• ikki pog'onali bank tizimini tashkil etish


Banklarning iqtisodiyotda tutgan o’rni, ahamiyati


Download 80.2 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi80.2 Kb.
#1571759
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axmadov1417W[1]

2.Banklarning iqtisodiyotda tutgan o’rni, ahamiyati.

Tijorat banklari bozor munosabatlari sub’ekti sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Ularning o’rni quyidagi holatlarda yaqqol nomoyon bo’ladi:


1.Tijorat banklari iqtisodiyotni kreditlash faoliyati bilan shug’ullanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hajmi oshadi. Bu esa pirovard natijasida mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanish ko’rsatkichi bo’lmish YaIM ning kengayishiga olib keladi.
2.Tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Banklar bu bozorda ham investitsion faoliyatni amalga oshiradi. Banklarning investitsion faoliyati emitentlarning likvidligini oshishiga, moliyaviy resurslarni ko’payishiga va qimmatli qog’ozlar savdosida rivojlanishiga olib keladi. Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish orqali aholi va korxonalarning ixtiyoridagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jalb etadilar va ularni kredit investitsiya sifatida joylashtiradi.
3.Tijorat banklari iqtisodiyot subektlari o’rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
4.Tijorat banklarining kreditlari hisobidan Xo’jalik yurituvchi subektlarning majburiyatlari bo’yicha to’lovlar amalga oshiriladi. Demak Tijorat banklari iqtisodiyotda likvidlikni ta’minlaydi.
5.Tijorat bank Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda faol ishtirok etadi, chunki Markaziy bankning tuman va shahar filiallari yo’q.
6.Tijorat banki Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Markaziy bank pul aylanmasini tashkil qiladi, lekin pullari tijorat banklari orqali aylanadi. Jahon amaliyotida universal tijorat banklari bilan birga Investitsion banklar ham faoliyat ko’rsatmoqda
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yilgi Statistik byulleteniga e’tibor qaratadigan bo’lsak, mamlakat iqtisodiy faoliyatida bank tizimining o’rni yaqqol nomoyon bo’lganiga guvoh bo’lamiz. (1-jadval).

1-jadval


Download 80.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling