№ hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 ngkst
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Bajardi
: Ochilova D.U. I.4. Uglevodorodlarning termik o’zgarishi Neft fraksiyalarining termik o'zgarishlari juda murakkab kimyoviy jarayondir. Xomashyo ko'p sonli individual komponentlardan tarkib topgan. Shuni aniq aytish mumkinki yuqori harorat ta'sir qilganda xomashyodagi har qaysi komponentning taqdirini oldindan aytish yoki kuzatish mumkin emas. Shuning uchun amaliyotda u yoki bu yuqori haroratli jarayonning natijalari to'g'risida maqsadli mahsulotlar, gaz, benzin, koksning chiqishiga qarab hamda benzinning guruhli yoki komponentli tarkibi qarab xulosa chiqariladi. Ammo ayrim uglevodorodlarning termik o'zgarishlarini ko'p sonli tadqiqot qilishlari mazkur sinf uglevodorodlari uchun xos bo'lgan reaktsiya turlarini ajratishga imkon beradi. Alkanlarning o'zgarishlari. Termodinamik hisoblashlarning ko'rsatishicha bu qator uglevodorodlari pentan boshlab yuqori haroratda faqatgina alken va alkanni hosil qilish bilan boradigan С-С bog'lar buyicha parchalanish reaksiyasiga moyildir. С n H 2n+2 → C m H 2m + C q H 2q+2 bu yerda: n-dastlabki alkandagi atomlar soni, m va q –hosil bo'lgan alkan va alkenda tegishli ravishda atomlar soni. Hosil bo'lgan to'yinmagan yana alken va alkanga parchalanadi. Past molekulali uglevodorodlar propan va butanlar degidrogenlanishi ham mumkin. С n H 2n+2 → С n H 2n + H 2 Degidrogenlanishi reaksiyasi natijasida gazlarda vodorod to'planadi. Alkanlarning parchalanishi barcha C-C bog'lar bo'yicha sodir bo'lishi mumkin. Uzilishi joyi va u yoki bu reaksiya mahsulotlarining ko'p hollarda hosil bo'lishi harorat va bosimga bog'liq bo'ladi. Harorat qancha yuqori va bosim qancha past bo'lsa shuncha uglerod zanjirining uzilishi joyi uning oxiriga ko'proq siljiydi va gaz holidagi mahsulotlarning chiqishi ancha oshadi. Harorat 450 atrofida bo'lsa uzilish zanjirining o'rtasida sodir bo'ladi. Bosimning qo'tarilishi ham uzilishi joyini molekula markaziga siljitadi. Shuning uchun bosim ostidagi krekingda maqsadli suyuq mahsulotlarini ko'proq olishga erishiladi. Ko'pgina olimlarning fikricha alkanlarning parchalanish reaksiyasi zanjirli xarakterga ega va F.O. Rays hamda S.K. Rays tomonidan oldinga surilgan erkin radikallar nazariyasiga bo’ysunadi. Qisqacha qilib aytganda bu nazariya quyidagilardan iborat. 1. C-H bog'iga qaranganda C-C bog'ining dissotsilanish energiyasi kichikroq bo’lganligi sababli yuqori harorat ta'siridagi birlamchi parchalanish № hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 – NGKST Fozilov S.F. Rahbar: Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling