" Kompyuter injiniring " fakulteti


Mikroposessorlarning asosiy xarakteristikalari


Download 55.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana20.10.2023
Hajmi55.88 Kb.
#1713148
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish. NAMUNA (1)

Mikroposessorlarning asosiy xarakteristikalari 
Mikroprotsessorlar tezligini takt chastotasi belgilaydi. Takt chastotasi 
megagerslarda (Mgs) o’lchanadi.
Mikroprotsessorlarning asosiy parametrlari quydagilar: 
- Protsessorlarning qaysi slotga o’rnatilishi (mikrosxemaning oyoqlari soni);
- takt chastotasi (bir sekundda necha marta eng sodda amalni bajara olishi);
- razryadlari soni (bir vaqtda ikkilik sanoq sistemasining necha xonali soni 
bilan ishlay olishi); 
- yadrolari soni (bir vaqtda nechta masalani parallel ishlay olishi); 
- kesh xotirasi hajmi
- protsessordan chiqadigan issiqlik miqdori; 
- protsessordagi tranzistorlar soni va tranzistorlarning o’lchamidir. 


Hozirgi paytda Intel kompaniyasidan tashqari AMD, NVidia va Motorola 
kompaniyalarining mikroprotsessorlari keng qo’llaniladi. AMD kompaniyasi PC 
rusumidagi kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar, NVidia shu kompyuterlarga 
videoprotsessorlar, Motorola esa o’yin kompyuterlari (Sony Play Station) va Apple 
kompaniyasining kompyuterlari, mobil telefonlar uchun mikroprotsessorlar ishlab 
chiqadi. 
Mikroprotsessorlarning asosiy xarakteristikasi 
- mikroprotsessorning(mikrosxemaning oyoqlari soni);
- takt chastotasi (bir sekundda necha marta eng sodda amalni bajara olishi);
- razryadlari soni (bir vaqtda ikkilik sanoq sistemasining necha xonali soni 
bilan ishlay olishi);
- yadrolari soni (bir vaqtda nechta masalani parallel ishlay olishi);
- kesh xotirasi hajmi;
- undan chiqadigan issiqlik miqdori;
- undagi tranzistorlar soni va tranzistorlarning o’lchamidir. 
Zamonaviy mikroprotsessorlar turlari. 
Celeron rusumli protsessor 0.25 mkm-texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan 
"eng oddiy" kompyuterlar uchun protsessorning Celeron deb nom berilgan 
soddalashtirilgan varianti ishlab chiqarildi. Ilk Celeron protsessorlar yadrosining 
chastotasi 266 va 300 MGs (shina chastotasi - 66 MGs) bo‘lgan. Ikkilamchi kesh-
xotira qurilmasi kiritilmagan. Bu esa, o‘z navbatida, ish unumdorligida o‘z aksini 
topdi (tizim platalarida ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi uchun slot 1 (ajratkich), 
tabiiyki, bo‘lmagan). Tizim platalarining narxi tushishi va Celeron ning o‘zi arzon 
bo‘lishi barobarida havaskorlar uchun mo‘ljallangan mashina chindan ham arzon 
bo‘lgan.
Bugungi Celeron protsessorlar, chastotasi 300 MGs li Celeron 300A 
modelidan boshlab, yadro kristalli ustida o‘rnatilgan va yadroning chastotasida 
to‘liq ishlaydigan kichik hajmli (128 Kbayt) ikkilamchi kesh-xotira qurilmasiga 
ega. Bunday protsessorlar Mendocino nomi bilan ham ataladi. Takt chastotasi 500, 


466, 433, 400, 366 va 333 MGs li Intel Celeron protsessorlarning ish unumdorligi 
keng ommalashgan zamonaviy ilovalar tez va samarali ishlashini ta’minlaydi. 

Download 55.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling