«Pastlab uchuvchi samolyotlar».
Aeroport yaqinidan o‘tuvchi yo‘llarning samolyotlar pastlab uchuvchi qismlariga «Pastlab uchuvchi samolyotlar» yo‘l belgisi o‘rnatilib, qisqa muddatli qattiq shovqinlar bo‘lib turishi haqida ogohlantiradi.
|
|
«Tunnel».
Qayrilish, burilish yoki boshqa to‘siqlar orqali tunnelga kiraverishda uning peshtoqi ko‘rinishi cheklangan yoki sun’iy ravishda yoritilmagan bo‘lsa, oldida «Tunnel» yo‘l belgisi o‘rnatiladi.
|
|
«Boshqa xavf-xatarlar».
Yo‘lning ogohlantiruvchi belgilarida ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlar bo‘lgan yo‘l qismi (tez-tez tuman bo‘lib turadigan joylar, jarliklar, tutun bo‘lib, yo‘lning ko‘rinishi cheklangan qismlari) oldida «Boshqa xavf-xatarlar» yo‘l belgisi o‘rnatiladi.
|
|
1.31.2. 1.31.3. «Burilishning yo‘nalishi».
Yo‘lning xavfli burilish qismlariga «Burilishning yo‘nalishi» belgisi o‘rnatiladi. Bu belgilar uch xil bo‘lib, burilishning o‘ngga, chapga va bir vaqtning o‘zida o‘ng va chapga yo‘naltirilganligini ko‘rsatadi.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |