? Qaysi qatordagi so‘zlarda ( ’ ) belgisi unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini bildiradi?
+ma’no, da’vo
=sur’at, jur’at
=mas’ul, ma’qul
=qat’iy, e’lon
? So‘z yasovchilarni aniqlang.
+dor, -zor, -cha, -xo‘r
=gay, -gina, -li, -man, -siz
=tir, -gach, -lar, -ib, -zor
=la, -li, -lan, -dan, -paz
? So‘zlarning grammatik tuzilishi va o‘zgarishi tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
+morfologiya
=leksikologiya
=orfografiya
=sintaksis
? U uzundan-uzoq ma’ruza qildi. Ushbu gapdagi sifat darajasini belgilang.
+orttirma daraja
=oddiy daraja
=ozaytirma daraja
=daraja ifodalanmagan
? Orttirma daraja shaklidagi sifatlarni aniqlang.
+juda baland, g‘oyat yaxshi, eng kichik
=tim qora, qip-qizil, oqish
=yumshoqqina, och yashil, to‘q ko‘k
=sarg‘ish, ko‘kimtir, qoramtir
? Fonetika tilshunoslikning qanday bo’limi sanaladi /
+nutq tovushlarini o’rganuvchi bo’limi
=unli tovushlarni o’rganuvchi bo’lim
=undosh tovushlarni o’rganuvchi bo’lim
=to’g’ri yozish qoidalarini o’rganuvchi bo’lim
? Qaysi gapdagi birinchi tartib sonini ilk,dastlabki, avvalgi kabi ma’nodoshlari bilan almashtirish mumkin?
+Milliy istiqlolga birinchi qadam 1989-yil 21-oktabr "Davlat tili haqida"gi qonunni qabul qilish bilan qo‘yildi.
=Y.A.Gagarinning nomi tarixda birinchi kosmonavt sifatida qoladi
=Ota majlisda birinchi so‘zga chiqishi ekan.
=Qonunlarga qat’iy rioya etish fuqarolarning birinchi burchidir.
? Qaysi qatorda xabar maylidagi fe’l mavjud?
+keltirshdi
=kelsa
=borolsaydim
=Kelib tur
? Ot sinonimlari berilgan qatorni toping.
+Odam-inson-kishi-kimsa-bashar
=Hamma-barcha-bari-butkul-jami
=Avval-ilgari-burun-oldin-qadim
=Uyatsiz-benomus-behayo-hayosiz
Do'stlaringiz bilan baham: |