O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi huzuridagi fiskal insituti


-§. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi


Download 49.18 Kb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi49.18 Kb.
#1439991
1   2   3   4
Bog'liq
Oraliq Bugalteriya

2-§. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi
6. Boshlang‘ich hujjatlar quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 5-avgustdagi 36-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-5, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/1297-5/1195-son)
a) korxonaning nomi;
b) hujjatning nomi va raqami, uning tuzilgan sanasi va joyi;
v) xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklarini ko‘rsatgan holdagi miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
g) xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirgan shaxslarni (shaxsni) identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflarini yoxud boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda lavozimlari va imzolari.
61. Boshlang‘ich hujjatlar elektron shaklda tuzilgan hollarda, ular mazkur Nizom va elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
8. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan boshlang‘ich hujjatlar, amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun asos bo‘ladi.
9. Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir.
10. Boshlang‘ich hujjatlar mazkur Nizom talablariga rioya qilgan holda korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan blankalarda yoki qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan boshqa shakllarda tuziladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
11. Boshlang‘ich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydigan siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, mexanizatsiya vositalari va boshqa vositalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Yozuvlar uchun qalamdan foydalanish taqiqlanadi.
12. Boshlang‘ich hujjatlar va registrlardagi bo‘sh qatorlar chizilishi shart.
13. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
14. Kassa operatsiyalarini, tovar-moddiy qiymatliklar bilan operatsiyalarni, kredit va hisob-kitob majburiyatlarini amalga oshirganlik faktlarini qayd etuvchi boshlang‘ich hujjatlarni tuzish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha talablar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
15. Buxgalteriyaga kelib tushadigan boshlang‘ich hujjatlar shartli ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv shakl bo‘yicha (hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni to‘ldirishning to‘liqligi va to‘g‘riligi), mazmuni bo‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi, alohida ko‘rsatkichlarning mantiqiy bog‘lanishi) amalga oshiriladi.
16. Qonunchilik hujjatlariga va pul mablag‘lari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha belgilangan tartibga zid bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar kelib tushganda, ular korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun topshirilishi kerak.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
17. Tekshiruvdan o‘tgan boshlang‘ich hujjatlar ularning qayta qo‘llanilishini istisno etuvchi belgiga ega bo‘lishi lozim:
a) qo‘l yordamida ishlovdan o‘tkazilganda — hisob registriga yozilgan sanani ko‘rsatish orqali;
b) texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ishlovdan o‘tkazilganda — ishlovdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ul operator shtampini qo‘yish orqali.
18. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar hamda ish haqini hisoblash uchun asos bo‘lgan hujjatlar albatta “Olindi” yoki “To‘landi” shtampini qo‘yish yoki qo‘l yozuvini kiritish orqali sanasini (oy, kun, yil) ko‘rsatish lozim.
19. Buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun hisobga qabul qilingan boshlang‘ich hujjatlardagi axborotlar hisob registrlarida yig‘ib boriladi va tizimlashtiriladi.
20. Korxona tomonidan muayyan davr (oy, chorak, yarim yillik, yil) davomida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar guruhlashtirilgan holda hisob registrlaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tuziladigan moliyaviy hisobotlarga o‘tkaziladi.
Bunda korxonalar qo‘llayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini o‘z faoliyatining xususiyatlariga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda, mustaqil moslashtirishlari mumkin.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
21. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlaridagi matn va raqamlarni o‘chirishga va izoh berilmagan tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Boshlang‘ich hujjatlardagi (bank va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatoliklar quyidagicha tuzatiladi:
a) xato matn yoki summalar chiziladi va chizilganning yuqori qismidan to‘g‘ri matn yoki summalar yoziladi;
b) chizish bitta chiziq bilan amalga oshiriladi va unda tuzatilayotgan xatoni o‘qish imkoniyati bo‘lishi lozim.
23. Boshlang‘ich hujjatda tuzatilgan xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, hujjatni imzolagan shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qo‘yilishi lozim.
24. Boshlang‘ich bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq hujjatlar qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, biroq hisobot yilidan keyin kamida besh yil buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan saqlanadi.
Bunda:
2022-yil 1-yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular bo‘yicha hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi hujjatlar;
davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlar;
soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar majburiy saqlanmaydi va arxivga topshirilmaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son)
26. Boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni but saqlanishi korxona rahbari tomonidan ta’minlanishi shart.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son)
27. Muayyan hisob registriga tegishli bo‘lgan, ishlov berilgan joriy oyning boshlang‘ich hujjatlari xronologik tartibda jamlanadi.
Kassa orderlari, bo‘nak hisobotlari, bank ko‘chirmalari ularga taalluqli bo‘lgan hujjatlar bilan birgalikda xronologik tartibda yig‘ilishi va muqovalanishi kerak.
Hujjatlarning ayrim turlari (ish naryadlari, smena raportlari) muqovalanmasdan, lekin ularning yo‘qolishi yoki suiiste’mol qilinishining oldini olish maqsadida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanishi mumkin.
28. Korxonalardan boshlang‘ich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni olib qo‘yish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjatlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuratura idoralari va sudlar tomonidan olib qo‘yishlar, mazkur idoralarning O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga oshiriladi. Olib qo‘yish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi, korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari olib qo‘yilayotgan hujjatlardan, asoslarni va olib qo‘yish sanasini ko‘rsatgan holda nusxa olishlari mumkin.
Agar oxirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar jildlari (tikib qo‘yilmagan, raqamlanmagan va hokazo) olib qo‘yilayotgan bo‘lsa, olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari bu jildlarni oxirigacha rasmiylashtirishi (ular ro‘yxatini tuzishi, varaqlarni raqamlashi, tikishi, imzo bilan tasdiqlashi yoki olib qo‘yilayotgan hujjatlarning ro‘yxatini har bir hujjatdagi betlar sonini ko‘rsatgan holda tuzishi kerak. Bunda ro‘yxatni olib qo‘yishni amalga oshirayotgan idoralarning vakillari va korxonaning tegishli mansabdor shaxslari imzolashadi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 29-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1297-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1297-4/2739-son)
29. Boshlang‘ich hujjatlarni yo‘qotish hollarida korxona rahbari buyruq bilan yo‘qotish sabablarini tekshirish bo‘yicha komissiya tayinlashi mumkin.
Bunda, tekshiruv natijalari korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Boshlang‘ich hujjatlarni yo‘qotishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

Download 49.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling