• Основные стратегические варианты


MARKETING  AXBOROTINI ROLI


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

MARKETING 
AXBOROTINI ROLI 
Faoliyatni baholash 
Boshqaruv qarorlarini 
qo‘llab-quvvatlash 


40 
prospektlar, kataloglar; tanlov natijalari; aksiya kurslari jadvallari; korxona 
rahbariyati majlislari bayonnomalari; axborot-tahliliy byulletenlar; radio 
hamda televideniye yangiliklari; voqealar sharxlari; iqtisodiyot yangiliklari; 
maxsus kitob va jurnallar; lug‘atlar, ensiklopediyalar; kundalik gazeta va 
hokazolar. 
Axborotni to‘plash va undan foydalanish jihatlariga ko‘ra axborot 
tizimini to‘rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga: 1) tashkilot 
ichki hisobot tizimi, 2) marketing tashqi xabarnomasi - axborot tizimi, 
3)qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi 
kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo‘lgan ehtiyoj, 
zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yaxshi axborot marketologga yordam beradi: raqobatda ustunlikka 
erishish imkonini beradi; xavfni va moliyaviy qaltislikni kamaytiradi; 
iste’molchilar munosabatini belgilaydi; tashqi muhitni kuzatadi; strategiyani 
tartibga soladi; faoliyatni baholaydi; reklamaga bo‘lgan ishonchni oshiradi; 
qaror qabul qilishga yordam beradi; fikrni yaxshilaydi; samaradorlikni 
yaxshilaydi. 
1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy 
xarajatlari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig‘i, mavjud va kelishi 
kutilayotgan xaridorlar, ta’minlovchilar ko‘lami va boshqa marketing 
faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan axborotning o‘z vaqtida jamlanishini, qayta 
ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, firma miqyosida 
ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi.
Joriy yakunlanayotgan kun so‘nggida firma do‘konidagi savdo zalida har 
bir tovar guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va 
qaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish 
kerak va shunga o‘xshash operativ axborot olish zarurati paydo bo‘ladi. Bu 
yerda muhim o‘rinni ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida 
yig‘ilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror 
qabul qilishda samarali ahamiyat kasb etadi.
Demak, axborotga bo‘lgan ehtiyojni o‘z o‘rnida va aniq belgilash hamda 
firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling