Қ Ўллаш бўйича йўРИҚнома панкреатин pancreatin


Download 258.61 Kb.
bet3/7
Sana22.04.2023
Hajmi258.61 Kb.
#1382015
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ahrorbek uchun maxsus 2

Farmakoterapevtik guruhi: gipoglikemik vosita – qisqa va o‘rtacha davomli ta‘sirga ega insulinlar majmuasi.
ATX kodi: A10AD01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Vosulin-30/70 o‘rtacha ta‘sir davomiyligiga ega bo‘lgan odam rekombinant insulin preparatidir. Preparatning tarkibiga eruvchan insulin (30%) va insulin-izofan (70%) kiradi. Xujayralarning tashqi sitoplazmatik membranasi spesifik reseptori bilan o‘zaro ta‘sirga kirishadi va insulin-reseptor kompleksini hosil qiladi, xujayra ichidagi jarayonlarni, shu jumladan qator asosiy fermentlar (geksokinaza, piruvatkinaza, glikogensintaza va boshq.) sintezini rag‘batlantiradi. Qonda glyukoza miqdorini pasayishi uni xujayra ichida transportini oshishi, so‘rilishi va to‘qimalar tomonidan o‘zlashtirilishini kuchayishi, lipogenez, glikogenogenezni rag‘batlanishi, jigar va boshqalar tomonidan glyukozani ishlab chiqarilish tezligini pasayishi bilan bog‘liq. Insulin preparatlarining ta‘sir davomiyligi asosan so‘rilish tezligiga bog‘liq bo‘lib, u bir nechta omillar (masalan, doza, yuborish usuli va joyi) ga bog‘liqdir, shu boisdan insulinning ta‘sir profili ham har xil odamlarda, ham bir odamning o‘zida ancha o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Teri ostiga yuborilgandan keyin ta‘siri 30 minutdan so‘ng boshlanadi, maksimal samaraga – 2-8 soatdan keyin erishiladi, ta‘sir davomiyligi 24 soatgacha davom etadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishining to‘liqligi va samarasini boshlanishi yuborish joyiga (qorin, son, dumba), dozaga (yuborilayotgan insulinning hajmiga), preparatdagi insulinning konsentrasiyasiga va boshqalarga bog‘liq. To‘qimalar bo‘ylab bir tekis taqsimlanmaydi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak sutiga o‘tmaydi. Jigar va buyrakda asosan insulinaza ta‘sirida parchalanadi. Buyrak orqali (30-80%) chiqariladi.
Qo‘llanilishi

  • qandli diabet insulin bilan davolash o‘tkazish uchun ko‘rsatgichlari bo‘lganida;

  • birinchi marta aniqlangan qandli diabet;

  • qandli diabetning II tipidagi (insulinga qaram bo‘lmagan) homiladorlik davri.


Download 258.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling