— asosiy katalog. /bin – Bu katalogda operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi(ls, cp ). /boot


№2 dars — Linux, afzalligi va kamchiliklari


Download 105.12 Kb.
bet3/30
Sana08.01.2022
Hajmi105.12 Kb.
#244342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
1 dars

2 dars — Linux, afzalligi va kamchiliklari


Linux operastion tizimini hozirgi kundagi eng ommabop xisoblanmish Windows operastion tizimi bilan solishtirar ekanmiz, biz uni afzallik va kamchiliklarini ko'rib chiqishimiz lozim. Umumiy oladigan bo'lsak Linux operastion tizimini Windows operastion tizimidan zo'r yoki yomon deb aytish noto'g'ri bo'lardi. Chunki Linux operastion tizimi umuman boshqa arxitekturali operastion tizimdir.

Linux operastion tizimida Windows operastion tizimi oilasiga mansub operastion tizimlardagidek «ПУСК» menyusi yoki bo'lmasa, lokal disk "С:/" ning yo'qligi yangi foydalanuvchiga biroz o'zgacha tuyulishi mumkin. Bu albatta moxir foydalanuvchi yoki dasturlovchi uchun hech qanday to'siq bo'la olmaydi.


Linux bu birgina operastion tizim emas, balki shu nomdagi yadro asosida yaratilgan operastion tizimilar oilasidir. Linuxning juda ko'p distributivlari mavjud: Debian, Fedora, Gentoo, Mandriva, openSUSE, Red Hat, Slackware, Ubuntu. Ularning barchasini birgina yadro birlashtirib turadi.

Biz ushbu saxifamizda Linuxning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini sanab o'tamiz.

Linux operastion tizimi distributivlari mutlaqo bepul tarqatiladi va yangi chiqqan utilitlar va dasturlar ham shular jumlasidandir. Linux operastion tizimiga egalik qilish huquqi xech kimga berilmagan. U erkin tarqatiladi. Linux distributivlari uchun qo'shimcha yangiliklar, dasturlar, utilitlar dunyodagi ko'pgina dasturlovchilar birlashgan forum va loyixalarda ishlab chiqiladi.

Windows operastion tizimida biror bir xato yoki kamchilik paydo bo'lsa uni faqatgina Microsoft kompaniyasining o'zigina to'g'rilay oladi va faqatgan rasmiy saytdan uning yangilangan paketlarini yuklab olish mumkin. Linux operastion tizimida xato yuzaga kelsa, uni dasturchilar forumi yordamida bartaraf etish mumkin. Buning sababi Linux ochiq kodli operastion tizim, Windows esa yopiq kodli operastion tizimligidadir.

Linux ni faqat dasturchilar yoki moxir foydalanuvchilar uchun yaratilgan operatsion tizimi deb o'ylovchilar qattiq yanglishadi. Chunki xozirgi kunga kelib oddiy foydalanuvchilar uchun qo'l keladigan KDE, GNOME, Unity kabi grafik muxitlar mavjud. Ular yordamida turli xil darajadagi foydalanuvchilar operastion tizimida ishlashlari mumkin.

Windows muxitida ishlab o'rgangan foydalanuvchi Linux operastion tizimi grafik muxitiga moslashishi qiyin kechishi aniq chunki unda menyular va boshqa yarliklar odatiy joyda joylashmagan. Xuddi shunday Linux grafik interfeysida ishlab o'rgangan foydalanuvchi Windows muxitiga moslashishi qiyin kechadi va bir qancha noqulayliklarga duch kelishi aniq.




Download 105.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling