” mavzusida yozgan


-sinf ona tili darslarida ma‘nodosh va zid ma‘noli so‘zlar ustida ishlash usullari


Download 195.65 Kb.
bet3/4
Sana26.03.2023
Hajmi195.65 Kb.
#1297533
1   2   3   4
Bog'liq
Bozorova Lola To‘ychiboy qizi

4-sinf ona tili darslarida ma‘nodosh va zid ma‘noli so‘zlar ustida ishlash usullari
So‘zlarning ma’nosini tushuntirish o‘quvchilar lug‘atini boyitadi, nutqini o‘stiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlarning atamalari ham tushun-tirilishi lozim bo‘lgan so‘zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma’nosini tushuntirish mazkur so‘z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma’nosinn tushuntirish bilan o‘quvchilar predmet keng ma’noda qo‘llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe’l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi.
So‘zning ma’nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o‘quvchilar diqqatini chalg‘itmasligi kerak. Buning uchun o‘qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi tushuntirilishi lozim bo‘lgan so‘zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o‘rnida tushuntirishni belgilab oladi.
Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash
Ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi har xil bo‘lgan bir umumiy tushuncha(ma’no) ifodalaydigan so‘zlardir. Sinonimlar bir-biridan qo‘shimcha ma’no qirrasi, emotsional bo‘yog‘i, qo‘llanilishi jihatidan o‘zaro farqlanadi. Katta, ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini tashkil qilgan so‘zlardan katta so‘zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. Ulug‘, buyuk, zo‘r, azim, ulkan so‘zlari hajmi ancha katta bo‘lgan narsalarga, bahaybat, haybatli so‘zlari esa o‘lchovi juda katta bo‘lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Yirik kam ishlatiladi. Gigant kitobiy uslubga xos bo‘lib, asosan joy, qurilishga nisbatan qo‘llanadi.
Zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash
Biz o‘z fikrimizni gap bilan ifodalaymiz. Gap so‘zlardan tuziladi. So‘z tilning qurilish materialidir, shuning ushun so‘zni bilmay turib tilni bilish mumkin yemas. Tildagi so‘zlarning barshasi tilning lug‘at boyligini, leksikasini tashkil qiladi.
Leksika so‘zi yunonsha leksis so‘zidan olingan bo‘lib, so’z degan ma'noni bildiradi.
Leksikologiya so'zi yesa leksis - so‘z, logos - fan, ta'limot degan ma‘nolarni bildiradi. Demak, leksikologiya so‘z haqidagi ta‘limot, fan ekan.
So’zning lug’aviy hamda grammatik ma’nolari. So‘zning ikki xil ma‘nosi mavjud. So‘zning borliqdagi narsa, belgi, harakat, miqdor kabi tushunshalar haqidagi ma‘lumoti lug’aviy ma’no (ayrim darsliklarda atash ma’nosi) deyiladi.

Download 195.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling