” kafedrasi fanidan
Download 302.52 Kb.
|
Abdulla Ne\'matullayev
To’rtinchi tur xalqaro tashkilotlar - xalqaro ilmiy laboratoriyalar,
institutlar, ittifoqlar, yaxlit va sohalar assotsiatsiyalari, ma’lum ilmiy sohalar bo’yicha byurolar. Ular mamlakatlarni, milliy ilmiy tashkilotlarni, assotsiatsiyalarni, ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan alohida olimlarni birlashtiradi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu tashkilotlar yillik ulushli badallar, konferensiyalarda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag’lari, davriy ilmiy nashrlardan daromadlar xisobidan tashkil etiladigan byudjetlar xisobidan moliyalashtiriladilar. Mazkur tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo’shma dasturlar bo’yicha ishlaydigan Kuchli magnit maydonlari va past harorat bo’yicha xalqaro fond, Xalqaro matematik markaz va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma’lum sohalariga ko’maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag’larni yig’ish bilan shug’ullanadilar. Masalan, yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat tashkilot-lari va xususiy shaxslardan yovvoyi hayvonlar va tabiatni qo’riqlash uchun mablag’larni yig’uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o’zining nashriga ega bo’lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordam kursatish uchun to’zilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo’mitalarining badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, Xalqaro olimpiya qo’mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati natijasida olingan daromadlar xisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlarning 1/3 kelib tushadi (ma’lumki, olimpiya uyinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos ravishda Xalqaro olimpiya qo’mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya sport turlari bo’yicha Xalqaro federatsiya o’rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti xar yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha xududlarga yunaltiriladigan mablag’lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. Ushbu tadbirlarga: yiginlar utkazish, xakamlar majlisini utkazish, sport buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordamlar kursatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag’lar nashriyotchilik faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi. O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi. Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan. Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir: aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish; ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish; a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa shakllarda moliyaviy yordam berish; aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish; (nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan) moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish; a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish; musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini o’qitishda xizmatlar ko’rsatish. Download 302.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling