" Kompyuter injiniring " fakulteti
Mikroprotsessorning boshqa qurilmalar bilan bog’lanishi
Download 55.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish. NAMUNA (1)
Mikroprotsessorning boshqa qurilmalar bilan bog’lanishi.
MPning interfeys qismi MPni ShKning tizim shinasi vositasida bog‘lash va muvofiqlashtirish, shuningdek, amalga oshayotgan dastur komandalarini qabul qilib, dastlabki tahlildan o‘tkazish hamda operandlar va komandalarning to‘liq manzillarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan. Interfeys qism o‘z tarkibiga MPXning manzilli registrlarini, manzil shakllantiruvchi uzelni, MPdagi komandalarning buferi sanaladigan komandalar registrlarining blokini, MPning ichki interfeys shinasini hamda kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi. Kiritish-chiqarish portlari - ShKning tizim interfeysiga qarashli punktlar bo‘lib, MP ayni shu punktlar orqali boshqa qurilmalar bilan axborot almashinadi. MPda hammasi bo‘lib 65536 ta portlar bo‘lishi mumkin. Har bir port, xotira uyasining manziliga mos keluvchi manzilga, ya’ni port raqamiga ega. Ushbu manzil (port raqami) asosiy kompyuter xotirasining bir bo‘lagi emas, balki kiritishchiqarish qurilmasining ushbu portdan foydalanuvchi qismi sanaladi. Qurilma porti o‘z ichiga ma’lumotlar almashinuvi va boshqaruvchi axborot bilan almashinish uchun mo‘ljallangan ulash apparatlari va ikkita xotira registrini mujassam etadi. Ayrim tashqi qurilmalar almashinishi darkor bo‘lgan axborotning katta hajmini saqlash uchun asosiy xotiradan ham foydalanadi. 4-rasmda protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira bilan kanday bog‘langanligi qo‘rsatilgan. Ushbu rasm asosida protsessor tarkibiga kirgan qurilmalarning bajaradigan vazifalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 4-rasm: Protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira bilan qanday bog‘langanligi. Boshqarish qurilmasi - buyruqlarni xotiradan chaqirish va ularni qanday buyruqlar ekanligini aniqlash vazifalarini bajaradi. Arifmetik-mantiqiy qurilma esa arifmetik - qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish va mantiqiy - mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish, inkor kabi amallarni bajaradi. Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasi portlar bilan aloqa bog‘lash uchun yo‘riqlarning kodli shinasi (YKSh), manzillar va tizim shinasidagi ma’lumotlardan foydalanadi, ya’ni: MP portiga kirish mobaynida YKSh orqali signal uzatadi. Ushbu signal barcha kiritish-chiqarish qurilmalariga manzillarning kodli shinasidagi (MnzlKSh) manzil port manzili ekanligi haqida xabar beradi, so‘ngra xususan port manzilini uzatadi. Bunday signalni qabul qilib, port manzili mos tushgan qurilma ishga shay ekanligi haqida javob qaytaradi va shundan so‘nggina MKSh orqali ma’lumotlar almashinuvi ro‘y beradi. Xulosa Mikroprotsessorlarning rivojlanish tendensiyalari nomi mustaqil ishni bajarish davaomida men mikroprotsessorlarning rivojlanish bosqichlari, ularning yaratilish texnologiyalari haqida tushunchalarni oldim. Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda qo`llanilayotgan, mikroprotsessorlar to`plamining arxitekturalarini o`rgandim. Intel va AMD firmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mikroprotsessorlarning texnik ko`rsatkichlari va buyruqlar turlarini tahlil qildim. Zamonaviy kompyuterlarning asosiy texnik qurilmasi sifatida kikroprotsessorlarning tarkibiy va funksional strukturasini tuzilishini o`rganib, o`zimning mikroprotsessorlar haqida tushunchalarimni yanada boyitdim. Download 55.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling