• Narsa-buyumning sanog’ini, joylashish tartibini, ish- harakatning bajarilish tartibini bildirgan so’zlar son


Download 368.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.02.2023
Hajmi368.7 Kb.
#1186779
Bog'liq
Otaboyeva Yulduzxon



Tartib va
Miqdor Butun
sonlar 


• Narsa-buyumning sanog’ini, joylashish tartibini, ish-
harakatning bajarilish tartibini bildirgan so’zlar son 
deyiladi. Necha? qancha? nechanchi? so’roqlariga 
javob bo’ladi.

Sonlar harflar bilan ham, raqamlar bilan ham 
ifodalanadi. 
• a) arab raqamlari: 1,2,3, 19, 1990 (sana, sinf, yil, 
moddalarni ifodalashda ishlatiladi).
• b) rim raqamlari: I, IV, VI, IX, VIII, XX (asr, 
konferentsiya, anjumanlarni ifodalashda ishlatiladi).


Sonning turlari.
• Predmetning miqdorini butunicha va qismlarga 
ajratib, ifodalashiga ko’ra ikki xil bo’ladi: butun, kasr.
• 1. Miqdorni, sanoqni, predmetning butunligini 
saqlagan holda ifodalovchi sonlar butun sonlar 
deyiladi. 
• 2. Butunning qismini ifodalovchi sonlar kasr sonlar 
deyiladi: yarim, chorak, nimchorak.
• 3. Butun va kasr son aralash holda qo’llanilsa, kasrli 
son – aralash son deyiladi: bir butun, o’ndan ikki.


Sonning ma’no turlari.
• Sonlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko’ra 2 turga 
ajratiladi: 1. Sanoq sonlar. 2. Miqdor sonlar.
• Sanoq sonlar predmetning, ish-harakatning miqdorini, 
sanog’ini, sonini anglatadi. Sanoq sonlar predmetlarni 
donalab, taqsimlab, jamlab, taxmin-chamalab ko’rsatadi.

Sanoq sonlar quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Miqdor sonlar bir turdagi predmetlarning umumiy 
miqdorini bildiradi: besh, yuz, ming.

Miqdor sonlar hisob so’zlari bilan qo’llanadi. Ular ot 
turkumiga mansub so’zlardir. Hisob so’zlari quyidagi o’lchov 
birliklarini bildiradi:
www.arxiv.uz


1.
donalikni: dona, tup, bosh, tuyoq, ...
2.
butunning bo’lagini: tilim, chimdim, lagan, savat, qop,...
3.
juft predmetlarni: juft, jo’ra, pora.
4.
Og’irlikni: grammm, kilogramm, pud, tsentner, tonna;
5.
Uzunlikni: m, mm, km, qadam, qarich, odim, enli;
6.
Suyuqlikni: litr, stakan, kosa, xovuch, xo’plam;
7.
Pul qiymatini: so’m, tiyin, tanga;
8.
Yosh o’lchovini: yosh, kunlik, oylik;
9.
Vaqtni: asr, yil, daqiqa, hafta, sutka, kun.


Tartib son.
• Predmetning joylashish tartibini, sirasini, ish-
harakatning bajarilish tartibini bildiradigan sonlar 
tartib son deyiladi. Tartib son arab va rim raqamlari 
bilan ifodalanadi: 2000 – yil, 2 –sentyabrь, XIV bob.

Tartib son otga bog’lanib kelganda sifatlovchi-
aniqlovchi, otlashganda esa to’ldiruvchi, kesim bo’lib 
keladi. –dan qo’shimchasini olib, kirish so’z vazifasini 
bajaradi. 

Tartib sonlar ba’zan daraja, nav, tur ma’nolarini 
bildirib keladi: 1 – sinf xaydovchisi, 2-nav un, 1-tur 
o’yinlari.


Tartib sonlar — natural sonlarning boshkacha 
nomi. Natural, yaʼni butun musbat son chekli 
toʻplamdagi elementlar sonini yoki tartiblangan 
ketma-ketlikda element oʻrnini belgilashi 
mumkin. Birinchi holda natural son miqdoriy son
ikkinchi xolda esa tartib son boʻladi. Cheksiz 
toʻplamlar uchun Tartib sonlarni 
umumlashtiruvchi transfinit son tushunchasi 
kiritiladi.


Miqdor (falsafada) — obʼyekt ning tashqi 
koʻrsatkichlari (uning kattaligi, soni, hajmi, 
xossalarining rivojlanish darajasi va h.k.)ni ifodalovchi 
tushuncha. Birinchi marta M. masalalarini 
pifagorchilar taxdil qilishga urinib, sonlar tabiatini 
oʻrganishgan. Aristotel M.ni alohida kategoriya deb 
hisoblagan. M. hodisalar, narsalar, jarayonlarning 
sifati bilan muayyan birlikni tashkil etib, bu birlik 
ularning meʼyori boʻladi. Narsalarning miqdoriy 
muayyanligi oʻzgarib maʼlum bir meʼyorga yetishi sifat 
oʻzgarishiga olib keladi. Yana q. Miqdor 
oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni.


www.arxiv.uz

Download 368.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling