” fanidan “ checkbox ” mavzusidagi


Download 170.49 Kb.
bet1/15
Sana24.12.2022
Hajmi170.49 Kb.
#1057493
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA” FAKULTETI
DASTURLASH ASOSLARI” FANIDAN

CHECKBOX


MAVZUSIDAGI

KURS ISHI




Bajardi: “Fizika – matematika” fakulteti
“Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi

Tekshirdi:
Mundarija.
I.Kirish ………………………………………………….. 3.
II. Nazariy qism
2.1.C# dasturlash tili tarixi……………………………..5.
2.2.C# dasturlash tili operatorlari …………………….8.
III.Amaliy qism
3.1.C# dasturlash tili Windows Aplication dacheckbox komponentasi dizaynini yaratish…………………......14.
3.2.C# dasturlash tilida checkbox komponentasi dasturini tuzish ……………………………………..….26.
IV.Xulosa………………………………………………….47.
Foydalanilgan adabiyotlar………………………..48.


Bugungi kunda milliy axborot tizimini

shakillantirish jarayonida Internet va boshqa

global axborot tizimlaridan foydalanish,

ayniqsa, muhim ahamiyatga ega.

I.A.Karimov


Yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Zamonaviy hisoblash texnikasi va informatsion texnologiyalarning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuterlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.
2005- yil 2-iyunda O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Axborot tеxnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Bu qarorlarning davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida” qonuni 2012-yil 12-dekabrda qabul qilindi. Ushbu qonun 16 moddadan tashkil topgan bo’lib, unda ushbu qonunning asosiy vazifalari, axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari, axborot erkinligining asosiy prinsiplari axborotning ochiqligi va oshkoraligi, axborotni olish tartibi, shaxsning, jamiyatning, davlatning axborot borasidagi xavfsizligi, shu kabi bir qator moddalarni o`z ichiga olgan. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Hozirgi kunda respublikamizdagi texnika oily o`quvyurtlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” yo`nalishi va mutaxasisliklariga turli xil dasturlash turlarini o`rnatish mo`ljallangan. Bizga ma`lumki, dasturlash tillarining yuzdan ortiq ko`rinishlari bor, lekin qo`llanishi ko`lamiga qarab Delphi, Java, C++ va C# dasturlash tillari yuqori dasturlash sinfiga mansubdir.
Kurs ishimizning asosiy maqsadi: C# dasturlash tili obyektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Juda ko’p murakkab masalalarni hal qilishda albatta bu dasturlash tilidan foydalanishga to’g’ri keladi. Ushbu ishda C# dasturlash tilida “checkbox komponentasi” dasturini tuzish bo`yicha barcha amallar ketma-ketligi keltirilgan va bu orqali talabalar C# dasturlash tilida “checkbox komponentasi” dasturini tuzishni mustaqil o`rganishi hamda ko`nikmalarga ega bo`lishi ko`zda tutilgan.
“Checkbox komponentasi” dasturini tuzishda ishimizning asosiy ob`ektlari quydagilardir:Microsoft Visual Studio, C# dasturlash tili va zamonaviy kompyuter.
Kurs ishimizning tarkibi va hajmi: kurs ishimiz kirish qismi, ikkita bob birinchi nazariy qism ikkinchi amaliy qism, xulosa, nazariy test savollari, adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, 42 betda bayon qilingan.


Download 170.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling