• Основные стратегические варианты
Marketing tashqi xabarnoma
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing tadqiqoti quyi tizimi
2. Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat
faoliyatiga xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashkil topadi. Kundalik matbuot (ro‘znoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar bilan bo‘lgan muloqot natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai bo‘lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy ma’lumotlarga bo‘lgan talab ortib borishi 41 natijasida ayrim firmalar hatto shu sohaga ixtisoslashdilar. Masalan, AQSHda «Market riserch korporeyshn of Amerika» kompaniyasi haftalik jurnalida tovarlar bo‘yicha bozordagi ulushining o‘zgarishi, tovarlarning narxi va qadoqlashdagi o‘zgarishlar, shartnomalar xususida axborot beradi. «A.K. Nilson kompani» nafaqat AQSHda, balki Germaniyada ham o‘z bo‘limiga ega bo‘lib, antiqa tovarlar bo‘yicha bozor ulushining holati, chakana narxlar, savdo qilayotgan yirik tashkilotlar xususida xabarlar yetkazadi. Germaniyadagi «CFH» tadqiqot markazi («CFH» kompaniyasining sho‘’ba korxonasi) 5000 uy xo‘jaliklari iste’molidagi o‘zgarishlar bo‘yicha axborot beradi. Demak, marketing tashqi xabarnomasi - axborot quyi tizimi - tashkilotning marketing muhitdagi o‘zgarishlar va holatlar xususida to‘plangan axborot manbai bo‘lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yo‘sinda ushbu muhitga ta’sir etish imkonini beradi. Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to‘plangan ko‘rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig‘indisi tashkil etadi. Ushbu quyi tizim marketing xabarnomasi - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko‘rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko‘pgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablag‘ sarflanadi. Odatda, marketing tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari. 2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli bashoratlar o‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va korxona natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va h.k.) 3. Tashkilot ma’suliyati bo‘yicha izlanishlar. 4. Bozor tahlili. 5. Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‘zgarishlari tahlili, sinov marketingi o‘tkazish, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha va h.k.). Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling