” Fakulteti “ ” Fanidan esse mavzu


Download 306.29 Kb.
bet1/4
Sana14.01.2023
Hajmi306.29 Kb.
#1093558
  1   2   3   4
Bog'liq
Agrar siyosat va qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish






O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI

“________________________________________” Instituti

________________________________________” Fakulteti

“______________________________________________” Fanidan


ESSE
MAVZU: Agrar siyosat va qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish
Bajardi: Yunusov Jaloliddin
Tekshirdi:__________________________
Baho:________________________

TOSHKENT-2022




Mavzu: Agrar siyosat va qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
1. Qishloq xo'jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.
2. Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
3. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish va raqobatbardosh qilish yo‘llari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog’ining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz abolisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ularning turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta tushumi tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog'i sezilarli salmoqqa ega.


Qishloq xo’jaligi tarmog‘i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o'sishi hamda qayta ishlash sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini yanada ko'paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda.
Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan yuksaltirishda agrar sohadagi yutuqlar nihoyatda muhimligini qayd etib, "Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush darajasini ko‘tarish, iqtisodiyotimizning samaradorligini oshirish, xalqimizni boqish, istiqbolimizni rejalash, xullas qanday muammo, qanday masalani ko‘rmaylik, ularning aksariyati birinchi navbatda qishloq xo'jaligiga borib laqaladi. Hammamizni boqadigan, ozuqa beradigan soha qishloq xo'jaligi tarmog‘idir”1, - deb ta’kidlagan edi.
Qishloq xo‘jaligini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida rivojlantirish uchun tarmoqda erkin faoliyat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan turli xildagi mulkchilik shakllarining, ularga asoslangan tadbirkorlik turlari hamda ular o'rtasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy, uslubiy asoslarini teranlashtirish, takomillashtirish, investitsiyalami ko‘proq jalb etib, fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikalami, ilg‘or texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etish, cheklangan yer va suv resurslaridan, kapital hamda mehnat resurslaridan qisqa va uzoq muddatlarda to'liq va samarali foydalanish yoilarini aniq belgilash, barcha xarajatlami tejash, mehnat unumdorligini yuksaltirish, ishchi-xizmatchilami rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish negizida foyda summasini ko'paytirish yo’llarini asoslangan holda belgilab olish maqsadga muvofiqdir.
Bu masalalarning ilmiy hamda amaliy asoslarini yaratishda, rivojlantirishda, ulami ishlab chiqarishga joriy etishda qishloq xo'jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish zamr. Yuqoridagi masalalarning erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qonun-qoidalarini, barcha munosabatlarning mohiyatini, sabab va oqibatlarini, tushunchalarini, ularning qishloq xo‘jaligida qay darajada, qanday shaklda amal qilayotganligini, kelajakda takomillashtirish yo'llarini ushbu kurs ishimizda tadqiq etamiz.2

Download 306.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling