Mavzu: Tashkilotdagi noverbal kommunikatsiyalar Reja


Download 78 Kb.
bet1/4
Sana20.02.2023
Hajmi78 Kb.
#1215387
  1   2   3   4
Bog'liq
Tashkilotdagi noverbal kommunikatsiyalar


Mavzu: Tashkilotdagi noverbal kommunikatsiyalar


Reja:
1. Noverbal muloqotlar.
2. Noverbal axborotning asosiy vositalari
3. Noverbal muloqotlarni amalga oshirish
4. Motivatsiya tushunchasi, turlari va jarayoni
5. Motivatsiya nazariyalari

Tashkilotning faoliyati va tashkiliy muloqotda so’z ishlatmay jo’natiladigan axborotdan foydalanuvchi noverbal muloqotlar g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ular noverbal maktublar deyiladi. Imo-ishora, ohanglar ishdagi muloqotning juda muhim qismidir. Ular suhbat davomida axborotning 80%ini etkazadilar. Ba‘zan ana shu noverbal vositalar orqali so’z bilan ifodalanganidan ko’proq ma‘no bildirish mumkin.


Noverbal axborotning asosiy vositalari:
- insonning jismoniy xislatlari(bo’yining balandligi, vazni, sochining rangi, tanasining hidi va h.k.z.);
- insonning kiyim-boshi va poyabzali;
- tanasining harakatlanishi (qiliqlari, qiyofasi, ko’rishishi, yuz ifodasi, ko’zlarining harakati va h.k.z.);
- gapirish usuli (ohanglari, savodliligi, ovoz tembri, gapga chechanligi va h.k.z.);
- muhit (yorug’ligi, shovqini, ozodaligi, binosi, jihozlari va h.k.z.);
- muhitdan foydalanishi (harakat odobi, muloqot masofasi va h.k.z.);
- vaqti (erta kelishi, tayinlangan fursatda aniq kelishi, kechikib kelishi).
Noverbal muloqotlar asosan ongsiz asosga ega bo’ladi, chunki ular kommunikatsiya jarayoni qatnashchilarining haqiqiy his-tuyg’ularidan dalolat beradi va izhor etilayotgan his-tuyg’ularning juda ishonarli indikatori hisoblanadi. Noverbal axborot yordamida harakatlarni soxtalashtirib bo’lmaydi va shaxslararo kommunikatsiyalarda yashirish ham oson emas.
Ko’pgina noverbal signallar, ularning aniq-ravshan ahamiyati inson ―o’sgan‖ insoniy madaniyat namunasi bo’ladi. Chunonchi, turli xalqlarning noverbal axloq-odobi bir-biridan anchagina farqlanadi.
Masalan, muzokara qatnashchilari ko’pincha gapirganda qo’llarini harakatlantirib turadilar. Ammo har xil imo-ishoralar turli xalqlarda turlicha ma‘noni bildiradi. Misol uchun bolgarlar ―xo’p‖ demoqchi bo’lsalar, boshlarini sarak-sarak qimirlatadilar, o’zbeklarda esa bu ishora ―yo’q‖ degan ma‘noni bildiradi.
Nemislar ko’pincha biror kishining fikriga qoyil qolsalar, qoshlarini yuqori ko’taradilar. Bunday harakat Angliyada ishnochsizlikni ifodalaydi. Barmoqni bir tomondan ikkinchi tomonga qimirlatish AQSH va Italiyada engil ta‘na, dag’dag’a yoki gapga quloq solishga chaqirishni, Gollandiyada inkorni bildirishi mumkin. Agar tanbeh berilmoqchi bo’lsa, ko’rsatkich barmoq bosh oldida bir tomondan ikkinchi tomonga yurgiziladi.
Kishi muloqot tilini bilmaganida imo-ishora va ramzlardan foydalansam, suhbatdoshim fikrimni tushunadi, deb o’ylasa, noqulay, hatto kulgili ahvolga tushib qolishi va o’rtada anglashilmovchilik kelib chiqishi mumkin. Chunonchi, barmoqni baland ko’tarish Rossiyada yuqori baho berilishini bildirsa, Gretsiyada ―ovozingni ‖ o’chir degan ma‘noni bildiradi. Xulosa shuki, ajnabiylar bilan muloqotda imo-ishoralarning aniq ma‘nosi ma‘lum bo’lmasa, ulardan foydalanmagan ma‘qul.
Demak, noverbal ishoralardan odob namunasi tarzida foydalanish va ularning ramziy ma‘nolarini nazarda tutish lozim. Muloqot qatnashchilari ularning ma‘nosini verbal belgilar kabi aniq-ravshan anglaydigan taqdirdagina noverbal ishoralardan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.



Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling