§. Massivlar. 2-§. Foreach operatori


Download 0.61 Mb.
bet2/12
Sana17.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1026214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
mubina dasturlash1 (2)

1-§. Massivlar.


Massiv bu– bir turdagi o`zgaruvchilarni o`zida saqlovchi biror nom bilan nomlangan o`lchami chegaralangan o`zgaruvchilari guruhi ya`ni oddiyroq qilib aytganda maxsus idishdir. Bitta yoki ikkita o`zgaruvchi ustida amallarni bajarmoqchisiz, buning uchun bir yoki ikkita o`zgaruvchi yaratib olib xohlagan amalni bajari mumkin. Lekin bu o`zgaruvchilar ko`p bo`lsachi? Agar har bir ishlatmoqchi bo`lgan o`zgaruvchi har safar yangidan o`zgaruvchilarni yarataversak bu bir muncha noqulayliklar tug`diradi. Bu vaziyatda esa mssivlarni ishlatish qo`l keladi.
Massiv bu umumiy nomga ega bo`lgan bir xil tipdagi o`zgaruvchilar to`plamidir. C# da massivlar bir o`lchovli yoki ko`p o`lchovli bo`lishi mumkin. Massiv o`zgaruvchan parametrlarni birlashtirish uchun qulay vosita hisoblanadi. Masalan, massivda siz biror guruhdagi talabalar ism shariflari keltirilgan ro`yhatni, biror oy davomida qayd etilgan maksimal kunlik haroratni, yoki biror dorixonadagi dorilar nomlari va ularning narxlari ro`yhatini saqlashingiz mumkin. Massivning asosiy maqsadi ma`lumotlarni boshqarishni osonlashtirishdsn iborat. Masalan, biror dorixonada ishlovchi xodim mijozga harid qilingan dorilar narxlarini osongina hisoblab berish mumkin. Bunda dorilar nomlari biror satrli massivda saqlansa ularning narxlari mos ravishda boshqa sonli massivda saqlanadi. Haridor xarid qilgan maxsulotlari belgilangach uning narxlari avtomatik hisoblab boriladi. Bundan tashqari massivlar ma`lumotlarni osongina tartiblash imkonini beradi. Ma`lumotlarni turli faktorlari asosida tartiblash mumkin. Ma`lumotlarni turli faktorlari asosida tartiblash, soni, qiymati, yaratilgan vaqti va hakazo. Masalan barcha zamonaviy dasturlash tillarida massivlardan bir xil foydalaniladi. C# dasturlash tillarida massivlardan bir xil foydalaniladi. C# dasturlash tilida ham boshqa zamonaviy dasturlash tillari kabi massivlar obyekt sifatida ishlatiladi. Massivlarni obyekt sifatida ishlatish bir qator muhim afzalliklarga ega. Ulardan biri obyektning “sborki musora” xususiyatidir. Bu xuxusiyat yordamida foydalanib bo`lingan massivlarni xotira buferidan o`chirish mumkin. Bu esa dastur samaradorligini ancha oshiradi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling