— Aerva lanata juss. A. machindoshlar (tojixo‘rozdoshlar) — Amagapthaseae


Download 237.25 Kb.
bet3/6
Sana21.08.2023
Hajmi237.25 Kb.
#1668986
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tukli erva (pol-pola) — Aerva Lanata Juss.

Mahsulot tayyorlash. O‘simlikning yer ustki qismi qiyg‘och gullash — urug‘ pishish davrida o‘roq, o‘rish uskunalari, silos o‘radigan agregatlar bilan yig‘ib olinadi. Yig‘ilgan xomashyo ho‘l holatda 1—1,5 sm uzunlikda qirqilib quritiladi. Ko‘chat qilib ekilgan o‘simlikning urug‘lari toza pishgan davrida (noyabr oylarida) yig‘iladi va xirmonga olib borib 1—2 hafta quritiladi va yanchilib qoplarga joylashtiriladi.


QovoQ — CUCURBITA
Qovoq — Cucurbita, sapcha qovoq (oddiy qovoq) — Cucurbita pepo L.; o‘ris qovoq (yirik qovoq, kartoshka qovoq) — Cucurbita maxima Duch.; osh qovoq (oyim qovoq) — Cucurbita moschata Duch.; qovoqdoshlar — Cucurbitaceae oilasiga kiradi.
Qovoq turlari bir yillik, poyacining uzunligi 4—5 m ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi qirrali, dag‘al tukli, jingalaklari yordamida osilib o‘sadi. Bargi juda ham yirik, yuraksimon, chuqur 5 bo‘lakli, dag‘al tukli bo‘lib, poyada uzun bandi yordamida ketma-ket joylashgan. Gullari sariq rangli, yoqimli hidli, bir jinsli, erkak gullari barg qo‘ltig‘ida to‘p-to‘p bo‘lib, urg‘ochi gullari esa yakka-yakka holda joylashgan. Gulkosachasi qo‘ng‘iroqsimon, 5 bo‘lakli, gultojisi voronkasimon-qo‘ng‘iroqsimon, besh bo‘lakli. Otaligi 5 ta, onalik tuguni 3 xonali, pastga joylashgan. Mevasi — yirik, ko‘p urug‘li, seret va shirali, turli rangdagi va shakldagi ho‘l meva. Urug‘i oq rangli, yapaloq ellipssimon bo‘ladi.
Iyun oyidan boshlab gullaydi, mevasi avgust-oktabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. Vatani Meksika. Ko‘pchilik tumanlarda poliz ekini sifatida o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot tozalangan urug‘dan iborat. Qovoq urug‘i oq rangli, yapaloq-ellipssimon, bir tomonga bir oz toraygan, uzunligi 1,5—3,5 sm, eni 0,8—1,4 sm ga teng. Urug‘ 2 qavat po‘st bilan qoplangan: tashqi tomondagi oq rangli yog‘ochlangan va ichki tomondagi yashil-kulrang tusli pardasimon qavatlardan iborat. Mahsulot yoqimli mazaga ega.
XI DF ga ko‘ra urug‘ namligi 13%, umumiy kuli 5%, meva tevaragi va qovoqning yumshoq qismining qurigan qoldiqlari 0,2%, ichi bo‘sh (mag‘izsiz) va zararlangan urug‘lar 2%, organik aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0,1% dan oshiq bo‘lmasligi kerak.

Download 237.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling