” fanidan bajargan mustaqil ish topshirdi: I. Yusupov Qabul qildi: toshkent-2022
Sug’urta mahsulotini sotish tizimi
Download 157.37 Kb.
|
SUGURTA mustaqil ish
3. Sug’urta mahsulotini sotish tizimi.
Sug‘urta maxsulotlari savdosini tashkil qilish sug‘urta kompaniyasining muhim va ser mashaqqat jarayonlaridan biri. Sotish tizimining asosiy vazifasi bo‘lib sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida samarali munosabatlarning o‘rnatilishi yoki bu sistemaning qanday tashkil etilishi to‘g‘ridan to‘g‘ri kompaniyaning daromadiga bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urtalovchining sug’urta maxsulotini sotish tizimidagi asosiy prinsipi iste’molchining talabini maksimal darajada qondirish va buning natijasida sug‘urta mahsuloti savdosini yuqori darajaga chiqarish. O‘z-o‘zidan sug‘urta xizmatlari bozori sug‘urta operatsiyalarining ketma-ketligini ifodalaydi va quyidagi asosiy bosqichlarnio‘zichiga oladi: 1) tayyorlov faoliyati (bozor tuzilishi, potensial mijozlarni aniqlash, mavjud va yashirin holdagi talab va ehtiyojlarni aniqlashtirish, sug‘urta qildiruvchiga murojaat qilishning eng maqbul yo‘lini topish); 2) sug‘urta mahsulotini sotish (mijoz bilan aloqa o‘rnatish, sug‘urtaqildiruvchida sug‘urta qildirishning zaruriyatiga ishonch tuyg‘usini shakllantirish,sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirish); 3) savdodan keyingi xizmat ko‘rsatish (axborot olish, yuridik tarafdan va maslahat berishni qo‘shib olib borish, sug‘urta holatlarini tekshirish, zararning narxi, sug‘urta holatlarini tartibga solish, sug‘urta hodisasining oqibatlarini tugatishga ko‘maklashish). Savdo tizimi sug‘urta bozori bo‘g‘imlariga muvofiq quriladi va auditoriyaning biror maqsadga qaratilgani,bozor talablari va sug‘urta mahsuloti xususiyatlariga bog‘liq holda o‘z tuzilishiga ega. Shunday qilib, sug‘urtalovchiningo‘sha yoki boshqa xususiyatlari quyidagi tarzda belgilanadi: 1) iste’molchilarning sug‘urta mahsulotini sotib olish bosqichidagi o‘zini tutish holati: sug‘urtani qoplash jarayonida iste’molchining faolligi yoki sustligi mosravishda (savdo tizimida faol sug‘urta qildiruvchilar passiv deyiladi vaaksincha);sug‘urta mahsuloti narxiga ta’sir ko‘rsatish; sug‘urta mahsulotining sifatiga (bir muncha ishlaganligi) ta’sir ko‘rsatish,hamda sotish jarayonida xizmat ko‘rsatish sifati va zararlarni to‘g‘irlash; 2) tavakkalchilik va o‘z sug‘urta mahsulotining xususiyatlari:sug‘urta shartnomasi tuzilishida tavakkalchilikni chuqur ishlab chiqishning zaruriyati, sug‘urta hodisalari boshlanishida da’volarni hal qilishning murakkabligi;sug‘urta shartnomasining amal qilish va da’volarni hal qilish jarayonida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishning keng turlari mavjudligi. Tavakkalchilikni tashkil etuvchi, belgilovchi xususiyatlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi va iste’molchining o‘zini tuta bilishi sug‘urta kompaniyasi savdo tizimining yutug‘i va muvaffaqiyatsizligini ta’minlaydi. Agar sug‘urta mahsulotini sotish kanali sug‘urta qildiruvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilsa, bu tizim samaraliroq bo‘ladi. Bu esa bozor tizimining o‘z ishining bilimdonlari tomonidan ta’minlanganini bildiradi.Sug‘urtalovchi sug‘urta talablariga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lgan mijozlarni bir turdagi guruhlarga ajratadi va iste’molchilarga murojaat etishning samarali yo‘llarini aniqlab, bozorni soddalashtirishga harakat qiladi. Mana shu yerda sug‘urta xizmatlarini sotish tizimining strukturasini belgilovchi muhim o‘zgaruvchanlikni bilish lozim: iste’molchilarning ijtimoiy kelib chiqish ta’rifi(jinsi, yoshi, daromad manbayi, ijtimoiy kelib chiqishi); mahsulotni tanlash va sotib olish bosqichida faollik yoki sustlik holati; sug‘urta mahsuloti va xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir ko‘rsatish; Hozirgi paytda sug‘urta mahsulotini sotishning bir qancha yo‘llari mavjud: 1) sug‘urtalovchining shtatdagi va shtatdan tashqari xodimlari bo‘lgan vakillari (agentlari) orqali va shunda sotishning bu yo‘li kompaniyaning eng muhim yo‘nalishiga aylanadi; 2) sug‘urta hamkorligi doirasida taqdim qilingan sug‘urtalovchi vakolatiga muvofiq mustaqil ixtisoslashgan sug‘urta vositachilari – brokerlar orqali; 3) sug‘urta mahsulotini sotish asosiy mashg‘uloti hisoblanmaydigan mustaqil vositachilar – bank, supermarket, avtosalon, sayohat agentliklari, pochta va boshqa tashkilotlar orqali – sug‘urtalovchi bilan tuzilgan operatsiya to‘g‘risidagi bitim doirasida; 4) bevosita sug‘urta kompaniyasi ofisida; 5) telefon, pochta yoki kompyuter tizimi orqali. Agar sug‘urta qildiruvchi sug‘urta polisini olish uchun bevosita sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilsa va to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urta shartnomasini tuzsa,demak, biz sotishning to‘g‘ridan to‘g‘ri, vositasiz usulida ish olib boryapmiz.Bunday usul sug‘urtalovchiga ancha arzon tushadi, chunki sotish zanjirida vositachi ishtirok etmayapti va mijoz to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urtalovchiga murojaat etmoqda. Sug‘urta mahsuloti sotuvi – mijozlar ehtiyojini, ularning iste’molchilik xatti–harakatlarini aniqlash, sug‘urta shartlarining, mukofot va qo‘shimcha xizmatlar miqdorining maqbulligi hamda jozibadorligini ta’minlash uchun ilgari o‘tkazilgan marketing xatti-harakatlarini yakunlovchi bosqichdir. Sotuv jarayoni ya’ni sotuv bitimi – sug‘urta qiluvchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi o‘ziga xos marketing ko‘prigi hisoblanadi. Sug‘urta qiluvchining agentlari mijozni u sug‘urtalanishi lozim ekanligiga, mazkur sug‘urta qiluvchining xizmatlari uning sug‘urtaga bo‘lgan talabini to‘liq qondira olishiga, to‘lanadigan sug‘urta mukofoti esa–sug‘urta qoplamasi uchun unchalik qimmat bo‘lmagan to‘lov ekanligiga ishontirish uchun ancha kuch-g‘ayrat sarflashlari darkor. Sug‘urta mahsulotlari sotuvini tashkil etish bo‘yicha bir necha umumiy talablar mavjud. Mijoz sug‘urta qoplamasini qayerdan sotib olishi mumkinligini bilishi, savdo shahobchasiga kirish oson hamda erkin bo‘lishi, mijozlarga diqqat-e’tibor va xushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatilishi zarur. Ayrim assotsiatsiyalar sug‘urta brokerlari tomonidan o‘z mijozlarini to‘ldirishning qo‘shimcha usuli sifatida maxsus tuziladi. Bunda broker o‘z-o‘zidan sug‘urta bozorida assotsiatsiya manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga aylanib qolishi shubhasiz. Sug‘urtalanuvchilar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lishga da’vat etishda reklama uchun asosiy vaj bo‘lib – qo‘shimcha chegirmalarga ega bo‘lish imkoniyati va sug‘urtalanuvchi manfaatlarining birgalikda himoyalanishi xizmat qiladi. Biroq sug‘urtalanuvchilar assotsiatsiyalari mohiyatan sug‘urta mahsulotinio‘tkazish tizimi bo‘lib hisoblanmagani sababli, ularni muhokama qilibo‘tirmaymiz.Sug‘urta mahsulotini o‘tkazish tizimlari sug‘urta qiluvchining tijorat ishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Sug‘urta qiluvchining marketingga oid strategiyasi ishlab chiqilayotganda bu tizimning imkoniyatlarini, faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini va takomillashtirilishini ham hisobga olish zarur. Sotuvchilar qoidaga ko‘ra bozorni, uning muhitini va talablarini yaxshi biladilar, u yoki bu sug‘urta mahsulotining iste’molchilar uchun jozibadorlik darajasini aniq baholay oladilar.Mijozlarga tobe’ ekanliklari sababli mahsulotni o‘tkazish tarmog‘ining xodimlari ko‘pincha kompaniyaning bosh ofisi oldida iste’molchilar manfaatlarini ifodalovchi sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Shu sababli marketing strategiyasi o‘tkazish tarmog‘i xodimlarining bilimi, fikri va istaklarini hisobga olishi lozim.Aks holda marketing strategiyasi bozordan uzilib qolishi va undan uzoqlashib ketishi ham mumkin. Download 157.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling