” mavzusida yozgan
Ma’nodosh va zid ma’noli sifatlarni o'rgatishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Download 195.65 Kb.
|
Bozorova Lola To‘ychiboy qizi
Ma’nodosh va zid ma’noli sifatlarni o'rgatishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Ona tili o‘qitish metodikasida o‘quvchilarning savodini chiqarish, grammatik tushunchalarini shakllantirish, ularning nutqiy va imloviy savodxonligini oshirishda qo‘llanadigan usullar, mashqlar variantlari ko‘p. Fonetik, grammatik, orfografik tushunchalarni mustahkamlash, nutqiy malakani mukammal shakllantirishda metodika fanidan belgilangan mashqlar qatorida ta‘limiy o‘yinlar ham muhim o‘rin tutadi. Ta‘limiy o‘yinlarni boshqa mashq turlaridan farqi shuki, bunda bir tamondan, o‘quvchilarning zerikishi, charchog‘iga barham berilsa, ikkinchidan tamondan, bolalarning fikrlash jarayoni tezlashadi, muayyan belgilangan malakalarning mufassal shakllanishi osonlashadi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarni ona tili fanni bilan yaqindan tanishtirish ularni har tomonlama yuksak ma‘naviyatli bo‘lib shakllanishiga yordam beradi. Fanning mazmunini tushunish jarayonida o‘quvchilar tasavvur qiladilar, fikrlaydilar. Bu esa bolalarning aqliy salohiyatini o‘stiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, “Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o‘rni, mavqei va shuhrati bevosita o‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liq.Shunday ekan bu masalalarga sirtdan yondashish ketmaydi. Barchamiz yaxshi bilamizki, kelajak avlod haqida qayg‘urish sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatlarimizdandir” Ona tili darslari o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlanishi, o‘z fikrini erkin va ravon bayon eta olishi, so‘zlarni to‘g‘ri va o‘z o‘rnida qo‘llash ko‘nikma va malakalari rivojlantirishda asosiy fan hisoblanadi. Shuning uchun ta‘limning dastlabki bosqichidayoq ona tilini o‘qitishga alohida etibor berish lozim. Download 195.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling