Tartib va
Miqdor Butun
sonlar
• Narsa-buyumning sanog’ini, joylashish tartibini, ish-
harakatning bajarilish tartibini bildirgan so’zlar son
deyiladi. Necha? qancha? nechanchi? so’roqlariga
javob bo’ladi.
•
Sonlar harflar bilan ham, raqamlar bilan ham
ifodalanadi.
• a) arab raqamlari: 1,2,3, 19, 1990 (sana, sinf, yil,
moddalarni ifodalashda ishlatiladi).
• b) rim raqamlari: I, IV, VI, IX, VIII, XX (asr,
konferentsiya, anjumanlarni ifodalashda ishlatiladi).
Sonning turlari.
• Predmetning miqdorini butunicha va qismlarga
ajratib, ifodalashiga ko’ra ikki xil bo’ladi: butun, kasr.
• 1. Miqdorni, sanoqni, predmetning butunligini
saqlagan holda ifodalovchi sonlar butun sonlar
deyiladi.
• 2. Butunning qismini ifodalovchi sonlar kasr sonlar
deyiladi: yarim, chorak, nimchorak.
• 3. Butun va kasr son aralash holda qo’llanilsa, kasrli
son – aralash son deyiladi: bir butun, o’ndan ikki.
Sonning ma’no turlari.
• Sonlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko’ra 2 turga
ajratiladi: 1. Sanoq sonlar. 2. Miqdor sonlar.
• Sanoq sonlar predmetning, ish-harakatning miqdorini,
sanog’ini, sonini anglatadi. Sanoq sonlar predmetlarni
donalab, taqsimlab, jamlab, taxmin-chamalab ko’rsatadi.
•
Sanoq sonlar quyidagi turlarga bo’linadi:
•
1. Miqdor sonlar bir turdagi predmetlarning umumiy
miqdorini bildiradi: besh, yuz, ming.
•
Miqdor sonlar hisob so’zlari bilan qo’llanadi. Ular ot
turkumiga mansub so’zlardir. Hisob so’zlari quyidagi o’lchov
birliklarini bildiradi:
www.arxiv.uz
1.
donalikni: dona, tup, bosh, tuyoq, ...
2.
butunning bo’lagini: tilim, chimdim, lagan, savat, qop,...
3.
juft predmetlarni: juft, jo’ra, pora.
4.
Og’irlikni: grammm, kilogramm, pud, tsentner, tonna;
5.
Uzunlikni: m, mm, km, qadam, qarich, odim, enli;
6.
Suyuqlikni: litr, stakan, kosa, xovuch, xo’plam;
7.
Pul qiymatini: so’m, tiyin, tanga;
8.
Yosh o’lchovini: yosh, kunlik, oylik;
9.
Vaqtni: asr, yil, daqiqa, hafta, sutka, kun.
Tartib son.
• Predmetning joylashish tartibini, sirasini, ish-
harakatning bajarilish tartibini bildiradigan sonlar
tartib son deyiladi. Tartib son arab va rim raqamlari
bilan ifodalanadi: 2000 – yil, 2 –sentyabrь, XIV bob.
•
Tartib son otga bog’lanib kelganda sifatlovchi-
aniqlovchi, otlashganda esa to’ldiruvchi, kesim bo’lib
keladi. –dan qo’shimchasini olib, kirish so’z vazifasini
bajaradi.
•
Tartib sonlar ba’zan daraja, nav, tur ma’nolarini
bildirib keladi: 1 – sinf xaydovchisi, 2-nav un, 1-tur
o’yinlari.
Tartib sonlar — natural sonlarning boshkacha
nomi. Natural, yaʼni butun musbat son chekli
toʻplamdagi elementlar sonini yoki tartiblangan
ketma-ketlikda element oʻrnini belgilashi
mumkin. Birinchi holda natural son miqdoriy son,
ikkinchi xolda esa tartib son boʻladi. Cheksiz
toʻplamlar uchun Tartib sonlarni
umumlashtiruvchi transfinit son tushunchasi
kiritiladi.
Miqdor (falsafada) — obʼyekt ning tashqi
koʻrsatkichlari (uning kattaligi, soni, hajmi,
xossalarining rivojlanish darajasi va h.k.)ni ifodalovchi
tushuncha. Birinchi marta M. masalalarini
pifagorchilar taxdil qilishga urinib, sonlar tabiatini
oʻrganishgan. Aristotel M.ni alohida kategoriya deb
hisoblagan. M. hodisalar, narsalar, jarayonlarning
sifati bilan muayyan birlikni tashkil etib, bu birlik
ularning meʼyori boʻladi. Narsalarning miqdoriy
muayyanligi oʻzgarib maʼlum bir meʼyorga yetishi sifat
oʻzgarishiga olib keladi. Yana q. Miqdor
oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni.
www.arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |