' G. P. Xomchenko, I. G. Xomchenko


*  Qatorlar haqida  2.9-§  ga  ham  q


Download 6.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/81
Sana30.09.2017
Hajmi6.95 Mb.
#16826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

*  Qatorlar haqida  2.9-§  ga  ham  q.

Br  ga  qadar  b o ‘lgan  elem entlarda  (bular  toq  qator  elem entlari) 

oksidlanish  darajasi  xuddi  shunday  ortib  borishi  kuzatiladi.  Xuddi 

shu  holni  biz  qolgan  katta  davrlarda  ham   ko‘ramiz,  7-davr bundan 

mustasno,  bu  davr bitta  (juft)  qatordan  iborat.  Katta  davrlarda ele­

m entlar  birikmalarining  shakli  ham   ikki  m arta  takrorlanadi.

6

-davrda  lantandan  keyin  tartib  raqam lari  58—71  bo'Igan  14 



elem ent  joylashadi,  ular  lantanoidlar  deyiladi*.

L antanoidlarjadvalning pastki  qismiga alohida joylashtirilgan, 

ularning  sistem ada joylashish  ketm a-ketligi  katakchada  yulduzcha 

bilan  ko'rsatilgan:  La  —  Lu.  Lantanoidlarning  kimyoviy  xossalari 

bir-biriga jud a  o ‘xshaydi.  M asalan,  ularning  ham m asi  reaksiyaga 

kirishuvchan  m etallar  hisoblanadi,  suv  bilan  reaksiyaga  kirishib 

gidroksid ham da vodorod hosil qiladi.  Bundan lantanoidlarda gori- 

zontal  o'xshashlik  kuchli  ifodalangan,  degan  xulosa  kelib  chiqadi.

7-davrda tartib  raqamlari 90—103 b o ‘lgan  14 elem ent aktinoid- 

lar  oilasini  hosil  qiladi.  U lar  ham   alohida  —  lantanoidlar  ostiga 

joylashtirilgan,  tegishli  katakchada  esa  ularning  sistem ada  joyla­

shish  ketm a-ketligi  ikkita  yulduzcha  bilan  ko‘rsatilgan:  Ac  —  Lr. 

Lekin  lantanoidlardan  farq  qilib,  aktinoidlarda  gorizontal  analo- 

giya b o ‘sh ifodalangan.  U lar birikmalarida ko‘pincha turli  xil  oksid­

lanish  darajalarini  nam oyon  qiladi.  M asalan,  aktiniyning  oksid­

lanish  darajasi  +3,  uranniki  + 3,  +4,  +5  va  +

6

.  A ktinoidlarning 



yadrolari  beqaror  b o ‘lganligi  sababli  ularning  kimyoviy  xossala­

rini  o ‘rganish  jud a  murakkab  ishdir.

Davriy sistem ada  vertikal  b o ‘yicha  sakkizta  gruppa joylashgan 

(rim  raqam lari  bilan  belgilangan).  G ruppaning  tartib  raqam i  ele- 

m entlarning  birikm alarida  nam oyon  qiladigan  oksidlanish  dara- 

jalari  bilan  bog‘liq.  O datda,  eng  yuqori  musbat  oksidlanish  d ara­

jasi  gruppa  raqamiga  teng.  F to r bundan  mustasno  —  uning  oksid­

lanish  darajasi  —  1  ga  teng;  mis,  kum ush,  oltin  +

1

,  + 2   va  +3 



oksidlanish  darajalarini  nam oyon  qiladi;  V III  gruppa  elem entla- 

ridan  faqat  osmiy,  ruteniy  va  ksenon 

+ 8

  oksidlanish  darajasini 



nam oyon  qiladi.

V III  gruppada  nodir  gazlar  joylashgan.  Ilgari  ular  kimyoviy 

birikm alar  hosil  qila  olm aydi,  deb  hisoblanar  edi.  Lekin  bu  hoi



„Lantanoidlar" so‘zi  „lantanga o ‘xshash“ ,  „aktinoidlar"  esa  „aktiniyga 

o ‘xshash“  degan  m a’noni  bildiradi.  U lar ba’zan  lantanidlar va  aktinidlar 

ham   deyiladi,  bu  lantandan  keyin  keladigan,  aktiniydan  keyin  keladigan 

degan  m a’noni  bildiradi.


tasdiqlanm adi.  1962-yilda  nodir  gazning  birinchi  kimyoviy  birik- 

masi  —  ksenon  tetraftorid  X eF

4

 olindi.  Hozirgi  paytda  n o d ir  ele­



m entlar  kimyosi jadal  rivojlanm oqda  (

8 .1


 -§  ga  q.).

H ar  qaysi  gruppa  ikkita  —  bosh  (A)  va  yonaki  (B)  grup- 

pachaga  b o ‘lin g an,  bu  davriy  sistem ad a  b irin ch isin i  o ‘ngga, 

boshqasini  esa  chapga  siljitib  yozish  bilan   ko‘rsatilgan.  Bosh 

gruppachani  tipik elem entlar 2- va  3-davrlarning elem entlari ham da 

kimyoviy  xossalari  jihatidan  ularga  o ‘xshash  b o ig a n   katta  davr­

larning  elem etlari  tashkil  etadi.  Yonaki  gruppachani  faqat  m etal­

lar  —  katta  davrlarning  elem entlari  hosil  qiladi.  V III  gruppa 

boshqalaridan  farq  qiladi.  U nda  geliyning  bosh  gruppachasidan 

tashqari  uchta  yonaki  gruppacha  bor:  tem ir  gruppachasi,  kobalt 

gruppachasi  va  nikel gruppachasi  (14.5-§  ga  ham   q.).

Bosh  va  yonaki  g ru p p ach a lard ag i  e le m e n tla m in g   k im y o ­

viy  x o ssa la ri  b ir- b irid a n   a n c h a   farq   q ila d i.  M a s a la n ,  V II 

g ru p p ad a  bosh  g ru p p ach a n i  m e ta llm a sla r  F,  C l,  Br,  J,  At; 

yonaki  g ru p p a c h a n i  m eta llar  M n,  T c,  R e  tashkil  qiladi.  S h u n ­

day  qilib,  b ir-b irig a  ju d a   o ‘xshash  e le m e n tla r  g ru p p a c h a la rn i 

hosil  qiladi.

Geliy,  neon  va  argondan  boshqa  barcha  elem entlar  kislorodli 

birikm alar  hosil  qiladi;  kislorodli  birikm alarning 

8

  xil  shakli  bor.. 



U lar  davriy  sistem ada  ko‘pincha  um um iy  form ulalar  bilan  ifo- 

dalanib,  har  qaysi  gruppa  tagida  elem en tlar  oksidlanish  dara- 

jalarining  ortib  borishi  tartibida  joylashtirilgan:  R

2

0 ,   RO,  R



2

0 3, 


RO ,,  R

2

O s,  R 0 3,  R



2

0 7,  R 0 4,  bunda  R  —  shu  gruppa  elem enti. 

Yuqori oksidlarining formulalari gruppaning barcha (bosh va yona­

ki  gruppachalar)  elem entlariga  taalluqlidir,  elem en tlar  gruppa 

raqamiga  teng  oksidlanish  darajasini  nam oyon  qilm aydigan  hol­

lar  bundan  m ustasnodir.

IV 

gruppadan  boshlab,  bosh  gruppachalarning  elem entlari 



gazsim on vodorodli birikm alar hosil qiladi.  Bunday birikm alarning 

4  xil  shakli  bor.  U lar  ham   um um iy  form ulalar  bilan  R H 4,  R H 3, 

R H 2,  RH  ketm a-ketlikda  tasvirlanadi.  V odorodli  birikm alarning 

formulalari  bosh  gruppachalarning  elem entlari  tagiga  joylashtiri- 

ladi va  faqat ularga taalluqli b o ‘ladi.

G ru p p ach ala rd a  elem en tlam in g   xossalari  q o n u n iy a t  bilan 

o ‘zgaradi:  yuqoridan  pastga  tom on  m etall  xossalari  kuchayadi  va 

metallmaslik xossalari susayadi.  Ravshanki,  metallik xossalari fran- 

siyda,  so‘ngra seziyda eng kuchli ifodalangan;  metallmaslik xossalar — 

ftorda,  so'ngra  kislorodda  kuchli  ifodalangan.



D .I.M endeleyev elem entlar davriy sistemasining uzun shaklida 

ham   7  davr  va  18  gruppa  bor.  G ruppalar  A  yoki  В  harfli  rim 

raqam lari  bilan  raqam lanadi.  Lantanoidlar  ham ,  aktinoidlar  ham  

oilalar  deyiladi  va  hech  qaysi  gruppaga  kiritilmaydi.



2.3- §.  Atomlar  tuzilishining  yadro  modeli

XIX  asrning  oxiriga  qadar  atom lar  bo'linm as  deb  hisoblanar 

edi.  So'ngra tajriba m a’lumotlari to ‘plana borgan sari bunday fikrdan 

voz kechishga va atom lar murakkab tuzilganligini tan olishga to ‘g‘ri 

keldi. Yangicha nazam i D.I.M endeleyevning davriy qonuni tasdiqlar 

edi.  1871-yildayoq  D.I.M endeleyev shunday deb yozgan edi:  „H ozir 

oddiy  jism larning  atomlari  aslida  yana  kichikroq  zarrachalarning 

qo‘shilishidan hosil bo'lgan murakkab moddalar ekanligini isbotlash- 

ga  imkoniyat yo‘qligini  taxmin  qilish  m um kin...  M en tuzgan  davriy 

bog‘liqlik bunday taxminni  tasdiqlasa kerak“ .

D .I.M endeleyevning  davriy  qonuni,  tajriba  tadqiqotlari  va, 

ayniqsa,  radioaktivlik  hodisalari  asosida  atom   va  m olekulalarning 

tuzilishi  haqidagi  ta ’limot  tez  rivojlandi.

A tom larning  tuzilishini  o ‘rganish  uchun  ingliz  olimi  E.Re- 

zerford  a-zarrachalarning  kuchli  singuvchanlik xususiyatidan  foy- 

dalandi.  U   qalinligi  taxm inan  10  000  atom   keladigan yupqa m etall 

plastinkadan  a-zarrach alarnin g   (geliy  yadrolarining)  o'tish in i  ku- 

zatdi.  Rux sulfid ZnS  qatlami bilan qoplangan ekranga a-za rra ch a- 

lar  urilganda  chaqnash  sodir  b o ‘ladi,  bu  esa  zarrachalar  sonini 

sanashga imkon beradi.  M a’lum bo‘lishicha,  a-zarrachalarning kam- 

roq qismi  metall plastinkadan o ‘tganida o ‘z yo‘lidan turli burchakka 

og‘adi,  ayrim zarrachalar esa uchish yo‘nalishini  keskin o ‘zgartiradi. 

Bu  hodisa 

a-zarrachalarning sochilishi

  deb  ataladi  (2.1-rasm).

0

  yadro 

0

  elektron



—► cx—zarrachalarning  yo'li 

2.1-rasm. 

Atom  yadrosiga yaqinlashayotgan a-zarrachalam ing sochilishi. 

48

Rezerford  1911 -yilda  atom   tuzilishining 

yadro  modelini

  taklif 

qilib,  a-zarrach alarn in g sochilishini tushuntirib berdi.  Bu  modelga 

muvofiq  atom   m usbat  zaryadlangan,  o ic h a m la ri ju d a   kichik  og‘ir 

y ad ro d an   ib orat.  Y ad ro d a  ato m n in g   d ey arli  b a rc h a   m assasi 

to ‘plangan.  Yadro  atrofida und an  anchagina  m asofada  elektronlar 

aylanib,  atom ning  elektron  qobig'ini  hosil  qiladi.

B utun  atom n in g   o ‘lcham i  10

-8

  sm  atrofida,  yad ro niki  — 



1 0 -18

  sm   ga  y aq in ,  y a ’ni  o ‘lc h am i  jih a td a n   y ad ro   a to m d a n  

tax m in an   100  000  m arta  kichik.  S h u n in g  u c h u n   a - z a rr a c h a ­

larning  k o 'p ch ilig i  m etall  plastink an in g  ato m lari  orqali  u la r­

ning  yad ro la rid an   an ch a  uzo q  m asofadan  o ‘tib  ketadi  va  o ‘z 

yo ‘lidan  o g ‘m aydi.  Lekin  a -z a rra c h a la rn in g   bir  qism i  y adro- 

ning  yaq inidan   o ‘tad i,  n atijad a  kulon  itarilish  k u ch lari  vujudga 

keladi  va  z arra c h ala r  og 'ad i.  Y adroga ju d a  yaqin jo y d a n   o ‘tgan 

zarrach alar o ‘sha  ku chlar ta ’sirida yanad a  kuchliroq  og‘adi  (

2

.



1

rasmga q.).



Atom ning  yadro  m odeli  hozirgi  tasaw urlarda  h am   saqlanib 

qolgan.


A to m   u m u m a n   e le k tr n e y tr a l  b o ‘lg a n lig i  s a b a b li  ele k - 

tro n la rn in g   u m u m iy   zaryadi  y adro  zaryadiga  te n g   b o ‘Iishi  ke­

rak.  K eyingi  te k sh iris h la r  sh u n i  k o ‘rsatd ik i,  a to m   y a d ro si- 

ning  m usbat  zaryadi  ele m e n tn in g   D .I.M e n d e le y e v   e le m e n t­

lar  davriy  sistem asid ag i  ta rtib   n o m e rig a   son   jih a td a n   teng 

b o ‘lar  ek an.

Shunday  qilib, 

har  qaysi  atom  yadrosining  musbat  zaryadlari 

soni,  shuningdek,  yadro  maydonida  aylanadigan  elektronlar  soni 

elementning  tartib  raqamiga  teng.

Eng  oddiysi  vodorod  (tartib  raqam i  1  ga teng)  atom ining tuzi- 

lish  sx em asid ir.  U n in g   y a d ro sin in g   b itta   e le m e n ta r  m u sb at 

zary ad i  bor va yadro  m aydonida  bitta elektron  aylanadi.

V odorod  atom ining  yadrosi  elem entar  zarracha  b o ‘lib, 

pro­

ton

  deyiladi.

T itan  atom ining   tartib  raqam i  22  ga  teng.  D em ak,  uning 

m usbat  zaryadi 

2 2

  ga  teng  va  yadro  m aydonida 



2 2

  ta  elektron 

aylanadi.  Y adrosining  m usbat  zaryadi  107  ga  teng  b o ‘lgan  107- 

elem ent yadrosining  m aydonida  107  ta  elektron aylanadi.  Boshqa 

elem entlar  atom larinin g   tuzilishini  ham   xuddi  shunday  tasav- 

v u r  qilish  m um kin.



2.4- §.  Atom  yadrolarining  tarkibi. 

Yadro  reaksiyalari

Hozirgi vaqtda atom  yadrosida k o ‘p  sonli elem entar zarracha­

lar  kashf qilingan.  U lardan  eng  m uhim lari  p rotonlar  (simvoli 

p) 

bilan  neytronlardir  (simvoli 



n).

  Bu  ikkala  zarracha  nuklon  deyila- 

digan  yadro  zarrachasining  ikki  turli  xil  holati  sifatida  qaraladi. 

Elem entar  zarrachalarning  m uayyan  massasi  va  zaryadi  bo'ladi. 

Protonning massasi  1,0073 m. a. b. ga va zaryadi  +   1  ga teng.  Neytron- 

ning  massasi  1,0087  m.  a.  b.  ga,  zaryadi  esa  nolga  teng  (zarracha 

elektr  neytraldir).  Proton  bilan  neytronning  massasini  deyarli  bir 

xil  deyish  mum kin.

N e y tro n   k a s h f  e tilg a n d a n   keyin  tez  o ra d a   rus  o lim la ri 

D .D .Iv an e n k o   bilan  Y .N .G ap o n   yadro  tuzilishining  p ro to n — 

neytron  nazariyasini  yaratdilar  (1932).  Bu  nazariyaga  muvofiq 

vodorod  atom ining  yadrosidan boshqa  barcha atom larning yadro- 

lari 

Z

 protonlar  bilan 



(A—Z)

  neytronlardan  tarkib  topgan,  bunda 



Z  —

  elem entning  tartib  raqam i, 



A

  —  massa  soni.

M assa  soni 

A

  atom   yadrosidagi  protonlar  Z   bilan  neytron- 

lam ing 

N

  um um iy  sonini  ko‘rsatadi,  y a’ni



A = Z + N

 

(2.1)



Proton bilan neytronlarni yadroda tutib turuvchi  kuchlar 

yadro 

kuchlari

  deyiladi.  Bular ju d a qisqa  m asofalarda  (10

~ 15

  m   atrofida) 



ta ’sir  etuvchi  nihoyatda  katta  kuchlar  b o ‘lib,  itarilish  kuchlari- 

dan katta b o ‘ladi.  Bu kuchlarning tabiatini-yadro fizikasi  o'rganadi.

Y adroda  atom ning  deyarli  barcha  massasi  to ‘plangan.  M asa­

lan,  xlor  atom ida  elektronlar  hissasiga  1/1837x17= 0,009  qismi 

(xlor atomi  massasining 0,03%)  to ‘g ‘ri keladi.  Y adroning massasiga 

nisbatan  elektronlarning  massasini  hisobga  olm aslik  m um kin.

Y adroning  xossalari,  asosan,  proton  va  neytronlar  soni,  y a’ni 

yadroning  tarkibi  bilan  aniqlanadi.  M asalan,  kislorod  atom ining



y a d ro si  у  О   da 

8

  p ro to n   va 

16—8=8 

n e y tr o n   b o ‘la d i,  b u   q isq a c h a  

sh u n d a y   y o z ila d i:  (8/7, 

8

л);  d u b n iy   a to m in in g   y a d ro si  - щ -D ii  da 

104 

p r o to n   va 

2 6 0 -1 0 4 = 1 5 6  



n e y tr o n   b o 'la d i,  ya d ro   ta r k ib in in g  

q isq a c h a   y o z u v i: 

(104


p,

  156л) 


va  h .k .

Tekshirishlar  shuni  k o'rsatdiki,  tab iatd a  b itta  elem en tn in g  

massasi  turlicha  b o ‘lgan  atom lari  mavjud  bo'lishi  m um kin  ekan. 

M asalan,  xlom ing  massasi  35 va  37  bo'lgan  atom lari  uchraydi.  Bu 

atom larning  yadrolarida  p ro to n lar  soni  b ir  xil,  lekin  ney tro n - 

larning  soni turlicha  bo'ladi.



Elementning yadro zaryadlari bir xil,  lekin massa sonlari turli­

cha  bo‘lgan  atom  turlari 

iz o to p la r

  deyiladi.

H ar  qaysi  izotop  ikkita  kattalik: 



massa  soni

  (tegishli  kim yo­

viy  elem ent  belgisining  chap  tom oni  yuqorisiga  yoziladi)  va 

tartib 

raqami

  (kimyoviy  elem ent  belgisining  chap  to m o n i  pastiga  yozi­

ladi)  bilan  xarakterlanadi.  M asalan,  uglerodning  massa  soni  12

bo'lgan  izotopi  shunday  yoziladi:  j C   yoki 

12

C,  so ‘z  bilan  yoz- 



ganda  „u g lero d -12“  bo'ladi.  Yozuvning  bunday  shakli  elem entar

zarrachalarga  ham   tatbiq  etiladi;  elektron 



° e ,

  neytron 



±n,

  pro ­


to n   p  yoki  j H ,   neytrino-j v .  Barcha  kimyoviy  elem entlam ing 

izotoplari  borligi  m a ’lum.  M asalan,  kislorodning massa sonlari  16, 

17,  18  bo'lgan  izotoplari  bor:  ljjO,  ^ О ,  'jJO.  Argonning  izotop­

lari:  ^  Ar,  jjjAr,  ts A r-  Kaliyning  izotoplari:  ” K,  *°K,  ^ K .



Elementning  atom  massasi  uning  barcha  tabiiy  izotoplari* 

massalarining  shu  izotoplarning  tarqalganlik  darajasi  e’tiborga 

olingan  o ‘rtacha  qiymatiga  teng.

Masalan, tabiiy xlom ing 75,4 foiz massa soni  35 bo'lgan  izotop- 

dan  va  24,6  foiz  massa  soni  37  bo ‘lgan  izotopdan  iborat:  xloming

o ‘rtacha atom massasi 35,453. Tarkibida  92,7% 

7

 Li  va7,3%  3Li  bo‘l- 



gan  tabiiy litiyning o ‘rtacha atom   massasi  6,94 ga teng va  h.k.  Ele­

m entlam ing  D .I.M endeleyev  davriy  sistem asida  keltirilgan  atom  

massalari  tabiiy  izotoplari  aralashm asining  o ‘rtacha  massa  so- 

nidir.  A na  shuning  uch u n   ham   u lar  b u tu n   son  qiym atlaridan 

farq  qiladi.

Shunday qilib,  turli  xil  kimyoviy elem entlar atomlari yadrolari- 

ning  tarkibi  bir  xil  em as,  shu  sababli  elem entlar  atom   massalari



,,Izotop “  term ini  bilan  bir  qatorda  ,,nuklid“  term inidan  ham  fo y ­

dalaniladi.  N uklid  —  m assa  sonining  qiym ati  q at’iy  muayyan  b o ‘lgan, 

ya’ni  yadrodagi  proton va  neytronlarning soni  o'zgarm as b o ‘lgan  atomdir. 

Radioaktiv  nuklid  qisqacha  radionuklid  deyiladi.  M asalan,  nuklid  l

6

0 ,  



radionuklid  M0 ,   radionuklid  niJ  va  h.K.  „Izotop lar

11

  term inini  bitta  e le ­



m entning  barqaror  va  radioaktiv  nuklidlarini  ko'rsatish  uchungina  ish- 

latish lozim   (yuqorida berilgan  ta’rifga q.).

jih atidan  bir-biridan farq  qiladi.  Y adro  tarkibiga  p rotonlar kirgan- 

ligi  u ch u n   yadro  m usbat  zaryadlangan.  Yadroning  zaryadi  son 

jihatd an  elem entning  tartib  raqam iga  tengligi  sababli  u  atom ning 

elektron  qobig‘idagi  elektronlar sonini  belgilaydi  va  bu bilan  kimyo­

viy  elem entlam ing  xossalarini  ham   belgilab  beradi.  Shu  sababli 

atom  massasi  emas,  balki yadroning  musbat zaryadi  atomning,  va 

demak, elementning asosiy tavsifi hisoblanadi.

 Ana shu asosda kimyo­

viy elementga yanada aniq ta ’rif berilgan,  kimyoviy elem ent haqidagi 

tushuncha esa kimyoda asosiy tushuncha hisoblanadi (

1

.

2



-§ ga q.).

Yadro  reaksiyalari

  —  bu  ato m   y a d ro la rin in g   e le m e n ta r 

zarrachalar  bilan  va  bir-biri  bilan  o ‘zaro  ta ’sirlashishi  natijasida 

o'zgarishidir.  Bunday  reaksiyalam ing  tenglam alarini  yozish  massa 

va  zaryadning  saqlanish  qonunlariga  asoslangan.  Bu  degan  so'z, 

tenglam aning  chap  qism ida  m assalar  yig'indisi  bilan  zaryadlar 

yig'indisi  tenglam aning  o ‘ng  qismidagi  massalar  yig‘indisi  bilan 

zaryadlar  yig‘indisiga  teng  bo'lishi  kerak,  demakdir.  M asalan:

f

3

A l+   *He  =   ?



4

° S i +   1H

Bu tenglam a aluminiy atom i a-zarracha bilan o ‘zaro ta ’sirlash- 

ganda  kremniy atomi bilan proton hosil bo'lishini ko'rsatadi.  Radiy- 

ning  radioaktiv  parchalanib,  radon  bilan geliy  hosil  qilishini  quyi­

dagicha  yozish  mum kin:

2

s s R a  =  

2

s e R n +   ^ H e

1919-yilda Rezerford azot atom larining yadrolarini a-za rra ch a­

lar bilan bom bardim on  qilib,  birinchi  m arta  su n ’iy  ravishda yadro 

reaksiyasini  amalga oshirdi:

'^N + jHe =  '^0+  JH

Yadro  reaksiyasi natijasida azot kislorodga aylanib,  proton ajra­

lib chiqdi.

S iklotron  qurilm asi  yaratilgandan  (1930)  keyin  ju d a   k o ‘p 

tu rli-tum an   yadro  reaksiyalari  kashf qilindi  va  tekshirildi.

Yadro  reaksiyalarining  tenglam alarini  qisqacha  yozish  k o ‘p 

qo'llaniladi.  Dastlab boshlang'ich  yadroning  kimyoviy belgisi  yozila­

di, so'ngra (qavs ichida) reaksiyani vujudga keltirgan zarracha va reaksiya 

natijasida hosil b o ‘lgan zarracha qisqacha belgilanadi,  shundan  keyin 

hosil bo‘lgan yadroning kimyoviy belgisi qo'yiladi.  Bunda boshlang‘ich 

va hosil bo‘lgan yadrolaming simvollarida faqat massa sonlari qo‘yiladi, 

chunki  yadrolam ing  zaryadlarini  D .I.M endeleyevning  elem en t­

lar  davriy  sistem asidan  oson  aniqlash  m um kin.  Ilgari  k o ‘rib  chi- 

qilgan yadro  reaksiyalarining qisqacha yozuvi quyidagicha bo'ladi: 

52


27

А1(а, 


р)

 

30



Si;  l

4

N ( a , p ) ,



7

0 ; 


226

R a ( - , a )  

222

 Rn,


bunda:  а —zarrachaning  ( ^ He )   belgisi; 

p

  —  proton  ( [ He ) ;   chizi- 

qcha  radioaktiv  parchalanish  b o ‘lganda  ta ’sir  etuvchi  zarracha 

bo‘lmasligini bildiradi.

Y adro  reaksiyalari  yo rdam ida  radioaktivlik  xususiyati  b o r 

izotoplar  (radioaktiv  izotoplar)  olinadi.  Ularning  hammasi  beqaror 

va radioaktiv parchalanish  natijasida boshqa elem entlam ing izotop- 

lariga aylanadi.

Barcha  kimyoviy  elem entlam ing  radioaktiv  izotoplari  olin- 

gan.  U larning taxm inan  1500 turi  m a’lum. 



Faqat radioaktiv izotop- 

lardan tarkib topgan elementlar radioaktiv elementlar deyiladi.

  Bular 


Z = 4 3 ,  61  va  84  —  107-elem entlardir.

B arqaror (radioaktiv emas)  izotoplardan  300 ga yaqini  m a’lum. 

D .I.M endeleyev  elem entlar  davriy  sistemasidagi  ko'pchilik  kim yo­

viy  elem en tlar  ana  shunday  izo toplardan  tarkib  topgan.  B a’zi 

elem entlarda barqaror  izotoplari  bilan  birga  uzoq  vaqt  yashaydigan

radioaktiv  izotoplari  ham   b o ia d i.  Bular 

4

°K , 


37

Rb,  '{


9

In.


K im yoviy  xossalari  jih a td a n   radioaktiv  izo to p lar  b arq aro r 

izotoplardan  deyarli  farq  qilm aydi.  S huning uch u n   u lar 



„nishon- 

langan  atomlar“

  sifatida  ishlatiladi,  bunday  atom lar  radioaktiv- 

ligining  o ‘zgarishiga  qarab  berilgan  elem en t  b archa  atom larining 

xususiyatini va ularning siljishini  kuzatishga im kon beradi.  R adio­

aktiv  iz o to p la r  ilm iy  tek sh irish   ish la rid a ,  sa n o a td a ,  q ish lo q  

x o ‘jaligida,  tibbiyotda,  biologiya va  kim yoda  keng  k o ‘lam da  ish­

latiladi.

Y adro  reaksiyalarining  m u him   xususiyati  hosil  b o ‘ladigan 

zarrachalarning  kinetik  energiyasi  yoki  nurlanish  energiyasi  holi- 

da ko‘p miqdorda energiya chiqishidir.  Kimyoviy reaksiyalarda ener­

giya,  asosan,  issiqlik  holida  ajralib  chiqadi.  Yadro  reaksiyalarining 

energiyasi  kimyoviy reaksiyalam ing energiyasidan millionlab  m arta 

k o ‘p  b o ‘ladi.  K im yoviy  reak siy a lar  so d ir  b o ‘lishida  a to m la r 

yadrolarining  parchalanm asligi  ana  shu  bilan  tushuntiriladi.

Y adro  reaksiyalaridan  tran su ran  

elem entlar*  sintez  qilish 

uch u n   keng  ko‘lam da  foydalaniladi.


Download 6.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling