” kafedrasi fanidan
O'zbekiston-Turkiya:Savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari avjida
Download 302.52 Kb.
|
Abdulla Ne\'matullayev
O'zbekiston-Turkiya:Savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari avjida...
25 may kuni O’zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha IV Hukumatlararo komissiya yig'ilishi bo’lib o’tdi. Yig'ilish O'zbekiston Respublikasi bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov va Turkiya bosh vazir o'rinbosari Tug'rul Turkesh raisligi ostida o'tkazildi. Yig'ilish davomida ikki mamlakat vakillari bugunga qadar erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida gapirib o’tdi. Turkiya bosh vazir o'rinbosari Tug’rul Turkesh yig’ilishda ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini oshirish kerakligini aytib o’tdi. Xozirgacha amalga oshirilgan muzokaralarda katta ishlar amalga oshirilganiga e’tibor qaratgan Turkesh: "Uzoq yillik tanaffusdan so'ng mazkur yig'ilishning o'tkazilishi o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat uchun ko'plab sohalarda keng qulaylik va imtiyozlar yaratish bo'yicha birgalikda ish olib borishga imkon beradi”,-dedi. “Juda havasmand va qiziquvchan ishbilarmonlarimiz bor. Ularga qulay sharoitni yaratish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradigan loyihalarni ishlab chiqish bizning zimmamizda turgan vazifalardan biridir”,-deydi Tug’rul Turkesh. Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi iqtisodiy va tijoriy aloqalar mustahkamlangan taqdirda, siyosiy aloqalar ham yaxshilanib borishini tilga oldi. Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji esa, Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi turizm shartnomasi 1998 yilda imzolanganini va buni qayta ko’zdan kechirib, yangilash kerakligini tilga oldi. O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari Rustam Azimov: “Turkiyadagi ilg’or turk kompaniya va firmalarining O’zbekistonga investitsiya kiritishini ijobiy baholaymiz. Biz ilg'or turk biznesining O'zbekistondagi faoliyatini yanada kengaytirishdan, keng ko'lamli va muhim ahamiyatga ega loyihalar sonini oshirishdan manfaatdormiz”,-dedi. O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha IV Hukumatlararo komissiya yig'ilishi yakunida sanoat, tijorat va turizm sohalarida bir qator protokollar va shartnomalar imzolandi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo qo'shma iqtisodiy komissiya to'rtinchi yig'ilishining Bayonnomasi. O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi va Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri uchrashuvlari Bayonnomasi. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o'rtasida daromad soliqlariga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish to'g'risidagi bitimga o'zgartirish kiritish bo'yicha Bayonnoma loyihasi parafirlandi. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o'rtasida Investitsiyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risidagi Bitim loyihasi parafirlandi. Turkiya bosh vazir o'rinbosari Tug’rul Turkesh va iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Toshkentda Xalqaro Amir Temur jamg’armasining ochilish marosimiga qatnashdi. Mazkur jamg’armaning ochilishida TIKA rahbar o’rinbosari Mehmet Sureyya Er va Turkiyaning Toshkentdagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shenin, akademiklar, ko’plab olimlar ishtirok etdi. O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lidagi integratsiya to‘g‘risidagi fikrlar So‘nggi uch oy davomida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga oid muhokamalar ham hukumat, vazirlik va idoralar darajasida, ijtimoiy tarmoqlarda va ham keng jamoatchilik orasida qizg‘in davom etmoqda. Ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bir necha marotaba to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Prezident Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi davlat maqomi olishini taklif etdi. Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishidagi nutqida “Integratsiyalashuv haqida ikki og‘iz aytsam. Mustaqilligimizni berib qo‘yamiz, degan gaplar shunchaki hoyu-havas gaplar. Kim berib qo‘yadi mustaqillikni? Bunaqa bo‘lmaydi. Bundan tashqari kuzatuvchi degani, a’zo degani ham emas. Biz kuzatuvchi maqomida nima yaxshi, nima yomonligini kuzatamiz. Asosiy o‘rinda xalq manfaatlari turadi” deyildi. Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlar parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan takliflarni berishlari kerakligi aytildi. Hukumatga esa tarmoqlar kesimida olib borilgan tahlillar natijalari asosidagi kompleks baholashlarni yakunlab uning natijalarini Oliy Majlis palatalari muhokamasiga taqdim etish topshirig‘i berildi. Kuni kecha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi Qudratulla Rafiqov YeOIIga a’zo bo‘lishning ustunliklari va kamchiliklarini tahlil qilgan holda, xozirgi sharoitda O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lishi bu mantiqiy va maqbul qadam ekanligini ta’kidladi. “Kuzatuvchi maqomi ittifoqning “ichidan qarash” imkoniyatini beradi. Faqat shu yo‘l bilan biz yuqorida aytib o‘tilgan integratsiya birlashmasida ishtirok etishdan mamlakatimiz qanday afzalliklar va salbiy oqibatlarga olib kelishini sinchkovlik bilan o‘rganishimiz mumkin” dedi kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi. Mulohaza Download 302.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling