# Bolalar adabiyotining adresliligiga doir mulohaza qaysi javobda o`z aksini topgan?
+ bolalar yozuvchilari o`quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, o`z asarlarini kimga qarata yozayotganliklarini oldindan bilishlari lozim;
- bolalar adiblari uchun mavzular chegaralangan bo`lmog`i shart;
- bolalarbop asarlarning hajmi o`ta qisqa bo`lishi muhim ahamiyat kasb etadi;
- faqat hayvonlar haqidagi asarlar yozish maqsadga muvofiq.
# Bolalar kitobxonligida pedagogika va psixologiya nuqtai nazaridan yosh xususiyatlariga ko`ra o`zaro tafovutlanishi qaysi javobda to`g`ri qayd etilgan?
+ tug`ilgandan to 6-7 yoshgacha maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi; 6-7 yoshdan to 11-12 yoshgacha kichik maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi; 12-13 yoshdan to 17-18 yoshgacha, o`rta va katta yoshdagi bolalar yoxud o`smirlar kitobxonligi.
- 2-5 yosh- maktabgacha tarbiya yoshi bolalar kitobxonligi; 5-9 yosh- kichik maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi; 9-12 yosh-o`rta maktab yoshi bolalar kitobxonligi; 12-16 yosh –o`smirlik davri bolalar kitobxonligi;
- 1-3 yosh- go`daklik davri bolalar kitobxonligi; 3-6 yosh- bolalik davri bolalar kitobxonligi; 7-9 yosh-kichik maktab yosh bolalar kitobxonligi; 9-12 yosh-o`rta maktab yoshidagi davr bolalar kitobxonligi; 13-16 yosh –o`smirlik davri bolalar kitobxonligi;
- 1-5 yosh- maktabgacha tarbiya yoshi bolalar kitobxonligi; 4-6 yosh- kichik maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi; 7-11 yosh-o`rta maktab yoshi bolalar kitobxonligi; 12-18 yosh –o`smirlik davri bolalar kitobxonligi;
# Ikki yoshdan besh yoshgacha bo`lgan bolalarning ruhiy olami, qiziqishlari, «daho tilchi» darajasidagi kashfiyotlari haqida qaysi yozuvchi tadqiqot olib borgan va qanday asar yozgan?
+ K.Chukovskiy: «Ikkidan beshgacha»;
- L.N.Tolstoy: «Birinchi o`qish kitobi»;
- Sharl Perro: «Zolushka»;
- Sh.Sa`dulla: «Komandirning boshidan kechirganlari».
Do'stlaringiz bilan baham: |