1. Ma’lumotlarni normallashtirish Normal formalar Normallashtirish


Download 19.13 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi19.13 Kb.
#204016
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BCNF normal formasi va uning xususiyatlari


MUSTAQIL ISH

MAVZU: BCNF normal formasi va uning xususiyatlari

Toshkent 2021

Reja:

1.Ma’lumotlarni normallashtirish

2. Normal formalar

3. Normallashtirish protsedurasi

4.Jadvallarni BCNF ga o‘tkazish protsedurasi



Ma’lumotlarni normallashtirish

Normallashtirish — bu ma’lumotlarni qo‘shishda, o‘zgartirishda va o‘chirishda eng yaxshi xususiyatlarga ega ikki yoki undan ortiq bo‘laklarga jadvalni bo‘lish. Normallashtirishning asosiy maqsadi ma’lumotlar bazasini olishga qaratilganki, unda har bir dalil (fakt) faqat bir joyda uchraydi, ya’ni ma’lumotlar ortib ketmaydi. Bu faqat xotiradan tejab foydalanlish maqsadida qilinmay, balki saqlanayotgan ma’lumotlar orasida qarama- qarshiliklarni bartaraf qilish uchun ham kerak.

Har bir jadval relyatsion ma’lumotlar bazasida shunday shartlarni qoniqtiradiki, unga ko‘ra jadvalning har bir ustun va satrining kesishish joyida har doim yagona atomar qiymat joy- lashadi va hech qachon ko‘p miqdorda, xuddi shunday qiymatlar bo‘lishi mumkin emas. Shu shartni qoniqtiruvchi har qanday jadval normallashgan deyiladi. Umuman olganda normallashmagan jadvallar, ya’ni takrorlanuvchi ma’lumotlar guruhiga ega jadvallar relatsion ma’lumotlar bazasiga kiritilmaydi.

Har qanday normallashgan jadval avtomatik ravishda birinchi normal formada, qisqacha 1NF, deb hisoblanadi. Shunday qilib, umuman olganda, “normallashtirilgan” va “1NF da joy- lashgan” so‘zlari bitta ma’noni anglatadi. Lekin amaliyotda “normallashtirilgan” atamasi ko‘proq tor ma’noda “to‘liq normallashtirilgan», ya’ni loyihada normallashtirishning hech qaysi tamoyili buzilmayapti degan ma’noda ishlatiladi.

Keyingi pog‘onadagi normallashtirishlarni ko‘rib chiqamiz — ikkinchi normal forma (2NF), uchinchi normal forma (3NF) va hokazo. Umuman olganda, jadval 1NF da bo‘lsa va undan tashqari yana bir qo‘shimcha shartni qoniqtirsa, uning ma’nosi keyinroq ko‘rib o‘tiladi. Jadval 3NF da deyiladi, qachonki u 2NF da bo‘lsa va yana bir qo‘shimcha shartni qoniqtirsa va hokazo.

Har bir normal forma qandaydir ma’noda oldingisiga qaraganda ancha chegaralangan, lekin ma’qulroqdir. Bu shunga bog‘liqki, “N-normal forma” ega bo‘lgan ba’zi yoqimsiz tomonlariga “(N+1)-normal forma” ega emas. N-chi normal formaga qarab (N+1)-normal formaga qo‘yilgan qo‘shimcha shartning umumiy ma’nosi ana shunday yoqimsiz tomonlarni yo‘qotish- dan iborat.

Normallashtirish nazariyasi jadval maydonlari orasidagi u yoki bu bog‘liqlikning borligiga asoslanadi. Bunday bog‘liqliklarning ikki turi aniqlangan:



    • funksional;

    • ko‘p qiymatli.


Download 19.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling