• ikki pog'onali bank tizimini tashkil etish


O’zbekistonda bank tizimining shakllanishi va bosqichlari


Download 80.2 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi80.2 Kb.
#1571759
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axmadov1417W[1]

3.O’zbekistonda bank tizimining shakllanishi va bosqichlari.
Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizdagi bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi.
Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan usulidan voz
kechish va bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo‘yilishi
bilanoq markazlashtirilgan bank tizimining qator kamchiliklari
ro‘yobga chiqdi. Bu esa, bank tizimida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab etardi.
Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu jarayonda bank tizimining tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish, banklarning rolini oshirish, iqtisodiy tizimning rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi iqtisodiy dastaklarga aylantirish ko‘zda tutilgandi.
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichi davlat bankining yangi tuzilmasini tashkil etish bilan boshlandi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission bank va bevosita xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to‘laligicha xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini moliyalashga o‘tkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar.
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o‘zining kredit tizimidagi markaziy o‘rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funksiyasini maxsus ixtisoslashgan banklarga topshirdi. Ya’ni bankning emission faoliyatini kreditlash faoliyati bilan birga olib borish funksiyasiga chek qo‘yildi. Davlat banki ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul- kredit siyosatini olib boruvchi muassasaga aylandi. Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar: Sanoat qurilish banki, Kommunal kurilish va Sotsial taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Jamg‘arma banki tashkil qilinib xo‘jaliklar bilan banklar o‘rtasidagi aloqalar tobora yaqinlashdi. Ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‘zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini to‘liq ifoda qilolmasdi. Shuning uchun ham bank tizimini yanada takomillashtirish ob’ektiv zaruriyatga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga real asos 1991-yil 15-fevralda “Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida yuzaga keldi. Bu qonunga asosan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak edi. U faqat Respublika Oliy majlisiga hisobot beradi. Bu qonunni amalga tadbiq etish, asosan, Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich yo‘lini tanlaganligi bois, 1-bosqichdagi pul-kredit siyosati sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat qilib qo‘yildi:
-Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklarni o‘zida mujassamlashtirgan ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish, respublika hududida yirik chet el banklarining bo‘limlari va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish;
-barqaror pul muomalasini ta’minlash;
-kredit va naqd pul massasining asossiz o‘sishini keskin cheklash;
-O‘zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar, hamda imkoniyatlarini yaratish va boshqalar.
Shunday qilib, O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratishning birinchi bosqichi, milliy valyutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog‘onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991-yildan 1994-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» Qonuni asosida amalga oshirildi. Mazkur qonun bozor munosabatlariga o‘tish davri vazifalariga mos keluvchi bank muassasalari shakllanishini huquqiy asoslarini belgilab berdi.
Ushbu qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va unga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Xalq xo‘jaligining turli sohalarini kreditlash va ularni investitsiyalash funksiyalari yangidan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga berildi.
Ixtisoslashgan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda banklarning axborot infratuzilmasini yaratish va xalqaro bank amaliyotining ilg‘or usullarini respublika bank amaliyotiga qo‘llash orqali bank tizimini takomillashtira borish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar belgilab berildi. Shu yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va ularni banklarga tadbiq qilish jarayoni boshlandi.
Ushbu farmon asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalqaro andozalarga mos keluvchi zamonaviy bank nazorati va banklar faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 9-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tubdan takomillashtirish to’g’risida”6 yangi farmon qabul qilindi.
Xolis tan olish kerakki, bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda to‘laqonli foydalanilmayapti, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi va samaradorligini ta’minlovchi transmission mexanizmlarning rivojlanmaganligi qo‘yilgan maqsadlarga erishishni qiyinlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining boshqaruv va risk-menejmenti sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, banklar faoliyatiga ma’muriy aralashuv amaliyotining davom etayotganligi, ayniqsa, banklar tomonidan o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan korxonalar tashkil etilishi, shuningdek ularning faoliyat yo‘nalishiga muvofiq bo‘lmagan vazifalarning yuklatilishi bank nazoratini ta’sirchan amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.
Pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilarni ta’minlash Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb hisoblansin:
-narxlar barqarorligi;
-bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
-to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.
2. Amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib kuyidagilar belgilansin:
-birinchidan, asossiz inflatsion kutilmalarni oldini olish maqsadida inflatsion targetlashning prinsip va mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq qilish bilan pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini tubdan takomillashtirish, ushbu usulga o‘rta muddatli istiqbolda to‘liq o‘tish va pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish;
-ikkinchidan, inflatsiya omillarini chuqur o‘rganish va to‘lov balansini hisobini yuritish va tahlil qilish tizimini to‘liq shakllantirish asosida pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirish;
-uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini, shu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni bartaraf etuvchi choralar ko‘rish imkonini beruvchi tijorat banklar tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish;
-to‘rtinchidan, o‘rta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlovchi muhim tarkibiy qism sifatida bank tizimini rivojlantirish, tijorat banklar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro to‘liq sheriklik munosabatlarini shakllantirish, aholining bank tizimiga ishonchli institutsional sherik sifatida ishonchini mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish;
-beshinchidan, to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish;
-oltinchidan, nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish, shuningdek ularning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-yettinchidan, bank xizmatlari iste’molchilari huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil “Bank tizimining ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”7 yangi qaror qabul qilindi.
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Shu bilan birga, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligida 37 ta tijorat banklarini o‘z ichiga oluvchi bank tizimi yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirib, bozor islohotlarining faol qatnashchilari sifatida faoliyat olib bormoqda.

Download 80.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling