Kurs ishining maqsadi tashqi iqtisodiy faoliyat shakllarini tadqiq etish, hamda ushbu faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- tashqi iqtisodiy faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o’rnini tahlil qilish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning tajribasini o’rganish;
- O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlarini tahlil qilish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatining istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash va davlat tomonidan tartibga solish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va boshq.
Kurs ishining obyekti tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish jarayonlari va uni davlat tomonidan tartibga solinishi hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatini tashkil etish tartibga solish va boshqarishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan iborat.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo’llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalshtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi tarkibiy tuzilishi va hajmi: kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |