“ avtomobil modelini loyihalash va modellashtirish


II BOB. AVTOMOBIL MODELINI LOYIHALASH VA


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana21.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1641529
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Avtomobil modelini loyihalash va modellashtirish yangi

II BOB. AVTOMOBIL MODELINI LOYIHALASH VA 
MODELLASHTIRISH MAVZUSIGA OID AMALIY ISH VA DARS 
ISHLANMALARGA NAMUNALAR 
2.1.Amaliy ish: Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy 
shakllari
Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari - uning tashkiliy shakllari. 
Oliy maktabni qayta qurish sharoitida konstruksiyalash - texnologik 
masalalarni hal qilish uchun ta’limning quyidagi shakllari eng samaralidir: texnik 
konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; brigada, 
individual, zveno shakllari va ularning turli birlashmalari: har xil yoshdagi 
talabalardan iborat brigada va hokazolar. 
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar deganda 
o‘quv - mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham 
kollektiv, ham individual ish turlarini o‘z ichiga oladi va bu ishlar pedagog 
tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini aktiv, ongli va 
mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutiladi. 
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, 
modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta’limning frontal shaklidan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog talabalar uchun tegishli murakkablikdagi 
obyektlarni tanlaydi. U konstruksiyalash bo‘yicha ta’limning frontal shaklidan 
foydalanishda butun gruppani modellashtirishning faqat bitta obyekt bilan 
shug‘ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uni tayyorlashga sarflanadigan vaqtni, 
texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, o‘xshash 
mehnat usullarini ko‘rsatish va hokazolarni ancha kamaytiradi.
6
Talabalar bajarayotgan konstruktorlik - texnologik ishlar o‘zining 
murakkabligi va sermehnatligi bilan kollektiv bo‘lib, ishlashni taqozo qilsa ham 
hamda bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo‘lsa, mashg‘ulotni tashkil 
6
Muslimov N.A., Sharipov Sh.S. Texnik ijodkorlik va dizayn.-T.: «Iqtisod -Moliya» 2009. 


15 
etishning zveno shaklidan foydalaniladi. Ko‘pincha bunday hollarda murakkabroq 
bitta obyekt bilan 2-3 nafar va bundan ko‘proq talaba shug‘ullanadi. 
Tayyorlanadigan obyektlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir xil va xarakteriga ko‘ra 
har xil bo‘lsa, texnik modellashtirish konstruksiyalash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotni 
tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday 
hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi pedagog uchun 
muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda ko‘pincha ayrim 
talabalarga yozma instruksiyalar tayyorlashga va ular ana shu instruksiyalar 
bo‘yicha yangi o‘quv materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi. 
Mashg‘ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil 
obyektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko‘ra maktab o‘quv ustaxonalaridagi 
texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllarini 
dasturdagi o‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga, obyektlarning xarakteriga, 
ta’limiy - pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab tanlanadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling