· Inson tanasi oziq-ovqatsiz uzoqqa borishi mumkin, lekin uyqusiz emas


Download 32 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi32 Kb.
#157380
Bog'liq
qiziqarli faktlar


Hayot va inson tanasi haqida siz bilmagan hayratlanarli va g‘alati faktlar ko‘p. Dunyo g‘ayrioddiy, tushunarsiz va hatto yaqqol qiziqarli narsalarga to‘la. Ba’zilari bizga tasavvurdan tashqaridagi narsadek tuyiladi va ularning hammasi chindek ko‘rinmaydi. Siz ularga ishonmaysiz-a? Quyidagi faktlarni o‘qib ko‘ring va bilib oling.

·         Inson tanasi oziq-ovqatsiz uzoqqa borishi mumkin, lekin uyqusiz emas.

·         Inson miyasining 80 foizi suvdan iborat va aslida og‘riqni uning hamma joyi his qilmaydi.

·         Insonning o‘ng o‘pkasi chapiga qaraganda o‘ziga ko‘proq havo oladi.

·         Ayollar terisining og‘irligi o‘rtacha taxminan 3 kg, erkaklarniki esa 5 kg atrofida.

·         Erkaklar ko‘ylagining tugmasi o‘ng tomonda, ayollarniki esa chap qo‘l tomonda bo‘ladi.

·         Agar kishi 8 yil uzluksiz baqirsa, 7 oy-u 6 kun kerishsa, u bir chashka kofe qaynashi uchun yetarli energiya ishlab chiqaradi.

·         Amerika iste’molchisi o‘rtacha bir yilda yetarlicha iste’mol qiladigan kofein bitta otni o‘ldirishi mumkin.

·         O‘rtacha odam kompyuterda yozayotganda harakatning 50 foizidan ko‘prog‘ini chap qo‘li bajaradi.

·         Tadqiqotarga ko‘ra, o‘ng qo‘l odam chap qo‘l odamlarga taqqoslanganda 9 yil uzoqroq yashar ekan.

·         Inson tili uning tanasidagi eng kuchli muskul hisobanadi.

·         Izlanishlarga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish holatlari asosan dushanba kuni sodir etiladi.

·         Inson tanasi bilan bog‘liq yana bir g‘alati fakt shundan iboratki, ko‘zlardan birini ochib aksirish – bo‘lishi mumkin bo‘lmagan holatdir.

·         Dunyodagi eng uzun ismni o‘qib ko‘rishga qiziqasizmi? Unda boshlang: Adolf Blein Charles Devid Iyerl Frederik Gerald Hubert Irvin Jon Kennes Doyd Martin Nero Oliver Paul Quinsi Rendolf Shermasn Tomas Yunkas Viktor Villiam Xerxes Yansu Zeus Uolfeschlegelsteinhausunber gerdorf Sinyor.

·         Erkaklar har tongda gazetani birinchi bo‘lib o‘qishdan boshlab hamma narsada birinchi bo‘lishni xohlaydilar.

·         Mona Lisa davrida ayollarda qoshlarni qirib tashlash moda bo‘lgan ekan.    

·         Chaqaloqlar tizza qopqoqchalarisiz tug‘ilishadi, ular 2-6 yil keyin rivojlanadi.

·         Inson 300 ga yaqin suyak bilan tug‘iladi, biroq tanada 206 suyak bilan vafot etadi.

·         Sigaret chekishda 4 800 kimyoviy vositalar qabul qilinib, ulardan 60 tasidan ko‘prog‘i kanserogen ya’ni saraton kasalini keltirib chiqaruvchi moddalardir.

·         Inson sochining haqiqiy uzunligi uzilmasdan 25 foizgacha cho‘zilishi mumkin.



·         Shuningdek, odam sochi dunyodagi buzilmaydigan predmetlardandir. Ular chirimaydi lekin yonishi mumkin.

Agar siz odamlar yoki boshqa predmetlar haqida nimanidir bilib qolsangiz, shuni esdan chiqarmangki, dunyo qiziqarli faktlarga boy. Hayot haqiqatdan chiroyli!!!
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling