda ukuv materiali bilan tanishish va ma’ruzalarni kurish imkonini beradi. Faksimol aloka yordamida tezkor ma’lumotlar, vazifalar olish taminlanadi va ukuvchilar bilan tez aloka yulga kuyiladi. Masofaviy ta’lim – masofadan ukitish yordamida amalga oshiriladigan ta’lim. Masofadan ukitish – interaltiv vositalar yordamida Internet texnologiyalarini barcha usul, maksad, tashkiliy kurinishlaridan foydalangan xolda ukituvchi va ukuvchi urtasida masofa saklangan xolda ukitishdir. Masofadan ukitish tizimi – masofadan ukitish sharoitlarida ta’lim olish tizimi bulib, boshka ta’lim tizimlari singari uz maksad, usullarini, ukitish vositalari va tashkillashtirish usullarini uz ichiga oladi. Masofalan ukitish axborot – ta’lim muxiti – ma’lum bir yunalish buyicha sifatli ta’lim olish uchun kerakli va yetarli bulgan masofadan ukitish vositalar tizimi bulib, ma’lumotlar tuplash, lugatlar, kushimcha adabiyotlar va boshka ukuv jarayoni manbalarini uz ichiga oladi. Masofadan ukitish tarbiyaviy texnologiyasi – ukuv tarbiyaviy jarayonlarni uz ichiga mujassamlashtirgan ukitish usullari yigindisi. Keys texnologiya – audiovidual multimediya va tekstlar kurinishidagi kullanmalarni tanlash va ularni mustakil urganish uchun yuborishni ta’minlaydigan masofadan ukitishni tashkil etish usuli. TV – texnologiya ukuvchilarga televideniye imkoniyatlaridan foydalangan xolda ukuv-uslubiy kullanmalarni yuborish va interaktiv usullaridan biri yordamida katta aloka urnatish. Tarmok texnologiyasi – interaktiv tartibda telekommunikatsion tarmogidan foydalanishga asoslangan masofadan ukitish usuli. Virtual auditoriya (sinf, ukuvchilar guruxi) – masofadan ukitish sharoitida ukuvchilar guruxini tashkil kilish. Virtual universitet (maktab)- muassasaning virtual ta’lim boshkaruvini va axborot ta’lim muxitining yigindisidir. Masofadan ukitish ukituvchisi – masofadan ukitishni olib boruvchi, informatsion texnologiya va distatsion ukitish uslubi buyicha chukur bilimga ega bulgan ukituvchi. Yurtimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘g‘il-qizlarning keng dunyoqarashga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida ko‘plab ezgu sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, kompyuter tarmoqlari asosida masofaviy ta’lim tizimi tashkil qilinishi nafaqat talaba-yoshlar, balki zamon bilan hamnafas bo‘lishni istagan har bir kishi uchun katta imkoniyatlar yaratyapti. Zero, ta’limning bu turi ko‘plab afzalliklarga egadir. Masofaviy o‘qitishning kunduzgi va boshqa ta’lim turlaridan farqli jihati shundaki, unga keng ommani jalb qilish mumkin. Bu turdagi o‘qitish tizimi kunduzgi va sirtqi ta’lim turlarining ijobiy xususiyatlarini namoyon qiladi. Shu bois ham u bugun istiqbolli ta’lim uslublaridan biri sifatida tan olinmoqda. Masofaviy ta’lim berish uchun o‘qish istagida bo‘lganlarni bir yerga jamlash shart emas. Qolaversa, tinglovchi yoki o‘quvchining ortiqcha sarf-xarajat qilishiga hojat yo‘q. Mazkur uslubda saboq beruvchi mutaxassislar eng tajribali va tashkilotchi professor-o‘qituvchilar orasidan tanlab olinishi lozim. Chunki masofaviy o‘qitish boshqa ta’lim turlaridan farqli bo‘lib, uning samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchining bilimdonligi, tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatiga bog‘liqdir. O‘qituvchi bir paytning o‘zida ham mohir pedagog, ham dono maslahatchi va ham tajribali boshqaruvchi bo‘lishi kerak. Bugun yurtimizdagi kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari to‘liq zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirgi kunda barcha oliy o‘quv yurtlarida kompyuter sinflari tashkil etilgan bo‘lib, ularning ko‘p qismi internet tarmog‘iga ulangan. Va bu albatta, kelajak avlodni masofadan turib o‘qitishga tayyorgarlik ko‘rish uchun qulay shart-sharoit demakdir. Misol uchun, Toshkent Moliya institutida 2000 yilning 1 sentabr sanasidan e’tiboran iqtisodiy ta’limga masofaviy o‘qitish komponentlarini kiritish tajriba-loyihasi tatbiq qilina boshlandi. Institutning barcha fakultetlaridagi kompyuter sinflari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Birinchi bosqichda kredit-iqtisod fakulteti butunjahon tarmog‘iga ulandi. Bu imkoniyatdan professor-o‘qituvchilar va talabalar bilim hamda malaka oshirishda unumli foydalanib kelishmoqda. Talabalarning virtual kitob va kutubxona to‘g‘risidagi tasavvurlari tobora kengayib boryapti. Ma’lumki, masofaviy ta’lim tinglovchilarga nafaqat onlayn tarzda saboq berish, balki ular o‘zlashtirgan bilimlarni masofadan turib nazorat qilishni ham anglatadi. Bunday o‘zgarishlar nafaqat Toshkent shahrida, balki yurtimizning har bir viloyatida amalga oshirilmoqda. Namangan muhandislik-pedagogika instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Samarqand davlat universiteti va boshqa viloyatlardagi ta’lim muassasalarida mavjud imkoniyatlar fikrimizga misol bo‘la oladi. Shunisi muhimki, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida masofaviy o‘qitish tizimini tatbiq qilish, uni yanada takomillashtirish uchun chora-tadbirlarni kuchaytirish lozim. Zero, bu borada xorij tajribasini o‘rganish, multimedia-elektron darsliklar, elektron kutubxonalar, audio va video darsliklar yaratishga jiddiy e’tibor berish bugunning talabidir. Quvonarlisi, yurtimizda ziyolilar, pedagoglar, ayniqsa, yoshlarning zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari, demakki, interaktiv ta’limga qiziqishlari ortib bormoqda. Bu esa kelgusida har sohada yetuk kadrlar yetishib chiqishi uchun zamin hozirlashi, shubhasiz. Bugungi kunda xorijda masofaviy ta’limdan shaxsiy reja asosida uydan turib bilim olish, universitet tomonidan tayyorlangan videodarslardan foydalanish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, shuningdek bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha tarzda boshqa yo‘nalishlarda ta’lim olish va shaxsiy qiziqishlari bo‘yicha salohiyatini oshirish tajribasi keng tatbiq qilinmoqda. Yurtimiz ta’lim muassasalarida joriy qilinayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi ham kelajakda bu kabi imkoniyatlardan foydalanishga xizmat qiladi. O‘qitish – bu ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tizimli bilim va ko‘nikmalar bilan qurollangan jarayondir. Ta’lim – bu o‘qitishning natijasi bo‘lib, shaxsiyatni tarbiyalash va rivojlantirishdir. Masofaviy o‘qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. Masofaviy o‘qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texno¬lo¬giya¬lari va texnika vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchining qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas. Masofaviy ta’lim – masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim kompleksidir. Darhaqiqat, masofaviy o‘qi¬tish xususida to‘xtalar ekanmiz, undan uzluksiz ta’lim tizimida qanday foydalanish mumkin, uning qanday shakl va modellari mavjudligi soha mutaxassislarini qiziqtirishi mumkin. Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida anchagina muammolarga duch keldiki, ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar, xususan, axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi hech birimizni befarq qoldirmaydi. Ta’lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatida yangi axborot kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Shu o‘rinda ta’kidlash muhimki, internet global kompyuter tarmog‘ining rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo‘nalishlari ochilishiga sabab bo‘ldi, desak xato emas. Birinchidan, o‘quv muassasalarining texnik ta’minoti keskin o‘zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo‘l ochilishi o‘qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling