• ikki pog'onali bank tizimini tashkil etish
Download 80.2 Kb.
|
Axmadov1417W[1]
Kirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo’g’indan tashkil topadi. Bank tizimi - bu ma’lum tarixiy davr ichida shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul-kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar majmuidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan davlatlarning deyarli barchasida bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo’lib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va tarixiy shakllanishiga qarab o'ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat yuritadi.1 O'zbekistonda ham bank tizimi ikki pog'onadan iborat bolib, ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solingan. Ikki pog'onali bank tizimida banklar - emission bank (Markaziy bank) va emission bo’lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi. O’zbekistonda ikki pog'onali bank tizimining shakllanishi 1987-1990 yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to'g'ri keladi. O'sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank hisoblangan Davlat bankining tashkiliy tuzilmasini keskin o'zgartirish orqali, iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan banklami tashkil etishga qaratildi. Bank tizimida mustaqillikgacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan islohatlarning asosiy konsepsiyasi sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: • ikki pog'onali bank tizimini tashkil etish; • davlatning ixtisoslashgan banklarini xo'jalik hisobi va o'zini o'zi moliyalashtirishga o'tkazish; • xo'jalik yurituvchi subyektlarga yangi bank xizmatlarini taklif etish, zamonaviy hisob-kitob shakllarini va kredit munosabatlarini amaliyotga tadbiq etish masalalari shular jumlasidandir. Bank tizimida 1987 yilda boshlangan iqtisodiy islohatlar va banklarni qayta qurish natijasida ularning mulkchilik shaklida, xizmat ko'rsatishida, kredit va hisob-kitob munosabatlarida ayrim o'zgarishlar sodir bo’ldi. Lekin, bank tizimida printsipial ahamiyatga ega bo’lgan ijobiy o'zgarishlar yuz bermadi. Download 80.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling