Ko‘p qiymatli bog‘liqlik. Agar A maydonning har bir qiymatiga mos ravishda B maydonning aniqlangan qiymatlari bor bo‘lsa, A maydon xuddi shu jadvalning B maydonini ko‘p qiymatli aniqlaydi.
Normal formalar
Birinchi normal forma:
Jadval, qachonki uning qatorlaridan hech biri o‘zining istal-
gan maydonlarida bittadan ortiq qiymat saqlamasa va uning birorta ham kalit maydoni bo‘sh bo‘lmasa, birinchi normal for- mada (1NF) bo‘ladi.
Ikkinchi normal forma:
Jadval, agar u 1NF ta’rifini qanoatlantirsa va uning barcha birinchi kalitga kirmaydigan maydonlari birinchi kalit bilan to‘liq funksional bog‘langan bo‘lsa ikkinchi normal formada (2NF) bo‘ladi.
Uchinchi normal forma:
Jadval, agar u 2NF ta‘rifini qanoatlantirsa va uning birorta ham kalit bo‘lmagan maydonlari boshqa istalgan kalit bo‘lmagan maydonlariga fuksional bog‘liq bo‘lmasa, uchinchi normal for- mada(3NF) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |