, aholi yashamaydigan joylarda 150 — 300 metr (A)


Download 156.95 Kb.
bet1/9
Sana08.09.2023
Hajmi156.95 Kb.
#1674501
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo


Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo‘lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi, xavfning turi va shakli haqida axborot beradi. Xavf-xatar ushbu belgida ramziy shaklda ifodalanadi.
Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq, hoshiyasi qizil rangda bo‘lgan teng tomonli uchburchak shaklidan iborat.
Bu yo‘l belgilari haydovchi chora ko‘rishi talab qilinadigan xavfli qismlarga aholi yashaydigan joylarda 50-100 metr (B), aholi yashamaydigan joylarda 150300 metr (A) masofa qolganda o‘rnatiladi.
Aholi yashamaydigan joylarda bu guruhdagi belgilarning olisroq masofada o‘rnatilishi transport vositalarining tezligi bilan izohlanadi (shahardan tashqaridagi tezlik shahardagidan birmuncha yuqori bo‘ladi). Haydovchi yo‘l belgisi o‘rnatilgan joydan xavfli qism boshlanadigan joygacha tezlikni pasaytirib ulgurishi lozim. Yo‘l sharoiti qanchalik murakkab va jiddiy bo‘lsa, shunchalik ko‘p ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatiladi.

  1. «Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi».

  2. «Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi».

Bu belgilar temir yo‘l kesishmalari oldida o‘rnatilib, birinchi belgi o‘rnatilgan kesishma shlagbaum, temir yo‘l simofori bilan jihozlangan bo‘lib, harakatlanishni temir yo‘l nazoratchisi nazorat qiladi. Ikkinchi bvlgi o‘rnatilgan kesishma nazoratchisiz bo‘lib, temir yo‘lni xavfsizlikni ta’minlagan holda kesib o‘tish haydovchining o‘ziga havola etiladi.




  1. «Bir izli temir yo‘l».

  2. «Ko‘p izli temir yo‘l».

Bu belgilar bevosita shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatiladi.
1.3.2 belgisida birinchi izdan tashqari ikkinchi va undan keyingi izlardan ham poezd yo‘qligiga ishonch hosil qilgan holda kesishmadan o‘tish mumkin.




1.4.1-1.4.6. «Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv».
1.4.1. Bu belgilar aholi yashamaydigan joylarda o‘rnatilib, haydovchini temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganligi haqida qo‘shimcha ravishda ogohlantiradi.
- 1.4.3 belgilari yo‘lning o‘ng tomoniga, 1.4.4 - 1.4.6 belgilari yo‘lning chap tomoniga o‘rnatiladi.




    1. Tramvay yuli bilan kesishuv.

Yo‘lning burilishi yoki undagi do‘nglik tufayli yo‘lni kesib o‘tadigan tramvay izi ko‘rinmasa (chorrahadan tashqari), unday joylarga ushbu yo‘l belgisi o‘rnatiladi. Kesishmada tramvai imtiezga ega bo‘ladi.





Download 156.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling