— asosiy katalog. /bin – Bu katalogda operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi(ls, cp ). /boot


JFS – dastlab bu tizim IBM kompaniyasi tomonidan AIX


Download 105.12 Kb.
bet8/30
Sana08.01.2022
Hajmi105.12 Kb.
#244342
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
1 dars

JFS – dastlab bu tizim IBM kompaniyasi tomonidan AIX operastion tizim uchun ishlab chiqilgan, keyinroq esa OS/2 uchun va nihoyat Linuks operastion tizim uchun ishlatilmoqda. Bu ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi. Jurnalning hajmi taxminan umumiy fayl tizimining 40% tashkil etadi. JFS tizimi jurnal va ma'lumotlardan iborat bo'lgan bir necha segmentlardan tashkil etilishi mumkin. Bu segmentlar agregatlar deyiladi va bu agregatlarni alohida montirovka qilish mumkin.

6 dars - Linuxning asosiy buyruqlari

Linux operatsion tizimi kundan-kunga rivojlanib bormoqda va ko'pchilik bu tizimni o'rganishga harakat qilishmoqda. O'rganishni endi boshlaganlar uchun, bu tizimni o'rganish biroz qiyin ko'rinishi mumkin, lekin unday emas. Bu tizim, windows tizimidan keskin farq qilgani uchun, windows foydalanuvchilari linux bilan ishlaganda ko'p noqulayliklarni his qilishmoqda(keyin ko'nikib ketishmoqda.. Kerak bo'lgandan keyin ko'nikadide).

Hozirgi kunda, linux tizimining juda chiroyli grafik ko'rinishlari chiqib ketgan va grafika orqali barcha ishlarni amalga oshirish mumkin bo'lmoqda, bu albatta yaxshi, lekin grafik ko'rinishlar bir hil emas. Barcha distibutivlarda grafik interfeys xar hil qilib yaratilgan, bu esa biror distributivda ishlagan foydalanuvchi boshqa distributivga o'tganda yuklatilgan vazifani bajarishga qiynalmoqda.

Linux operatsion tizimi, bir necha distributivlarga ega bo'lib, ularning tashqi ko'rinishlari bir-biridan farq qiladi, lekin asosi yagona hisoblanadi. Asos yagona bo'lgani uchun bu tizimda ishlovchi buyruqlar bir hildir. Bu degani, agar siz linux buyruqlarini yaxshi bilib olsangiz, istalgan distributivda bemalol ishlay olasiz. To'g'ri, ba'zi buyruqlar distributivga qarab o'zgarishi mumkin, lekin bular juda kam.

Bu tizimda, buyruqlarni yozishda katta kichik harflarga e'tiborliroq bo'ling, linuxda katta-kichik harflar farqlidir.

Bu maqolamda operatsion tizim ma'lumotlarini ekranga chiqaruvchi buyruqlar bilan tanishtirib o'taman. Bu buyruqlar haqida to'liq ma'lumotlarni linux ning "man" buyrug'i orqali olishingiz mumkin bo'ladi. Misol uchun:

man fdisk

Demak, tizim haqida ma'lumot beruvchi asosiy buyruqlar bilan tanishamiz:

—————————————————————————————————————


Download 105.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling