§. Massivlar. 2-§. Foreach operatori


Download 0.61 Mb.
bet5/12
Sana17.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1026214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
mubina dasturlash1 (2)

2-§.Foreach operatori.


Foreach operatori takrorlash operatori bo`lib, kolleksiyalar bilan ishlashga mo`ljallangan. Kolleksiya-bu to`plam bo`lib, unga eng sodda misol sifatida massivlarni olishimiz mumkin.
Foreach operatorining formal ko`rinishi quyidagicha:
Foreach(tip o`zgaruvchi_nomi in kolleksiya )
{
Ifodalar yoki operatorlar;
}
Bu yerda tip o`zgaruvchi_nomi takrorlash o`zgaruvchisining tipi va nomi, kolleksiya esa yuqorida aytilganidek berilgan to`plamdir. Takrorlash o`zgaruvchisi deganda foreach takrorlash operatorining har bir qadamida berilgan kolleksiyadan ketma-ket qiymatlarni qabul qiluvchi o`zgaruvchidir.
Foreach operatorini ishlatilishi:
Massivlar bilan ishlashda foreach takrorlash operatorining ishlash prinsipi quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi. Dastlab massivning 0-indeksli elementi takrorlash o`zgaruvchisiga o`zlashtiriladi. So`ngra takrorlashning har bir qadamida takrorlash o`zgaruvchisi massivning navbatdagi qiymatini o`zlashtiraveradi. Bu jarayon massivning elementlari tugaguncha davom etadi va keyin takrorlash tugatiladi. Takrorlash o`zgaruvchisi faqat massiv elementlari qiymatini o`qish orqali o`zlashtira oladi. Lekin massiv elementlari qiymatini o`zgartira olmaydi.
Agar for sikli dastur bloki (bir nechta instruksiya ketma-ketligi)ni takroran bajarishi kerak bo`lsa, u holda for siklining ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:
for (e`lon qilish; shart; iterasiya)
{
instruksiyalar ketma-ketligi
}
E`lon qilish qismi qiymat o`zlashtirishdan iborat. Bu qismda siklni boshqaruvchi o`zgaruvchining boshlang`ich qiymati beriladi. Bu o`zgaruvchi hisoblagich vazifasini bajaradi, siklni boshqaradi. Shart qismi bool tipiga tegishli bo`lib, unda siklni boshqaruvchi o`zgaruvchi qiymati tekshiriladi. Shartning natijasi siklning yana bir bor bajarilishi yoki bajarilmasligini bildiradi. iteratsiya ifoda bo`lib, u har bir sikldan so`ng siklni boshqaruvchi o`zgaruvchining qiymati qanday o`zgarishini ko`rsatadi. for sikli toki shart “true” qiymatga ega ekan bajarilaveradi. Shart “false” qiymatga ega bo`lgandan keyin for siklidan keyingi instruksiya bajariladi.
Shart hamma vaqt for sikli bajarilishidan oldin tekshiriladi
Masala_2: n ta elementli biror haqiqiy qiymatli a massiv berilgan . Massivning berilgan k haqiqiy songa eng yaqin elementini ekranga chiqarish dasturi tuzilsin.
Masalaning C# tilidagi yechilishi

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling