XFS – Dastlab bu tizim Silicon Graphics(SGI) kompaniyasi tomonidan Irix operastion tizim uchun yaratilgan. Bu tizim ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi xisoblanadi. Jurnallarga fayl tizimining umumiy metama'lumotlari yoziladi va buzilish sodir bo'lganda jurnaldagi ma'lumotlarning fayl tizimiga nusxasi olish orqali qayta tiklashni amalga oshirish mumkin bo'ladi. Jurnal hajmi fayl tizimini xosil qilishda o'rnatiladi, xajm 32 megabaytdan kam bo'lmasligi lozim. Bu fayl tizimi ext3, ReiserFS va JFS fayl tizimlariga nisbatan tezroq ishlaydi, lekin ext4 fayl tizimidan sekinroq. XFS fayl tizimiga katta hajmdagi bloklarni(64 Kbayt gacha) o'rnatish mumkin. Shuning uchun bu fayl tizimida video fayllarni qayta ishlash kabi grafikli uzellarda ishlatish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |