” fanidan bajargan mustaqil ish topshirdi: I. Yusupov Qabul qildi: toshkent-2022


Download 157.37 Kb.
bet1/4
Sana26.12.2022
Hajmi157.37 Kb.
#1067000
  1   2   3   4
Bog'liq
SUGURTA mustaqil ish

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA


OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT MOLIYA INSTITUTI




“BI-51-2” guruhi talabasi


Yusupov Iskandar Otabekovichning
“SUG’URTA ISHI
fanidan bajargan
MUSTAQIL ISH
Topshirdi:I.Yusupov
Qabul qildi:___________
TOSHKENT-2022



Mavzu:Sug’urta mahsulotlari sotishni tashkil etish.






Reja:








1. Sug’urta mahsuloti tushunchasining iqtisodiy mohiyati
2. Sug’urta mahsulotini sotishda munosabatlarning yo’lga qo’yilishi
3. Sug’urta mahsulotini sotish tizimi
4. Sug’urta mahsulotini sotish usullari





1.Sug’urta mahsuloti tushunchasining iqtisodiy mohiyati.
Mahsulot xaridorlari magazinlarga borishi (yoki buyurtma qilingan mahsulotlarni uyida qabul qilishi) kerakligi kabi sug‘urta xaridorlari ham uning yordamida bir qator sug‘urta «mahsulotlari» bilan tanishib chiqishi, shuningdek,ular turli kompaniyalarda kutishi mumkin bo‘lgan servis sifati haqida fikr yuritishi uchun xizmat qiladigan mexanizmga ehtiyoj sezadi.Boshqa har qanday bozorda bo‘lgani kabi sug‘urta bozorida ham quyidagila rishtirok etadi: ►sotuvchilar: sug‘urta kompaniyalari va (faqat Buyuk Britaniyada)Lloydsindikatlari a’zolari;
►xaridorlar: oddiy fuqarolar, sanoat va savdo kompaniyalari;
►vositachilar: sug‘urta brokerlari va agentlari.
Sug‘urta polislarini xarid qilish va sotish butun ish haftasi davomida ro‘yberadi, shartnomalar esa qatnashchilar uchun qulay bo‘lgan joylarda tuziladi.
Sug‘urta mahsuloti – sug‘urtalanuvchiga sug‘urta shartnomasi tuzish orqali taqdim etiladigan asosiy va yordamchi xizmatlar yig‘indisidir.

Sug‘urtalovchining marketing strategiyasi quyidagilar orqali amalga oshiriladi:


sug‘urta mahsuloti sohasidagi siyosat;
narx-navo siyosati;
sug‘urta mahsulotining sotilishini tashkil etish usuli va taqsimot siyosati;
sotuvni rag‘batlantirish va o‘tkazish tizimlari;
iste’molchilar bilan muloqot (ijtimoiy munosabatlar va sug‘urta xizmatlari reklamasi va boshqalar).
Bu strategiyani savodli va samarali amalga oshirish uchun uning barcha vositalarini o‘zaro aloqadorlikda hamda o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ko‘rib chiqish zarur. Biron vositaga taa’lluqli u yoki bu qarorning qabul qilinishi umumiy holatda sug‘urtalovchi marketing siyosatining boshqa tarkibiy qismlaridagi qaysi imkoniyatlarni afzal ko‘rishiga qarab belgilanadi. Shuningdek, sug‘urta bozorlari va mahsulotlarining dinamikasini hisobga olish ham muhim ahamiyatga ega.Sug‘urta marketingi sohasidagi ko‘pgina mutaxassislar aynan mahsulot marketing strategiyasining hal qiluvchi bo‘g‘inini tashkil etadi deb hisoblaydilar. Marketing dastlab oziq-ovqat mahsulotlari, avtomobillar, uy-ro‘zg‘ortexnikasi doirasida paydo bo‘lgan va rivojlana boshlagan edi.
Sug‘urta mahsuloti tarkibidan uning asosiy xususiyatlarini –beriladigan kafolatlar, sug‘urta summalari, franshizalar va narxni o‘zida mujassam etgan«o‘zak»ni shartli ravishda ajratib ko‘rsatish mumkin. Sug‘urta mahsuloti o’z yakuniy ifodasini kompaniya tomonidanmazkursug‘urta mahsuloti doirasida taqdim etiladigan asosiy va qo‘shimcha xizmat turlarida topadi. Bu – sug‘urta qoplamasini to‘lash bilan bog‘liq o‘zi bajaradigan sug‘urta amaliyotlari (asosiy xizmatlar) va sug‘urta hodisasini hal etish(shikastlangan avtomobilni ta’mirlash, yuridik maslahat, yordam va boshqalar)doirasidagi xizmatlardir. Mutaxassislarning tadqiqotlari ko‘rsatishicha, bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta qoplamasi bir bo‘lgan

sharoitda sug‘urtalovchini tanlashning muhim omili sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: sug‘urta mahsulotining narxi (boshqa omillardan katta farq bilan oldinda turadi);  sug‘urta xizmatlarining sifati, ayniqsa sug‘urta hodisalarini tekshirishvahal etish;  sug‘urtalanuvchining sug‘urtalovchiga bo‘lgan ishonchi (savdo markasining


obro‘-e’tibori) va ularning o‘rtasida o‘zaro chambarchas aloqa mavjudligi. Bozorda raqobatdoshlik kuchaygani sari sug‘urtalovchilar o‘zsug‘urta mahsulotlariga yondashuvni quyidagi masalalarda o‘zgartirib turishga majbur bo‘ladilar:
o‘z sug‘urta xizmatlari va raqobatchilarning sug‘urta mahsulotlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
sug‘urta mahsulotining sifati;
sug‘urta mahsulotining moslashuvchanligi – shartnomalar va tariflar bo‘yicha belgilangan shartlarning bozor talablarining hamda xususiy iste’molchilarning talablari o‘zgarishiga qanchalik tez moslasha olishi. Sug‘urta mahsulotlari ularning amalda bo‘lib turishiga sababchi bo‘lgan asosiy, eng muhim talablar nuqtayi nazaridan katta guruhlarga ajratiladi. Umumiy ehtiyoj, sug‘urtaning vujudga kelish sababi – o‘z shaxsiy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash istagini izohlaydi. Uni bir necha o‘ziga xos mayda talablarga ajratish mumkin, ulardan eng asosiylari sifatida: tasodifiy noxush hodisa ro‘ybergan taqdirda kafolatlanish talabi; mehnatga layoqatlilik yoki o‘lim yuz bergan holda o‘zini va oilasini kafolatlash; muayyan muddat ichida jamg‘arma hosil qilish yoki o‘ziga badavlat keksalikni ta’minlashni ko’rsatish mumkin.

Download 157.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling