• Основные стратегические варианты
- rasm. Marketing majmui dasturining jarayoni
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
5.1- rasm. Marketing majmui dasturining jarayoni
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo‘nalishiga qarab marketing dasturi yuqori va pastki bo‘g‘in uchun bo‘lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo‘g‘in uchun bo‘lsa, u qisqa va lo‘nda tuzilgan bo‘lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko‘rsatiladi pastki bo‘g‘in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi. Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o‘rta va uzoq muddatli turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar. Qamrab olayotgan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo‘linadi. Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalarning savollarini yechishga yo‘naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o‘zlashtirish, firma siyosatini rag‘batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi. Obyektiga bog‘liqligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo‘yicha va ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Narx Tovar Kommunikatsiyalar Taqsimot Boshqalar Marketing majmui elementlarining bir-biriga bog‘liqligi Marketing dasturining shakllanishi Marketing rejasi 67 Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega: tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotning zaruriy nomenklaturasini aniqlash; innovatsiya bo‘yicha qarorni asoslash; chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish; tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o‘rnatish; ishlab chiqarishning ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlarni umumiy hajmi va ularni tuzilishini hisoblash; moliyalashtirish manbalarini topish; ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash; ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash; ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish. Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi firmaning to‘liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo‘yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo‘limining xo‘jalik faoliyatining jami ko‘rsatkichlari to‘plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi. Mahsulot bo‘yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega: mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligining ko‘p variantli hisob-kitobini o‘tkazish; yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligi va zarurligini asoslash; chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash; iste’molchilarni maqsadli bozorda ko‘zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish; har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish); maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o‘xshash tovarlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling