” mavzusida o’qish fanidan yozgan bir soatlik
Download 41 Kb.
|
3-Vatan posbonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ” mavzusida o’qish fanidan yozgan bir soatlik DARS ISHLANMASI Mavzu
- Rivojlantiruvchi maqsad
- VATAN POSBONLARI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI TO’RAQO’RG’ON TUMANI XTMFMTTE bo’limiga qarashli 55-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Axmatova Muyassarxonning ““O`zbekiston posbonlari” ” mavzusida o’qish fanidan yozgan bir soatlik DARS ISHLANMASI Mavzu: “O`zbekiston posbonlari” she`ri Darsning maqsadlari: Ta`limiy maqsad:,,O`zbekiston posbonlari” she`rini o`qish Tarbiyaviy maqsad:,,O`zbekiston posbonlari”she`rini o`qish orqali o`quvchilar qalbida Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash,Vatan tinchligi, uning sarhadlarini qo`riqlash har bir insonnning burcni ekanini tushuntirish. Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilar nutqini, she`rini yod olish ko`nikmasini o`stirish Dars metodi: Suhbat, tushuntirish. Dars jihozi: Vatan ramzlari aks etgan rasmlar, testlar, tarqatmalar Darsning borisni: 1.Darsni tashkil etish. O`quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash 2. O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash Qishda o`lkamiz hayotida qanday o`zgarishlar yuz beradi? Qish fasli haqida qanday asarlar o`qidingiz? Qishning qanday belgilarini bilasiz? Bolalar qanday o`yinlar o`ynaydilar? Qish fasli sizga yoqadimi? Nima uchun yoqadi? - Qaysi asarda ahillik bilan ish olib borilganligi tasvirlangan? 3. Yangi mavzu: O`quvcnilar bugundan boshlab ,,Vatan posbonlari’’ bo`limini o`rganishga kirishamiz.Bugungi darsimizda snoir Safar Barnoevning,,O`zbekiston posbonlari “ she`ri bilan tanishamiz.She`rni o`qishdan oldin kirish suhbati o`tkaziladi.Ma`lumki ,mustaqil O`zbekiston davlati o`zining madhiyasi, gerbi, bayrog`I, konstitutsiyasi, valutasiga, shuningdek,Qurolli Kuchlarga ham ega bo`ldi.O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 1992-yil 14- yanvarda tashkil etildi.U O` zbekiston Resp ublikasi Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo`shinlar, Harbiy –havo kuchlari,Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari, Maxsusva Milliy gvardiya qo`shinlaridan iboratdir. Armiya O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun barpo etilgan. U xalqimiz tinchligini saqlaydi. Vatanni dushmanlardan himoya qiladi. 4. She’r bilan tanishtirish. Sher o’qib eshittiriladi. Har bir misra sher ma’nosi tushintirib boriladi. 5. Lug’at ishi. Posbon- qo’riqchi, soqchi, qoravul. Bo’lak- boshqalardan farq qiladigan, boshqacha Taraf-jixat,tomon. 6. Rasm ustida ishlash. O’quvchilarga rasmda nimalar ifdalaganlini so’zlash topshirig’I beriladi. 7. Sherni o’quvchilarga qaytadan o’qitiladi.Quyidagi savol-topshiriqlar .ga javoblar olinadi. -O`ylang ,she`rd a nima haqida hikoya qilinadi?. -Ikkinchi to`rtlikni o`qing.Posbonlar haqida nima deyilgan? -Uchinchi to`rlikda sarbonlar va posbonlar haqida nima deyilgan? -She`r muallifi posbonlarga qanday tilak bildiradi? -Posbon so`zi o`rnida yana qanday so`z ishlatish mumkin? -Siz posbonlarga qanday tilak bildirar edingiz? -Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan tadbirda siz qaysi o`rinni yod aytib berardingiz? 8.O`quvchilarni mantiqiy fikrlashga o`rgatish maqsadida ,,Vatan posbonlari” so`zini tarmoqlash. Qo`rqmas Jasur Sog`iom Mard Caqqon VATAN POSBONLARI Bola boshidan… Turli harakatli o`yinlar … Spot bilan…. Jismoniy tarbiya 9. Test bilan ishlash. 1. O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqil deb e`lon qilingan? a) 1991 yil 31 avgust b) 1992 yil 1sentabr d) 1991yi l 1sentabr 2.O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari qachon tashkil etilgan? a) 1991 yil 2 iyul b)1992 yil 14 yanvar d) 1992yil 10dekabr 3.POsbon so`zining ma`nosi nima? a)qo`riqchi,soqchi b)sodiq, jasur d)chin do`st 10. O`quvchilarni izohli baholash. 11.Darsga yakun yasash.Uyga vazifa ,,O`zbekiston posbonlari “ she`rini yod olish. Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling