— Aerva lanata juss. A. machindoshlar (tojixo‘rozdoshlar) — Amagapthaseae


Download 237.25 Kb.
bet1/6
Sana21.08.2023
Hajmi237.25 Kb.
#1668986
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tukli erva (pol-pola) — Aerva Lanata Juss.


Tukli erva (pol-pola) — Aerva Lanata Juss.
Reja:



  1. Tukli erva

  2. Qovoq

  3. Foydalanilgan adabiyotlar

Tukli erva (pol-pola) — Aerva lanata juss. A. machindoshlar (tojixo‘rozdoshlar) — Amagapthaseae oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, shoxlangan va bo‘yi 55—70 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Barglari lansetsimon, ovalsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali bo‘lib, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarda qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, och yashil rangli bo‘lib, qisqa boshoqsimon gulto‘plamiga o‘rnashgan. Urug‘i yaltiroq, qora rangli.
O‘simlikning hamma qismi sertukli, kulrangda.
Geografik tarqalishi. Hindiston, Filippin, Yangi Gvineya va boshqa Osiyo va Afrikaning tropik tumanlaridagi qumli yerlarda, cho‘llarda va butalar orasida o‘sadi.
O‘zbekistonda tukli erva bir yillik o‘t o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullagan davrida yer ustki qismi o‘rib olinadi va 3—4 sm qalinlikda soya yerda biror narsa (faner taxta, brezent, mato va boshqalar) ustiga yoyib quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Mahsulot poya, barglar va gul to‘plamlaridan tashkil topgan. Barglari tuxumsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali, o‘tkir yoki to‘mtoq uchli, uzunligi 2—3 sm gacha, eni 0,5—1,5 sm, sertukli. Gul to‘plami sertukli, boshoqsimon. Gullari mayda, och yashil, gultevaragi 2—5 bo‘lakli bo‘lib, uchta guloldi bargchalari bilan o‘ralgan. Barglari, poyasi va gulto‘plamlari sertukli, kulrang-yashil, hidi — kuchsiz, yoqimli, achchiq mazali.
Mahsulot namligi 7% dan, umumiy kuli 13% dan, xlorid kislotaning 10% li eritmasida erimaydigan kuli 8% dan, qoraygan qismlari 7% dan, organik aralashmalar 1,5% dan va mineral aralashmalar 1% dan ko‘p hamda mahsulot tarkibidagi flavonoidlar yig‘indisining miqdori rutin bo‘yicha 0,5% dan kam bo‘lmasligi lozim.
Maydalangan mahsulot uchun 7 mm dan yirik bo‘lgan bo‘lakchalar 10% dan va teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar 10% dan oshiq bo‘lmasligi lozim.

Download 237.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling