O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi huzuridagi fiskal insituti
Download 49.18 Kb.
|
Oraliq Bugalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUXGALTERIYA HISOBIDA HUJJATLAR VA HUJJAT AYLANIShI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM
- 1-§. Umumiy qoidalar
` O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi huzuridagi FISKAL insituti “Soliqlar va soliqqa tortish “ fakulteti MUSTAQIL ISHI Mavzu: Hujjatlar aylanishi, arxivi va saqlanishini tashkil etish Bajardi:Abdurahmonov Muhammadqodir Tekshiruvchi: Guruh: SST 01-22 FISKAL-2022 Mavzu: Hujjatlar aylanishi, arxivi va saqlanishini tashkil etish Reja:
Krish Asosiy qism: Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi. Hujjat aylanishini tashkil etish tartibi. Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yo‘q qilish tartibi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar BUXGALTERIYA HISOBIDA HUJJATLAR VA HUJJAT AYLANIShI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosida ishlab chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi. 1-§. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga (banklar va nobank kredit tashkilotlari bundan mustasno) tatbiq qilinadi (keyingi o‘rinlarda — korxonalar). (1-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son) 2. Korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi. 3. Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda, boshlang‘ich hujjatlarni va registrlarni, shuningdek tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag‘lari hamda ish beruvchining xodimlari bilan bog‘liq bo‘lgan ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha qatnashchilarni identifikatsiyalashni ta’minlagan holda tuzilgan hisob hujjatlarini axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalari orqali yuritishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim. (3-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son) 4. Texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.. 5. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlang‘ich hujjatlar rekvizitlari kodlar ko‘rinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlang‘ich hujjat va registr, elektron raqamli imzo haqidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. (5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) Download 49.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling