17
Mustaqil ish № 9
Mavzu: Kapillyar hodisalar. Bug‟ hosil bo‟lishi va kondensatsya
Maqsad: Suyuqliklarning umumiy xossalari va tuzilishini o‟rganish
Ushbu mavzuni mustaqil o‟rganish uchun tavsiya etiladigan mavzular
1. Suyuqlikning umumiy xossalari va tuzilishi.
2. Sirt taranglik.
3. Xullash. Kapillyar hodisalar.
Mavzuga doir topshiriqlar
1 – topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1. Suyuqlikning qanday xossalarini bilasiz va ularning tuzilishi qanday?
2.
Sirt taranglik kuchi , sirt taranglik koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi?
3. Sirt taranglikni qanday kuchlar hosil qiladi?
4. Nima uchun hullovchi suyuqlik kapillyarda ko‟tariladi? Nima uchun hullamaydigan
suyuqlik kapillyarda pastga tushadi?
5. Suyuqlikning kapillyarda ko‟tarilishi ( yoki pastga tushishi)
balandligi qanday
kattaliklarga bog‟liq?
6. Kondensatsiya deganda qanday jarayonni tushunasiz.
2 – topshiriq Quyidagi masalalarni yeching
1 – masala. Ichki radiusi r = 0,5 mm bo‟lgan kapillyar naychada suyuqlik h=11 mm
balandlikka ko‟tarilgan. Agar bu suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenti α= 0,022 N/m ga
teng bo‟lsa, uning zichligini toping. Erkin tushish tezlanishi g= 9,8 m/s
2
.
2 – masala. Ichki diametri d= 2,9 mm bo‟lgan, suvda to‟liq ho‟llanadigan kapillyar naychada
suv qancha balandlikka ko‟tarilishini toping. Suvning zichligi ρ = 1 10
3
kg/m
3
,
sirt taranglik
koeffitsiyenti α = 0,072 N/m va erkin tushish tezlanishi g = 9,8 m/s
2
.
3 – masala. Агар капилляр найларнинг 1,5мм диаметрлиги сувга 0,5мм диаметрлиги эса
керосинга туширилса, бу суюқликларнинг найлардаги кўтарилиш баландликларининг
нисбати (h
с
/h
k
) қандай бўлади? сув ва керосиннинг зичликлари ρ
с
=13,6г/см
3
; ρ
к
=0,8г/см
3
ва
сирт таранглик коэффициентлари =72 мН/м; =24мН/м
4 – masala.
Агар зичлиги 0,8 г/см
3
бўлган суюқликнинг 2мм
диаметрли капилляр найда
кўтариш баландлиги 7,5 мм бўлса, шу суюқликнинг сирт таранглик коэффициентини
аниқланг (мН/м).
5 – masala. Диаметри 0,73 мм бўлган найча сувга туширилганда ундаги сув устуни қанча
баландликка кўтарилади(см)? =7,3∙10
3
Н/м
Do'stlaringiz bilan baham: