• ikki pog'onali bank tizimini tashkil etish
O’zbekistonda bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari va ularni rivojlantirish istiqbollari
Download 80.2 Kb.
|
Axmadov1417W[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Tijorat banklari tomonidan 2018 yil davomida ajratilgan investitsion kreditlar to’g’risida ma’lumota 8
4.O’zbekistonda bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari va ularni rivojlantirish istiqbollari.
Keyingi yillarda mamlakat tijorat banklari tizimidagi moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning bu kabi ijobiy natijalarga ega bo’lishi bevosita ularning mamlakat iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlari rivojlanishida faol ishtirok etib kelayotganligining natijasidir. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasida kichik va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, oilaviy biznesni yo’lga qo’yish orqali oilalar turmush farovonligini oshirish, ularni shinam uy-joylar bilan ta'minlashga alohida e'tibor berilishi tijorat banklari zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklamoqda. Tijorat banklari tadbirkorlik sub'ektlari bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni yuqori saviyada tashkil etish, aholini tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash orqali keng jalb qilishga alohida e'tibor berib kelmoqda Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, jahon bozorida talab mavjud bo’lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish va shu orqali mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda bank tizimi tomonidan olib borilayotgan investitsion siyosat o’z samarasini bermoqda. 4-rasm. Tijorat banklari tomonidan 2018 yil davomida ajratilgan investitsion kreditlar to’g’risida ma’lumota8 Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan 2018 yilda 38,8 trln. so’m yoki 2017 yilga nisbatan 2,4 barobarga ko’p investitsion kreditlar ajratildi (4-rasm). Bunda banklarning investitsiyaviy faoliyati ustuvor ravishda tarmoqlarni rivojlantirish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan loyihalarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirishni ta'minlashga qaratildi. Bu ham o’z navbatida tijorat banklarining kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan muhim iqtisodiy va moliyavi y strategiyalarining samarali tatbiq etilayotganligidan dalolat beradi. Biroq, eksport va importda, xususan eksport yo’nalishida xususiy sektorning ulushi kichik raqamlarni ko’rsatib turibdi. Aynan ana shu masalada, ya'ni kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatiga bank xizmatlari ko’rsatish borasida tijorat banklari ma'lum darajada oqsoqlanib borayotgan bo’lib, ularning bu boradagi faoliyatini takomillashtirishga davlat tomonidan muhim darajada e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda banklar faoliyatining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirishda asosan quyidagi muammolarni hal qilishga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Chunki ushbu holatlar bank tizimining rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Banklar. Hozirgi kunda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan banklar soni 37 tani tashkil etadi hamda ulardan 13 tasi davlat kapitali ishtirokidagi, 17 tasi davlat kapitali qatnashmagan banklar hisoblanadi. Banklarga nisbatan ishonchni oshirish uchun barcha banklar uchun reyting natijalarini hamda qaysi nisbatlarga ko’ra reyting tuzilishi haqida ma’lumot berib borilsa, maqsadga muvofiq bo’lardi. Banklarning veb saytlari. Faoliyat yuritayotgan 37 ta bankning har biri o’z rasmiy veb saytiga ega. Saytlarda asosan 3 tilda ma’lumotlar berib boriladi, ammo aholining asosiy qismi o’zbek tilida so’zlashuvchi davlatda faoliyatini olib borayotgan ko’p banklar saytlarida o’zbek tilidagi kontentga e’tibor ikkinchi o’rinda qolib ketmoqda. Axborot asri deb atayotganimiz XXI asrda har kim bank haqidagi ma’lumotlarni bemalol internet orqali olish imkoniyatini yaratish mijozlar va investorlar uchun qulaylik yaratadi. Saytlarda berilgan ma’lumotlarni o’rganish davomida ma’lum bo’ldiki, 80% saytlarda “Bank Nizomi” joylashtirilgan, nizomda bank kapitali, aksiyalar soni va aksiyadorlar haqida ma’lumot berilgan. Ochiq va aniq ma’lumotlarni saytga joylashtirish, bo’lajak investorlar uchun sarmoya kiritishga turtki bo’lishi hamda bank kapitalini oshishiga olib kelishi mumkin bo’lardi. Omonatlar. Banklar tomonidan taqdim etilayotgan omonat turlari o’rganilganda, omonatlardan o’rtacha daromad miqdori yillik 10-17%ni tashkil etmoqda. Kelajak avlodni o’ylab qilinayotgan ishlarni ham unutishmagan, yosh avlod uchun 14-16 yoshga kirguncha maxsus omonat turlari yillik 12-14%lik daromad bilan taklif etilmoqa. Ammo ipoteka kreditlarining asosiy qismi qisqa muddatli ya’ni 1 oydan 12 oygacha bo’lgan muddatli omonatlar hisoblanadi. Banklar tomonidan ayrim omonat turlari uchun mablag’ qabul qilishda naqd va plastik shaklida cheklovlar mavjud. Uzoq muddatli omonatlar (jamg’arma) uchun esa yillik daromad stavkasi odatda 0.01%ni tashkil etmoqda. Kreditlar. Banklar tomonidan asosan 4 turdagi kredit xizmatlari ko’rsatilmoqda. Jismoniy shaxslar uchun 1. Iste’mol krediti 2. Ipoteka krediti 3. Avtokredit 4. Ta’lim krediti. Iste’mol kreditlari uchun yillik ustamalar 20-24%ni, beriladigan kredit summasi eng kam ish haqining (EKIH) 100 barobarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etmoqda. Ta’limni rag’batlantirish uchun ta’lim kreditlari taklif etayotgan banklar, kredit muddatini bakalavr uchun 5-10 yil, magistr uchun esa 3-5 yil chegarasida, kredit ustamasini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi miqdorida belgilashgan. Ipoteka kreditlari 10 yildan 15-yilgacha bo’lgan muddatda berilmoqda. Kredit sohasida o’zbek banklari uchun yangilik bo’lgan avtokreditlar ham banklar tomonidan yo’lga qo’yilgan. Ayrim banklar sotib olinayotgan avtomobilning o’zini garov sifatida olsa, ayrim banklar esa qo’shimcha garov manbalarini ham so’rashmoqda. Avtokreditlar uchun boshlang’ich badal miqdori o’rtacha 25-40%ni, yillik ustama esa 20%dan 28%gacha tashkil etmoqda. Xizmat ko’rsatish. Banklarning xizmat ko’rsatish tartibiga alohida e’tibor berish zarur. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yaqinda qabul qilingan qaroriga asosan, hozirgi kunda banklarga kirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni talab etish hollariga chek qo’yildi. Bir necha marotaba banklarda plastik kartalar orqali to’lov qilganimda pasportim nusxasini hamda plastik egasi kimligini ham so’rashmadi. Bu o’z navbatida bank mijozlari uchun qulaylik hisoblanadi. Xorijiy valyutalarni almashtirish shahobchasi ish kunlarining va ish vaqtining ko’paytirilishi ham bank muassasalari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Banklar tomonidan o’z mobil ilovasining ishlab chiqarilishi va turli to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatining berilishi banklarning yutuqlari deb bemalol aytishimiz mumkin. Hozirgi kunda siz bu iolovalar orqali istalgan yo’nalishlarda onlayn to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. To’lov borasida plastik va naqd shakl uchun tavofutlar, cheklovlar kuzatilmayabdi. Xorijiy davlatlardan xalqaro pul o’tkazish xizmatlari orqali yurtimizga jo’natilgan mablag’larni olishda bank xodimlari tomonidan “ustama haqlar” o’rnatilish holatlari ham bank xizmatlaridan foydalanishga teskari ta’sir ko’rsatmoqda. Markaziy Bank va Moliya vazirligi Jahon banki bilan birgalikda bank sektorini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari, Moliya vazirligi huzurida tijorat banklarini davlat ishtirokida isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, Jahon bankining mamlakat bank tizimi joriy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy xulosalari va tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.9 Xulosa Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida bank tizimini takomillashtirish banklarning iqtisodiyotdagi roli nafaqat banklarning o’ziga, balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga bevosita bog’liq. O’z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bog’liqdir. Bir so’z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir-biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri-birini to’ldirgan holda, bir-biriga o’zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy-moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi. Aynan yuqoridagilardan kelib chiqib O’zbekiston bank tizimini takomillashtrish jarayonlarini jadallashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. - tijorat banklarida mijozlarga sifatli xizmatlar ko’rsatish maqsadida zamonaviy va ilg’or axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish zarur; - mamlakatimiz banklarining moliya bozridagi faoliyat ko'lamini oshirish, ularga ushbu bozorda ishtirok etishlarini rag’batlantiruvchi imtiyozlar joriy qilish; - tijorat banklarining xizmatlari sifatini oshirish birinchi navbatda mijozlarga xizmat ko’rsatadigan bank xodimlarining muomala madaniyatiga nihoyat darajada bog’liq bo’lib, bugungi kunda tijorat banklari xodimlarining bu boradagi malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi; - tijorat banklari moliyaviy barqarorligini oshirish va bu orqali ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish lozim; - mamlakatimizning chekka hududlarida aholiga ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish orqali bank tizimiga bo’lgan ishonchni yanada mustahkamlash; - kredit kartalar faoliyatini yo’lga qo’yish va takomillashtirish. Jumladan, overdraft kreditlash tizimini rivojlantirish; - qisqa muddatli mikroqarzlarni yo’lga qo’yish. Hech qanday hujjat, kafil, garov talab etmasdan, EKIHning 10 barobarigacha bo’lgan miqdorda mikroqarzlarni bir necha soniya ichida berish onlayn tizimi yaratish; - bank aksiyalarining onlayn ommaviy sotuvini yo’lga qo’yish; - aholi mablag’larini sarmoyaga yo’naltirish tizimini ishlab chiqish; Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk davrlaridayoq mamlakatimizda mustahkam bank infratuzilmasi shakllandi. Tobora taraqqiy etib borayotgan bank tizimi mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirishda, xalq farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirishda o’zining salmoqli hissasini qo’shib boraveradi. Download 80.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling