№ Mustaqil ish mavzusi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
¹ Mustaqil ish mavzusi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50. Virtual muloqot vositalari –ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlardan himoyalanish (“Whatsapp” misolida) Javob.
bir mavzu savolga javob tarzida 1 bet (yoki list)gacha yozish tavsiya etiladi;
kompyuter variantda ham tayyorlash mumkin). MUSTAQIL ISH YOZISHGA NAMUNA 50. Virtual muloqot vositalari –ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlardan himoyalanish (“Whatsapp” misolida) Javob. "WhatsApp" - messenjeri asoschisi Yan Borisovich Kum 1976 yilda Ukraina poytaxti Kiyev shahrida dunyoga kelgan, dasturlovchi mutaxassis. U onasi va buvisi bilan 1992 yilda AQShga ko‘chib ketadi. U Amerikaning "Yahoo" kompaniyasida ishlab, juda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Uning eng omadli loyihasi - "WhatsApp" messenjeri 2009 yilda tuzilgan. Messenjerning bosh qarorgohi AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan. Bu dastur orqali matnli xabar, rasm, video va audio xabar jo‘natish mumkin. "WhatsApp" orqali SMS almashish uchun har ikkala tomonda ham ushbu dastur o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. "WhatsApp"ra oid quyidagi faktlarni keltirib o‘tish mumkin: 2012 yil aprel oyida kuniga 2 milliard xabar, avgust oyida kuniga 10 milliard xabar, 2013 yil iyun oyida esa kuniga 27 milliarddan ko‘p SMS xabar jo‘natilgan; kunlik faol foydalanuvchilari soni bo‘yicha ham rekord natija 200 milliondan ko‘p. 107. Axborot madaniyati atamasi mazmun va mohiyati. Javob. “Axborot madaniyati” tushunchasi ikkita fundamental tushuncha: axborot va madaniyat tushunchalariga asoslanadi. Bundan kelib chiqib, bu tushunchani talqin qilishning “madaniyat” va “axborot” yondashuvlariga ajratib qarashlar mavjud. Madaniyat yondashuvi doirasida axborot madaniyatini axborotlashgan jamiyatda insonning yashash faoliyati usuli sifatida, insoniyat madaniyati shakllanishi jarayonining tashkil etuvchisi sifatida qaraladi. Axborot yondashuvi doirasida esa unga axborot talabini qondirishga qaratilgan barcha axborot faoliyati bilimlari majmuasi sifatida qaraladi. Axborot madaniyati – axborotlar bilan maqsadga intilib ishlashni bilish va axborotlarni olish uchun, qayta ishlash, kompyuterli informatsion texnologiyani va zamonaviy texnik vositalarni va usullarni qo’llashni anglatadi. Faqat yuqori darajadagi axborot madaniyatiga ega bo’lgan kishilargina tabiiy, ijtimoiy va ekologik resurslarni aniq hisobini qila oladilar. Bu esa barcha tarmoq yo’nalishlaridagi boshqaruv masalalarini tezlik bilan xal etish imkonini beradi va respublikani ravnaq topishida muhim o’rin egallaydi. Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot - hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta'lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling