• fundamental ta’limning sifatini ko‘tarish
Download 16.49 Kb.
|
2- savol
Masofadan o‘qitish tizimi an’anaviy ta’lim tizimi shakllariga nisbatan o‘quv kurslarining qulayligini, doimiy ravishda ta’lim sifatini ko‘tarib borilishi, masofadan o‘qitish metodlarining qo‘llanilish sohalarining kengayishi, mustaqil ta’lim hajmining kattaligi, o‘quv-metodik ta’minot shakllarining turli-tumanligi masofadan o‘qitish jarayonining samaradorligini keskin sur’atda oshirib, ta’lim oluvchining qaysi joydaligidan qat’iy nazar katta ahamiyatga molik bo‘ladi. Boshqa tomondan masofadan o‘qitish tizimining qulayligi tufayli o‘quv, auditoriya, o‘quv-metodik qo‘llanma va elektron kutubxonalardan foydalanish, zamonaviy hisoblash texnikasi, global va lokal kompyuter tarmoqlarini qo‘llash tyunerni tayyorlash, ma’muriy bo‘linmalarning xodimlarini tayyorlash va moliyaviy ta’minot kabi muammolar ham o‘z yechimini topdi. Masofadan o‘qitish tizimidan foydalanishida o‘tgan yillarda orttirilgan jaxon tajribasi ma’lumotlarini taqqoslash, tahlil etish vositasida masofadan o‘qitish metodlarining alohida ahamiyat-jihatlarini ajratib olishga imkon yaratib, quyidagi ta’lim metodlari belgilab berildi: • fundamental ta’limning sifatini ko‘tarish; • axborot va telekommunikativ texnologiyalarni qo‘llanib amalga oshiriladigan ommaviy ta’lim metodlarining o‘sishi; • insonlarda ijodiy tafakkurning rivojlanishi va shaxslarning shakllanishi; • olamning yaxlit manzarasini shakllanishida fundamental tabiat qonunlarini va ijtimoiy qonunlarni o‘rganish. Insonning o‘z-o‘zini anglab borishida ta’lim tizimi islohotlari va unda haqiqatdan ham o‘quv jarayoni markaziy o‘rinni egallashi kabi masalalardir. Bunda ta’lim oluvchidan mustaqillik, tashqilotchilik hamda mas’uliyatlilik talab etiladi. Universitetdagi an’anaviy ta’limda talaba unga o‘qituvchi bergan topshiriqlarnigina bajaradi (masalan, yangi mavzuni tinglaydi, uy vazifalarini bajaradi). Bunday ta’lim jarayonida o‘qituvchining o‘zi faol buladi. U mashg‘ulotning qanday olib borilishi, o‘quv matereali va topshiriqlarni, savollarni tayyorlaydi talabalarning murakkab vaziyatdan chiqib ketishiga yo‘llanma beradi. Dars jarayonida qulay muhit yaratishga harakat qiladi. Masofadan o‘qitish an’anaviy ta’lim tizimini har qanday insonni o‘qita olishi, har qanday vaziyatlarda va uning o‘zi istagan vaqtda muloqot bo‘lishi jihati bilan ham yanada to‘ldiradi. Masofadan o‘qitish tizimining taraqqiyoti quyidagilarga bog‘liq: qulay sharoit - ta’limning muntazamliligi, eng zamonaviy o‘quv vositalaridan foydalanishi, ta’limning kutilayotgan darajasiga intilishi. Modullik - Har bir alohida fanning, turli o‘quv dasturlari asosida shakllananishidan qat’iy nazar umumiy yaxlitlikning tashqil etilishi. Bu o‘quvchilarning ta’limiy ehtiyojlarini individual yeki guruhiy ravishda yondoshgan holda amalga oshirishni ta’minlaydi. Masofadan o‘qitishda o‘qituvchi pedagogning yangi, muhim vazifalari bo‘lib, talabaning mustaqil ta’lim olishida ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish, shaxsiy o‘qituvchi-maslahatchi rolini bajarishi hisoblanadi. Jahon tajribasining bu sohadagi tahlili masofadan o‘qitish tizimining iqtisodiy samaradorligi an’anaviy ta’lim shaklidan 50 foiz yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda. Masofadan o‘qitish turlariga: O‘qituvchi yoki talaba biror sabab bilan (kasallik) imtihonga kela olmagan taqdirda eksternat ta’lim ko‘rinishida; Universitet ta’limi (biron universitet omborida ta’lim olish) . Bir necha universitetlar bilan hamkorlik qilish; Multimediyali kurslar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ta’lim muassasalarida masofadan avtonom ta’limiy tashqilotlar; Avtonom ta’limiy muassasalarning televidenie va radio bilan aloqadorlikda ishlash; Multimediya dasturlari asosida masofadan o‘quvchi katta yeshdagi shaxslarga mo‘ljallangan ta’lim shakli. Masalan, o‘z vaqtida ma’lum sabab bilan o‘qishni tugata olmaganlar uchun. Xulosa qilib aytganda, masofadan o‘qitish tizimining taraqqiy etishi jahondagi barcha insonlar uchun katta ahamiyatga molikdir. Download 16.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling